Mavzu: Randalash, o'yish va sidirish stanoklari
Reja:
Randalash, o'yish va sidirish stanoklari guruhining umumiy tavsifi va stanoklarning asosiy tiplari.
Randalash va o'yish stanoklarida keskichlar yordamida yassi va shakldor yuzalar, to'g'ri chiziqli ariqchalar va pazlar shakJlantirilsa, sidirish stanoklarida protyajka vositasida turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga aniq ishlov beriladi.
Bu guruh stanoklarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri - ishchi organlarining ilgarilama-qaytar harakatlanishidir. Bu guruh stanoklarining ko'pchiligi bosh harakatning pog'onasiz gidravlik va elektrik yuritmalariga ega. Stanoklarda salt yurish (холостойход) ning mavjudligi ularning asosiy kamchiligi bo'lib, unga ko'p vaqt sarfbo'ladi. Bu guruhga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi. Randalash stanoklari randalash keskichlari yordamida yassi va chiziqsimonshakldor yuzalarni shakllantirishda, to'g'ri chiziqli paz va ariqchalarni har xil profilli chuqurliklarni qirqib hosil qilishda foy-dalaniladi. Randalash stanoklarining quyidagi turlari bo'ladi.
Ko'ndalang randalash (bir va ikki supportli).
Bo'ylama randalash (birva ikki stoykali, qirra randalash).Ko'ndalang-randalash stanoklari o'lchamlari bo'yicha mayda va
o'rta zagotovkalarga yakka buyurtmali va mayda seriyali ishlab chiqa-rish sharoitida, ta'mirlash va asbobsozlik sexlarida ishlov berish uchun
xizmat qiladi. Bu stanokJarda bosh harakat polzunning keskich bilan birga ilgarilama-qaytar harakati bo'lib, u mexanik yoki gidravlik (polzunning yurish masofasi 700 va 1000 mm bo'lganda) yuritmadan boshlanadi. Zagotovka stanok stoliga o'rnatilib, unga uzlukli (davriy) ko'ndalang yoki vertikal surish harakati uzatiladi. Bu harakat polzun harakatining yo'nalishi teskari (salt) yurishdan ishchi yurishga o'zgarish paytida sodir bo'ladi. Bu harakat xrapovikli mexanizm orqali ko'ndalang yoki vertikal vintga uzatiladi.
736 modelli ko'ndalang randalash stanogida harakat elektr dvi-gatelidan tezliklar qutisi orqali kulisa mexanizmiga uzatiladi. Tebranuv-chi kulisa mexanizmi kulisa g'ildiragi aylanma harakatining polzunning har minutda ikki marta yurish soni kinematik zanjir balansi tenglamasi quyidagicha yoziladi: