R enessans ta’lim universiteti
S irtqi ta`lim shakli
Sport faoliyati yo’nalishi
104-guruh talabasi
Usmonov Abrordin Akbarali o`g`lining
TANLANGAN SPORT TURI NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANIDAN
Kurashning O‘zbekistonga kirib kelishi mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Toshkent 2023
Mavzu: Kurashning O‘zbekistonga kirib kelish tarixi
Reja :
1). Kurashning O‘zbekistonga kirib kelishi tarixi
2). Kurash rivojlanish bosqichi tarixi
3). O’zbekistonda kurashning rivojlanishi
1). Kurashning O‘zbekistonga kirib kelish tarixi
Butun jahon nigohiga tushib, dovrug’ va shuhrat qozonayotgan millionlarni o’ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida o’zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir. Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkamayakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Tarixshunos, qadimshunos va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlar, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurash sport turining yoshi kamida 2,5 - 3 ming yildan ortiqligini isbotlaydi. Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topilmalar, asori-atiqalari, qoyalarga bitilgan tasviriy san’at namunalari ham bunga to’liq shohidlik beradi. Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma - ashyoviy dalil mavjud. Chunonchi, Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki pahlavonning devoriy rasmi Sug’diyona davlatchiligiga, ya’ni o’rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi. Shunday ashyolardan biri silindr shaklidagi sopol idish bo’lib, u qadimgi Baqtriya (Janubiy “O’zbeksiton”) hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan birining o’z raqibini oyog’idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo’llarini ko’tarib kurashga shaylanayotgani holda o’z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bo’lib, u kurashning tarixi yana ham ko’proq, ya’ni 3,5 ming yil oldin ekanligiga guvohlik beradi. Navbatdagi topilma bronza davriga oid ikkita ot taqasidir. Kurash usullari tasvirlangan har ikala taqa, professor M.P.Gryaznovning yozishicha, sak-skif qabilalarining ma’naviy qarashlari ruhida ishlangan bo’lib, ko’chmanchilik davrining dastlabki bosqichlariga oiddir. Milodiy birinchi ming yillikning o’rtalariga oid kumush cho’mich gardishi sirtida ham ikki pahlavonning kurashichimizga xos olishayotgan holati tasvirlangan. Samarqand yaqinidagi Chelak qishlog’idan topilgan ashyolar ham o’tmishdan sado beradi. Geometrik naqshlar solingan ushbu idishlar orasida kumush dastali qadoqcha, ayniqsa, e’tiborni tortadi. Uning dastasi sirtida ikki polvon xuddi o’zbek kurashi usulida olishayotgani ifodalangan. Mazkur topilma ilk o’rta asrlar davriga oiddir. Benazir alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham “Tib qonunlari” kitobida kurash insonning ruhiy va jismoniy holatida alohida ahamiyat kasb etishiga urg’u bergani bejis emas. Buyuk tabibning yozishicha, badan tarbiya bilan muntazam shug’ullanuvchi kishi kasallikning davosiga muhtoj bo’lmaydi. Sharq adabiyoti durdonalari hisoblamnish “Shohnoma”, “Qobusnoma”, “Boburnoma” singari asarlarda ham polvonlari siyrati-yu qiyofasiga oid yorqin chizg’ilar, ularni noa’naviy olamini serjilo rangli tasvirlar aks etgan. Alisher Navoiy hazratlari ham kurashdan, uning dovrig’ini yetti iqlimga taratgan polvonlar bahsidan huzurlangan. Shu bois ko’plab asarlarda pahlavonlar hayoti va faoliyatiga oid ajoyib-g’aroyib voqealar, lavhalarini yozib qoldirgan. O’z zamonasining qudratli saltanatini qurgan Amir Temur buyuk davlat arbobi, ma’rifatparvar hukmdor, salohiyatli sarkarda bo’lib qolmasdan, ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallangan kuchli polvonsifat siymo ham edi. Shuning uchun u mamlakatda yoshlarni chiniqtirish, vatanni sevguvchi, yurt xizmatiga kamarbasta, yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o’rniga esa katta ahamiyat bergan. Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga koʻtarildi.
«Etnografik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, O'zbekiston hududida kurash milodiy IX - X asiiarda keng rivoj topgan bo'lib, halq sayillarida musobaqa o'tkazish an'anaviy tu solgan. Maiialliy aholi turli marosirnlami nishonlashda, ayniqsa, Navro'z kunlarida kurash musobaqalarini o'tkazishga alohida ahamiyat bergan», deb yozadi S.P.Tolstov.
Bu bayramiarning dastlabki uch kunida yurt keksalari, ulug'lari rahbarligida kurash tomoshalari uyushtirilganyu sayilgohlar odamlar bilan to'Iib toshgan. Shu munosabat bilan maxbuslar ozod qilingan ayibdorJaraing gunohidan o'tilgan. Muhimki. o'tkazilgan kurashlar }'osh avlod namayondalari uchun har tomonlama
chinakam chiniqish maktabir.i o'tagan. O'zbek halq ijodi namunalari bo'lmish «A)pomish». «Go'rong'li»; «Avazxon»} «Rustam», «To'g'anoy», «Kuntug'mish» kabi dostonlarda ham pahiavonlar kurashi madh ctilib, epchil va chaqqon zukko va donolarni ulugMangan. Yana bir qiziqarli ma'lumot: qadhngi Xitoy qulyozmasi «Tanshu» da Farg'ona muzolbtida muntazain kurash o'yinlari o'tkazilganiigi qayd ctilgan. X asrda yashab o'tgan arab geograiii va sayyoxi Muqaddasiy asarlarida ham Movorounnahiming Mavr. Samarqand, Buxoro, Balx, singari yink shaharlarda tez-tez kurash olishuvlari o'tkazilgani ta'kidlanadi.
Benazir alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham «Tib qonunlari kitobida kurash insonning ruhiy va jismoniy holatlda alohida ahamiyat kasb ctishiga urg'u bergani bcjis emas. Buyuk tabibning yozishicha, badan tarbiya bilan muiilazam shug'ullanuvchi kislii kasallikntng davosiga mulitoj bo'lmaydi.
Sharq adabiyoti durdonalari hisoblamnish «Shohnoma», «Qobusnoma», «Zatarnoma», «Boburnama», «Abdutlanoma» singari asarlarda ham povonlari siyrati-yu qiyofasiga old yorqin chizig'iar, ularni nia'naviy olamini serjilo rangli tasvirlar, ta'riil tasvirlar aks etgan.
2). Kurash rivojlanish bosqichi tarixi
Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. «Tan-shu» qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar Kurash musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va sh. k. K. ning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr. oxiri — 20-asr. boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy Kurash ini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-a. ning 90-y. lari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-y. dakurashchilar sulolasi vakili, bir necha Kurash turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha Kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli «xavfli chiziq» bilan belgilangan koʻk-yashil tusli Kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri koʻk, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li tasma (belbogʻ) bogʻlanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, yoshi ulugʻlar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003-y. Toshkentda oʻtgan kongressi har bir uchrashuvning qizgʻin boʻlishini taʼ-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi
3). O’zbekistonda kurashning rivojlanishi
1980 yillarning boshida mashhur oʻzbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov oʻzbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini boshlab yubordi. Ushbu sport turining qayta tiklanishining faollaridan biri boʻlgan mazkur zotning asosiy maqsadi kurashning xalqaro meʼyorlarga mos boʻlgan yangicha qoidalarini ishlab chiqishdan iborat boʻldi. Toʻqsoninchi yillarning boshlariga kelib u ushbu sharafli vazifani muvaffaqiyatli ado etib oʻzbek kurashini xalqaro arenaga olib chiqishni oʻz oldiga maqsad qildi. Avvaliga u oʻzi ishlab chiqqan kurash qoidalarini jamoatchilik, mutaxassislar va ishqibozlar eʼtiboriga havola etdi. Yangi qoidalar oʻzbek kurashining eng ardoqli anʼanalari va maxsus kiyim bosh, musobaqalarni oʻtkazish joyi va bellashuvning davom etish muddati kabi xalqaro sport meʼyorlarini oʻzida mujassam etdi. Sport mutaxassislari Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan kurash qoidalari toʻlaligicha xalqaro sport talablariga javob berishini eʼtirof etdilar. Kurash qoidalarining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular yotgan holda bellashuvni davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaydi. Sportchilardan birining tizzasi gilamga tegishi bilanoq hakam bellashuvni toʻxtatadi va kurashchilar turgan holda musobaqani davom ettirishadi. Bu hol kurashni tez sur’atlarda olib borilishi va muxlislar uchun qiziqarli va maroqli boʻlishini taʼminlaydi. Bundan tashqari kurash qoidalari belbogʻdan pastki qismni ushlovchi yoki ogʻriq qoʻzgʻatuvchi va boʻgʻuvchi uslublarni ishlatishni taʼqiqlaydi. Shu tariqa kurash sportchilarga tan jarohati yetkazilishining oldi olingan eng xavfsiz sport turlaridan biriga aylandi. 1991 yilda Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilishi kurashga yangicha hayot baxsh etdi. Respublika hukumati 70 yil totalitar tuzum davrida oyoq-osti qilingan oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va anʼanalarini qayta tiklashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Milliy sport turi hisoblanmish kurashni qayta tiklash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi. 1992 yilda K.Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qabulida boʻldi. Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida oʻzbek kurashini nafaqat ona diyorimizda, balki chet ellarda ham rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Kurashni haqiqiy xalqaro sport turiga aylantirish, keyinchalik esa olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritish eng asosiy maqsad boʻlib qolmoqda. Oʻsha uchrashuvdan soʻng, K.Yusupov boshchiligidagi faollar gruhi oʻzbek kurashini xalqaro miqyosda rivojlantirishga qaritilgan faoliyatni boshlab yubordilar. Ular tomonidan Oʻzbekistonning turli hududlarida uyushtirilgan qator yirik musobaqalar muvaffaqiyati haqiqatdan ham barchani hayratga soldi. Mamlakatning turli chekkalaridan kelgan minglab kurashchilar musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan boʻlsa, millionlab kurash ishqibozlari ushbu jozibali musobaqalardan bahra olish ishtiyoqida respublika boʻylab stadionlarni toʻldirdilar. Kurash faollarining saʼy-harakatlari Oʻzbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992 yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada oʻtkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida oʻzbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh boʻldilar.
Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «gʻirrom» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol» bahosini olsa (yoki raqibi «gʻirrom» bilan jazolansa) bu uning gʻalabasini bildiradi. Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya jazolanishi) ham gʻalabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib boriladi va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga gʻalaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega boʻladi, jazolar soni teng boʻlsa oxirgi jazo olgan magʻlub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) boʻlsa, gʻolib hakamlarning koʻpchilik ovoziga koʻra eʼlon qilinadi.
Xullosa
Ushbu saʼy-harakatlar natijasida Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha birinchi xalqaro musobaqalarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etdilar. Toshkent markazida 30 ming kishiga moʻljallangan stadion tomoshabinlarga toʻlib ketdi. Oʻzbekiston va uning tashqarisidagi millionlab teletomashabinlar televizorda batafsil olib koʻrsatilgan musobaqalarni yaqindan kuzatib bordilar. Kurash eng qadimiy bellashuv turlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga jahon sahnasida u eng yosh sport turi hamdir. Oʻzining uzoq oʻtmishiga qaramasdan kurash faqatgina 1998 yilda jahon sport sahnasida shahdam odim tashladi. Ushbu odimlar na yengil va na qisqadir. Avval boshidanoq kurashning porloq odimlari va undan kutilgan maqsad aniq belgilangan edi. U ham boʻlsa Oʻzbek kurashini xalqaro sport turiga aylantirishdir.
Dostları ilə paylaş: |