Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari Reja: 1.Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari . 2.O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning huquqiy asoslari. 3.Raqamli iqtisodiyoning asosiy mezonlari. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot’ atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli xilatamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot’ (O.Toffler), “megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot’ (I.Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot’ (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’ (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiq arish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3 iyulida«O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qarorni imzoladi. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko‘nilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi. Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga ham daxl qiladi.Bugungi kunda bizhar bir mohiyatni u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik ob’ektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich
- u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi ma’lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Realva virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas.
Raqamli iqtisodiyot ustuvor bo’lgan axborotlashgan jamiyatga ta’rif berishda iqtisodchilar turli texnologik, iqtisodiy, mehnat, fazoviy, iste’mol va kreativ mezonlardan foydalanadilar.
1. Texnologik mezon. Yangi texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning tug‘ilish belgisi deb qabul qilinadi. Bunda kabelli va yo‘ldosh orqali televideniye, kompyuter tarmoqlari, shaxsiy kompyuterlar, yangi ofis texnologiyalari va boshqalar nazarda tutiladi. Texnologik yangiliklarning bunday hajmi ijtimoiy qayta qurishga olib keladi deb tasavur qilinadi, chunki ularning jamiyatga ta’siri juda ham sezilarli darajada bo‘ladi. Yaponiyada aloqa va telekommunikatsiya vazirligi 1975-yildan boshlab, telefon orqali so‘zlashuvlar, axborotni yetkazib berish vositalari hajmini o‘lchash, hisobga olish uchun murakkab texnikadan foydalanadi. Texnologik mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar olg’a suriladi:
- jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hajmini o‘lchashning oqilona birligi mavjud emasligi;
- texnologik daraja ko‘rsatkichida jamiyatni axborotlashgan deb atash mumkin bo‘lgan nuqtani aniqlashning qiymatli yechimi topilmaganligi muammosi;
- texnologiyalar ijtimoiy sohadan ajralmasdir, ular ijtimoiylikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Misol uchun, u yoki bu tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar masalasida qabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy ustuvorliklarni ifodalaydi va bu baholovchi mulohazalar asosida turli texnologiyalar rivojlanadi. Texnologik determinizm texnologiyaga asossiz muhim o‘rin ajratib beradi, lekin texnologiya noijtimoiy hodisa sifatida jamiyat rivojlanishining asosiy, ijtimoiy omili bo‘lib hizmat qila olmaydi.