Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni



Yüklə 31,97 Kb.
tarix13.11.2022
ölçüsü31,97 Kb.
#68864
raqamli mus ishi


Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi NikolasNegroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin
Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni

Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.

Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda



Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.

Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroqrivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

ko'plab sohalardagi monopoliya;

internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;

fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

qonunchilikning shaffof emasligi;

axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).Yuqorida keltirilgan muommolarbosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Digital AQSH raqamli iqtisodiyot rivojlanish economy britaniya singapur Boshqalar 26-Yanvar 22:05 31829Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi.



Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi.Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.
.Raqamli iqtisodiyotning afzalliklariAlbatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;yangi ish o'rinlari yaratilinishi;yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikniyuqolishi.Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflarKiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar;"raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish);ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin.Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari"Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariyahisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda.Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «leanproduction», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma-bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda:axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikningmuqobil shakllarini keng targ‘ib qilish muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va boshqalarga tegishlidir.Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi faoliyat uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium» hisoblanadi. Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini o‘zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda.Xizmat ko‘rsatish sohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari ko‘plab kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko‘lamdagi amallar tezroq, arzonroq, qulayroq va o‘rtadagi vositachilarsiz bajariladi.Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar sohalarda avtomatik tarmoqliservislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi) biznesdagi vositachilar o‘rnini egallamoqda.Buning samarasi o‘laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada tushirishi, makroiqtisodiy yo‘nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto‘liqbandlik ko‘rsatkichlari o‘sishi mumkin. Shuningdek, kraudfanding va kraudsorsing kabi yo‘nalishlar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda.Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni baham ko‘rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa bozordagi raqobat o‘z o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo‘shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o‘zaro teng munosabatlar va bir-birini to‘ldiruvchi xizmatlarga o‘tishiga umid uyg‘otadi.Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va xizmatlarga doir elektron savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi Raqamli sektorning iqtisodiy ahamiyati; Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.
Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi.2010 yilda BostonConsultingGroup kompaniyasi raqamlashtirish ko‘lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi.Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, ushbu sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi. Biroq IT yo‘nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni to‘g‘ri keladi).Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi.Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda taqsimlanmaydi.Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun texnologiyalarning Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to‘ldiruvchilar» deb nomlangan boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi.
Ular qatorida:faol ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda biznes va insonlarga raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan raqobat va innovatsiyalar, xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, turmush farovonligini oshirish uchun foydalanishga imkon beradigan normativ-huquqiy baza;biznes menejmenti va davlat xizmatchilarida axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir to‘laqonli ko‘nikmalar; axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida konsalting xizmatlarini ko‘rsatadigan institutlar (davlat va xususiy) o‘rin olgan.
Raqamli iqtisodiyot hosil qiladigan effektlarni to‘liq sanab o‘tish ancha murakkab ish, binobarin, elektron servislar va metama'lumotlardan foydalanish imkoniyati iqtisodiy obektlarga taqdim etadigan aloqalarni to‘laqonli tarzda baholash ancha mushkuldir. Shu bois axborotlashtirishga sarflanadigan investitsiyalarning muhimligini, ayniqsa davlat darajasida asoslash bir qadar qiyin vazifa hisoblanadi. U yoki bu sohada yaratilgan gigibayt axborotni real holatda har doim ham hisoblab chiqishning imkonsizligi o‘z-o‘zidan tushunarli hodisadir.Raqamlashtirish – yangi iqtisodiy texnologiyalarning yo‘ldoshiAxborot platformalarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan muloqot modellari yangi iqtisodiy texnologiyalarning (YaIT) paydo bo‘lishiga turtki beradi.YaIT – bu tashkiliy boshqaruv tizimlariga biror maqsadga xizmat qiladigan axborot (ma'lumotlar, g‘oyalar va bilimlar) mahsulotlarini yaratish, ularni uzatish, saqlash va aks ettirish uchun yaxlit texnologik platformaga birlashuvchi va iqtisodiy agentlar muloqotiga sarflanadigan trakzaksion xarajatlarni maksimal darajada kamaytiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlashga doir har jihatdan yangi «sozlanuvchi» vositalar va metodlar yig‘indisidir.

YaITning asosiy tamoyillari:

tubdan yangi biznes modellarni yaratish;

har xil IT xizmatlarni oqilona birlashtirish va ulardan foydalanish metodlarini real iqtisodiyot sektoridagi tashkiliy va texnologik jarayonlarda qo‘llash;

tranzaksion xarajatlar va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan moddiy resurslarni minimallashtirish.

YaIT raqamli texnologiyalar asosida mavjud iqtisodiy realiyalarda rivojlanib boradi. Avvalroq ishlab chiqarish, savdo va moliyaga oid texnologiyalar paydar-pay takomillashib kelgan bo‘lsa, hozir yuzaga kelgan YaITlar gorizontal munosabatlarga (o‘z-o‘zini tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish), axborot muhandisligi (o‘z-o‘zini takomillashtirish) va iqtisodiy jarayonlarning avtoformalizatsiyasiga (avtomatik tuzilish) tayanch vazifasini o‘tamoqda.

YaITning chinakam asosini axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta ishlashga mo‘ljallangan data-markazlar va zamonaviy AT platformalari shakllantiradi. Bunda boshqaruvga doir konsalting va biznes tahlilga aloqador xizmatlarni taqdim qilish yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-konsalting xizmatlari va davlat taraqqiyot agentliklari singari yangi institutlar ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalar va xatarlar

Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri yo‘naltirilganini isbotladi.

Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologikmaxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo‘llab-quvvatlashi lozimdir. Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi instrumentlarni o‘z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.

Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda o‘zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi pozitsiyalarni qo‘ldan boy berdi.

Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o‘tkazish uchun) milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana shunday natijaga erishildi.

Davlat boshqaruvidagi axborot tizimlari bilan ishlaydigan kadrlarni tayyorlash ushbu sohaning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda. Misol uchun, o‘tgan asrning 70-yillarida Belgiyada davlat organlari xodimlarini o‘qitadigan va ular uchun bevosita ish o‘rinlarida tizimlarni sozlaydigan mutaxassislarning maxsus mobil guruhlari (jumladan ixtisoslik o‘quv yurtlaridagi o‘qituvchilar va talabalar ham jalb etilgan holda) tashkil qilinadi.

Raqamli sohaning yana bir nozik jihati shundaki, murakkab raqamli tizimlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash jiddiy va mufassal yondashuvni talab qiladi. Sizga noodatiy tuyulishi mumkin, biroq ko‘pincha dasturlash (o‘zicha) aslida yetarli darajada texnologik hodisa emasdir. Binobarin, sizning vazifalaringizni hal qiluvchi dasturchi ko‘p jihatlarda vazifani qanday anglashiga qarab harakat qiladi. Aksariyat axamiyatli yechimlar bu jarayonda izohsiz qoldiriladi, chunki har qaysi taraf ularni o‘z-o‘zidan tushunarli deb hisoblaydi.

Dasturlarga aloqador yondosh hujjatlar ba'zan pala-partish tuziladi. Natijada mahsulot bilan ishlash jarayonida buyurtmachi o‘zi buyurtma bergan va yaratilishi uchun pul to‘lagan ishlanma ustidan nazoratni qo‘ldan chiqaradi. Bunda axborotlashtirish loyihalariga ajratiladigan budjetda garchi g‘oyatda muhim bo‘lishiga qaramay xizmat ko‘rsatishga doir xarajatlar ko‘zda tutilmaydi.

Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida o‘rganilishi lozim.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o‘zida eng murakkab bosqich – bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqartirishdir.

Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlararo (multiagent) muloqotni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.

«Bittadan-bittaga» va «bittadan-ko‘pga» muloqot formulasidan «ko‘pdan-ko‘pga» formulasiga o‘tiladigan raqamli iqtisodiyot platformalari ushbu jarayonning eng muhim bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu sohadagi siljishlar davlat ko‘magida kichik va o‘rta biznesga mos keladigan konsalting va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni avtomatik tarzda keskin o‘zgartiradi (va mazkur sohalarda tuzilmaviy islohotlarga turtki beradi) va innovatsion iqtisodiyot uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi.

Mulohaza


Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?

12.03.2020 10:52


10.2K


Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (DigitalEconomy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash mumkin.



Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi tasdiqlandi



Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (DigitalEconomy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.

Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, internet tezligining 10 foizga o‘sishi mamlakat YaIM o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo‘lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish mumkin.

Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etadi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko‘plab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.

Raqamli iqtisodiyotda IT yordamida tannarxni kamaytirishga, natijada optimallashuvga va samaradorlik oshishiga erishiladi.

"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari



Raqamli iqtisodiyotda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsiyalar muhim hamda ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda ilmiy sig‘imkorlik yuqori bo‘lgan tarmoqlar ravnaq topadi.

Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratishi bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir.

Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30 foizidan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga blokcheyn texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg‘otganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta’sir ko‘rsatyapti.

Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi.

Raqamli aktivlar — bu moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobga olinadigan raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir.

Toshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi



Jahonning mashhur “McKinsey” ekspertlarining baholashi bo‘yicha, bugungi kunda jahon YaIMning qariyb 10 foizi raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga, ularni ishlab chiqish sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30 foiziga teng. Raqamli aktivlarning rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o‘xshaydi.

O‘z navbatida, raqamli aktivlar rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni muhim. Ijtimoiy tarmoqlar raqamli biznesning taraqqiy etishiga ham keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy ko‘rinishi sifatida mobil to‘lov tizimlarini ko‘rsatish mumkin. Bunda hammamizga ma’lumki, mijozlarning smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog‘langan bo‘ladi. Bu esa mijozlarga onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‘larini erkin o‘tkazish imkonini beradi.

To‘lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng foydalanadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk ob’yektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga egalik huquqiga faqatgina kompaniya ega bo‘ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentlar, kompyuter dasturlariga mutlaq huquq va ma’lumotlar bazasini keltirish mumkin.

Hozirda raqamli aktivlar bilan birga, raqamli aktivlarni boshqarish tizimi ham tez sur’atlarda rivojlanmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida



Raqamli aktivlar bo‘yicha global ishtirokchilar sifatida “NorthPlainsSystemsCorporation”, “OpenTextCorporation”, “Widen”, “Net Xposure, Inc.”, “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-PackardCompany”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin.

Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga qaratilishi lozim.

Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu ularning huquqiy himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamli aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy shartlardan bo‘lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi bo‘yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab etadi. Birinchi “onlayn” to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi o‘rtasida keng tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan foydalanilgan. “Visa” va “Master Card” kredit kartalari emitentlari sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini ko‘rish shartlarini talab etishgan.

Jahonda ro‘y berayotgan so‘nggitrendlarni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki dunyoda buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rnini jadal almashtirishi davrida biz ham asosiy e’tiborni faqat mahsulotlar eksportiga qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn texnologiyalari faoliyatini zamonga hamohang ravishda o‘rganib, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng foydalanishni yangi bosqichga olib chiqishimiz maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.

Bu inqilobiy yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy xalqparvar yetakchiga xosdir.

Nodir JUMAYeV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati,

iqtisod fanlari doktori, professor.

Mulohaza

raqamli iqtisodiyot

Nodir Jumayev

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring

Maqolani ulashing

IZOH QOLDIRISH

Izohlar qo'shilmagan

O'xshash yangiliklar

30.07.2021


295


Raqamli iqtisodiyot sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi

29.07.2021


145


Xalq koriga kamarbasta yillar natijasi

29.06.2021


522


Toshkentda Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspert forumi o‘z ishini boshladi

29.06.2021


487


Ijtimoiy himoya yagona reyestri: xorij tajribasi

11.06.2021


201


Nodir Jumayev: Quyosh energiyasidan foydalanishga katta e’tibor qaratilyapti

10.06.2021


297


Elektr energiyasini yetkazib berishda davom etayotgan uzilishlar yillar davomida to‘plangan muammolar natijasidir - mulohaza

Ommabop


Hokim yordamchisi lavozimida oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin

06.12.2021 11:32 1.1K

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanadi



07.12.2021 08:54 677

Endilikda subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va ta’mirlash uchun olingan kreditlar uchun ham tatbiq etiladi



03.12.2021 08:57 672

«Yangi O‘zbekiston strategiyasi» Harakatlar strategiyasining davomi sifatida



10.12.2021 11:58 497

Jurnalga obuna bo'lish

11-263-2021



ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ОБОЗРЕНИЕ

OBUNA BO‘LISH

So'nggi yangiliklar

21/12, 09:10


8

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun 20 million dollar yo‘naltiriladi (+infografika)



20/12, 20:38


189


Mobil texnologiya

Mobil texnologiya bu uyali aloqa uchun ishlatiladigan texnologiya. So'nggi bir necha yil ichida mobil texnologiyalar tez rivojlandi. Ushbu ming yillikning boshidan beri oddiy mobil qurilma oddiyginamobil telefon, GPS-navigatsiya moslamasi, o'rnatilgan veb-brauzer va tezkor xabarlar mijozi va qo'lda o'yin konsoliga aylandi. Ko'pgina mutaxassislarning fikriga ko'ra, kompyuter texnologiyalarining kelajagi simsiz tarmoq orqali mobil kompyuterlarga bog'liq. Planshetli kompyuterlar yordamida mobil hisoblash yanada ommalashmoqda. Planshetlar 3G va 4G tarmoqlarida mavjud. Mobil texnologiyalar turli jihatlar bo'yicha har xil ma'noga ega, asosan, axborot texnologiyalari mobil texnologiyasi va basketbol texnologiyasida mobil texnologiyalar. Asosan simsiz qurilmalarning simsiz texnologiyalariga (jumladan, noutbuklar, planshetlar, mobil telefonlar va boshqalar) axborot texnologiyalarini integratsiyalash uskunalari.

Axborot texnologiyalari va aloqa texnologiyalarining integratsiyasi bizning ijtimoiy hayotimizga katta o'zgarishlarni olib keladi. Mobil texnologiyalar va Internet axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlariga aylandi. Yuqori qamrovli uyali aloqa tarmoqlari, yuqori tezlikdagi simsiz tarmoqlar va turli xil mobil ma'lumot terminallari yordamida mobil texnologiyalar mobil aloqa uchun keng maydon ochdi. Va yashash va ishlashning mashhur va mashhur usuliga aylandi. Mobil aloqaning jozibadorligi va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi tufayli kelajakda mobil axborot terminallari va simsiz tarmoqlar kompyuterlar va tarmoqlarning ko'lami va ta'siridan kam bo'lmaydi. Mobil hukumat va mobil tijoratning rivojlanishi shaharni boshqarish darajasini yanada oshirish, kommunal xizmatlarning darajasi va samaradorligini oshirish, yanada sezgir, samarali, shaffof va mas'uliyatli hukumatni yaratish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Shuningdek, bu raqamlar o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish va fuqarolarga universal xizmat, tezkor xizmatni taqdim etishga yordam beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyasi va rivojlanishi axborot jamiyati va bilimlar jamiyatining shakllanishiga olib keldi, shuningdek, bilimlar jamiyatiga, foydalanuvchiga yo'naltirilgan


jamiyatga, ijtimoiy amaliyot bosqichiga yo'naltirilgan foydalanuvchiga yo'naltirilgan innovatsiyalarga olib keldi. ommaviy innovatsiyalar, qo'shma innovatsiyalar va ochiq innovatsiyalarning o'ziga xos xususiyati. Shakllanish, innovatsion 2.0 rejimi asta-sekin ilmiy jamoatchilik va jamiyat e'tiboriga tushmoqda.

Smartfonlarning yangi avlodi ichki fizikaviy sensorlar va ma'lumotlar almashish qobiliyatining o'sib borishi imkoniyatlaridan foydalangan holda, kontekstga asoslangan bo'ladi. Bunga murojaat qiladigan asosiy xususiyatlardan biri shundaki, telefonlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini kuzatishni boshlaydi va ma'lumotlarni oldindan sezishga moslashadi. Barcha yangi ilovalar yangi telefonlar bilan chiqadi, ulardan biri telefon ishora qilingan har qanday joy haqidagi ma'lumotlarni ochib beradigan rentgen apparati. Joylashuvni aniqlash ma'lumotlaridan foydalanish uchun kompaniyalar kompaniyalar dasturlarni ishlab chiqmoqdalar. Bu telefonni haqiqiy sichqonchani sichqonchani bosadigan virtual sichqonchaga aylantirganligi sifatida tasvirlangan. kelajakda foydalanish uchun binoni saqlang.

Mobil aloqa texnologiyalari va mobil hisoblash texnologiyalari konvergentsiyasiga asoslangan mobil texnologiyalar asosan to'rt turdagi texnologiyalarni o'z ichiga oladi.

· radio asosidagi ikki tomonlama radioaloqa (professional yoki ommaviy mobil radio) yoki radioeshittirish;

· uyali telefonlar, SMS (Qisqa xabarlar xizmati), WAP (simsiz dastur protokoli), GPRS (Umumiy paketli radio xizmati), UMTS (3G, uchinchi avlod mobil aloqa tarmog'i) asosida uyali aloqa xizmati;

· mobil, shu jumladan noutbuklar, planshetlar, PDA (shaxsiy raqamli yordamchilar), peyjerlar, Bluetooth texnologiyalari, RFID (radio chastotani aniqlash) va GPS (Global joylashishni aniqlash tizimi);

· Xitoy rivojlanayotgan tarmoqqa asoslangan WiFi yoki WAPI simsiz tarmog'i.

Telekommunikatsiya sohasida raqamli texnologiyalarga bo'lgan talablar

Raqamli inqilob hayotimizning ko'p qirralarini qamrab oldi va texnologiyalar va insoniyatning kesishishi hech qachon chuqur bo'lmagan. Shunday qilib, raqamli texnologiyalar hamma joyda, xarid qilish va moliya qilishdan sog'liq va farovonlikka qadar.

Ushbu hodisa, shuningdek, aloqa vositalariga sezilarli ta'sir ko'rsatdi va raqamli texnologiyalar butun koinotni bizning cho'ntagimizga joylashtirdi, bu bizga ekranning bir nechta tegib turishlari bilan aloqada bo'lishimizga imkon berdi. Havo sayohatlari sayyoramizni kichraytirdi, qaerda bo'lishimizdan qat'i nazar, raqamli texnologiyalar dunyoni bizga etkazmoqda.

Qisqa vaqt ichida bizning muloqot qilish uslubimiz tubdan o'zgardi. 30 yil ichida biz telefon qo'ng'iroqlari va xatlardan elektron pochta, tezkor xabarlar, VOIP, video chat va virtual haqiqat orqali o'tdik. Bugun biz dunyoning yarmida bir necha soniya ichida kimdir bilan ko'rishishimiz va suhbatlashishimiz mumkin.

O'zgarishlarning ushbu tez sur'ati telekommunikatsiya kompaniyalari uchun qiyinchiliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi. Kelgusidagi muvaffaqiyat bugungi kunda va kelajakda strategiyani yaratishga bog'liq, shuning uchun biz telekomunikatsiyalar raqamli transformatsiyani qanday qabul qilishi va undan bugun va kelajakda o'z foydalariga foydalanishlariga e'tibor qaratmoqdamiz.

Daromad olish

Raqamli rivojlangan bozorda raqobatbardosh va daromadli bo'lish uchun, telekommunikatsiyalar samaradorlikni oshirishga harakat qilishlari kerak, ayniqsa xarajatlar haqida gap ketganda. Qizig'i shundaki, raqamli texnologiya echimni ta'minlashi mumkin.

Bulutli hosting, AI mijozlariga xizmat ko'rsatish va avtomatlashtirilgan jarayonlar telekompaniyalarga o'zlarining ish xarajatlarini minimallashtirishga yordam beradi va shuning uchun ularning takliflari narxi bozorda moliyaviy jihatdan raqobatdosh bo'lib qolishga yordam beradi.



Ushbu texnologiyalar, shuningdek, samaradorlikni oshirish uchun jihozlangan. Xodim tomonidan an'anaviy ravishda amalga oshiriladigan ba'zi bir jarayonlarni avtomatlashtirish orqali inson teginishni talab qiladigan vazifalarga eng samarali tarzda yo'naltirilishi mumkin bo'lgan resurslar chiqariladi.
Yüklə 31,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin