Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirishning termoelektrik, fotoelektrik va fotogalvanik usullari mavjud bo‘lib, ularning ichida fotogalvanik usul hali yaxshi o‘rganilgan emas. Ma’lumki, matereallarda erkin elektronlar mavjud bo‘lib, ular musbat ion atrofida xaotik ravishda harakat qiladi, metallning o‘zi esa elektr jihatdan neytral hisoblanadi. Agar bir yoki bir necha elektron metall sirtidan tashqi muhitga (vakuumga) chiqsa, metall sirti bilan muhit orasida potensiallar ayirmasi Δφ hosil bo‘ladi. Elektron zaryadi (e) ni bu potensiallar ayirmasi Δφ ga ko‘paytmasi elektronning chiqish ishi deb ataladi: , eV yoki J.
1908-yilda Moskva universiteti proffessori V.Serasskiy 100 ta termoelementdan iborat bo‘lgan quyosh batareyasini yaratdi. Bu batareya oynaband yashik ichiga joylashgan bo‘lib, elektr qo‘ng‘irog‘ini tok bilan ta’minlab turadi.

Asrimiznng 30-yillarida akademik A.F.Ioffe termogeneratordan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish masalasini taklif etgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib u shunday termogeneratorni ishlab chiqdi. Quyosh termoelektrogeneratorlari asosan quyosh konsentratori va termobatareyalardan tashkil topgan.

1956-yilda G.M.Krjijanovskiy nomidagi Energetika instituti xodimlari diametri 2m bo‘lgan ko‘zgu fokusiga termogenerator o‘rnatib, issiq va sovuq payvandlar orasidagi temperaturalar farqi 400°С bo‘lganda 21V kuchlanish ostida 18,9 Vt quvvat olishga muyassar bo‘ldilar. Termogenerator FIK 2% ga yaqin. Bunga sabab elementlarni o‘zaro ulash sistemasi yaxshi ishlanmaganidir. Keyinchalik Y.Malevskiy va A.Oxotinlar termogenerator FIK 8% ga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.