Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Elektron kutubxona va arxivlar” mutaxassisligi magistranti Jo‘raxonova Xadichaxon Alijon qizining “Elektron kutubxonalar axborot xavsizligini ta’minlashning usul va texnologiyalari” nomli magistrlik dissertasiyasiga RAHBAR XULOSASI Bugungi kunda elektron kutubxonalarning rivojlanishi bilan birga axborot foydalanuvchilari va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy va sun'iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta'sirlardan axborotlarni va axborot kommunikasiya tizim ob’ektlarining himoyasi dolzarb masalaga aylanmoqda.
Kutubxonalarda fondlarni, fondagi mavjud noyob resurslarni saqlash, foydalanuvchiga ishonchli manbalarni yetkazish va foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxsga oshkor etilishidan asrash va shu kabi xafsizlikka tahdid soluvchi vaziyatlarni oldini olishda, tashkiliy tomonlama axborot xavfsizligi siyosati hujjatini ishlab chiqish, kutubxonalar uchun holatidan kelib chiqib tavsiyaviy xavfsizlik hujjatini taqdim etish eng muhim masalalardandir.
Jo‘raxonova Xadichaxonning magistrlik dissertasiyasi kutubxonalarda himoyalanuvchi resurslarni klassifikasiya qilish, mavjud tahdidli vaziyatlarni tahlil qilish va respublika axborot-resurs markazlari uchun namunaviy axborot xavfsizligi metodikasini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab qo‘yilgan:
• mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni, muammoning amaliyotdagi holatini o‘rganish asosida kutubxonalar axborot xavfsizligining zamonaviy holatini aniqlash, ularni tahlil qilish;
• elektron kutubxonalarning xavfsizligini ta’minlash usullarini o‘rganish hamda ahborot xavfsizligini ta’minlash siyosatini qurish tamoyillarini ishlab chiqish;
• axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmining funksional, tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish va dasturiy ta'minot yaratish.
Mazkur tadqiqot ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat bo‘lib tadkikotchi o‘z oldiga kuygan vazifalarni amalga oshirgan.
Ishning amaliy natijasi sifatida axborot-resurs markazlari uchun namunaviy axborot-xavfsizligi siyosati ishlab chiqilgan va holatiga qarab o‘zgaruvchi ARMlar uchun xavfsizlikni tavsiya etuvchi veb sayt ishlab chiqilgan.
Yaratilgan dasturiy ta'minotning ayrim funksiyalarida kamchiliklar mavjud. Agar ushbu kamchiliklar bartaraf qilinsa, tegishli tashkilotlar yoki axborot-kutubxona muassasalari uchun amaliyotga joriy etsa bo‘ladi.
Magistrlik ishining natijalaridan kelgusida axborot kutubxona muassasalirining axborot xavfsizligini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ishni ijobiy deb baxolayman. Magistrlik ishi Jo‘raxonova Xadichaxon Alijon qizini “Elektron kutubxona va arxivlar” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olishga munosib deb hisoblayman.
TATU “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi, t.f.n., professor