REJA:
Kirish
Asosiy qism
2.1. Korxonada strategiyani roli.
2.2. Strategik boshqaruvni amalga oshirish.
2.3. Korxona strategiyasini asosiy maqsadi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi.
Bunda eksport tarkibini diversifikatsiyalash va xomashyo mahsulotlari hamda materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish, yangi texnologiyalar olib kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
Strategik menejmentning mohiyati uning o'ziga xos tabiatining innovatsion xususiyati, istiqbolli maqsadlarga yo'naltirilganligi, ko'plab alternativalarning mavjudligi, sub'ektivlik, qaytarilmaslik va oqibatlarning uzoq vaqt davomida paydo bo'lishi kabi xususiyatlarni aks ettiradi. Strategik menejmentning mohiyatini ifodalovchi asosiy g'oya bo'lajak o'zgarishlar va muammolarga tezda javob berish qobiliyatini yaratish uchun menejmentning asosiy e'tiborini atrof-muhitga o'tkazish zarurati hisoblanadi. Strategik menejment tushunchasi va mohiyati strategiya orqali ifodalanadi - yetakchilik va tashkiliy ierarxiyaning eng yuqori darajasida murakkab strategik qarorlarni qabul qilish jarayoni. Bu kompaniya va uning barcha bo'linmalari ishiga samarali va samarali ta'sir ko'rsatishga imkon beradigan resurslarni oqilona taqsimlash orqali korxona yoki tashkilotning tanlangan maqsadni amalga oshirish uchun bevosita muhiti bilan aloqani aniqlash va o'rnatishda ifodalanadi. Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan loyihalar tashkilotlarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2022-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o’tishi uchun yo’l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi O’zbekiston uchun katta qadam bo’lib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan ilk kunlaridayoq bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy yo’lni tanladi.1
Dostları ilə paylaş: |