FAN: AKADEMIK YOZUV T E Z I S Mavzusi: RAQAMLI IQTISODIYOTNI HOZIRGI HAYOTIMIZDAGI OʻRNI Bajardi: IB-75 guruh talabasi
Fayzullo Abdurahimov
Tekshirdi: Nozima Shoaxmedova
RAQAMLI IQTISODIYOTNI HOZIRGI HAYOTIMIZDAGI OʻRNI
Abdurahimov Fayzullo Muxiddin o’g’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Unversiteti
Raqamli iqtisodiyot fakulteti
Axborot xavfsizligi yo’nalishi IB-75 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Bu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin. “Raqamli iqtisodiyot haqida qisqacha malumot”, “Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari”, “Raqamli iqtisodiyotning salbiy tomonlari”, “Rivojlangan davlatlar asosida raqamli iqtisodiyot”, “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari”.
Kalit so’zlar: Digital economy,Deverloped countries,Information technology, Economicindicator, Technology infrastructure.
Kirish. So‘nggi vaqtlarda “Digital Economy” tushunchasi juda ko‘p marotaba ishlatilm-oqda. Darhaqiqat, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda digital economy ularning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmoqda.
Keling, avvalo “Digital Economy”ning kelib chiqishi tarixini o‘rganaylik.
Digital Economy bu uzoq vaqtlar oldin ya’ni 1995-yil Massachusets universtitetiolimi Nikolas Negroponte tomonida aniqlab berilgan.Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotni yangi iqtosodiyotga o‘tishda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib bergan.
Digital Economy – bu xo‘jalik faoliyatini yuritishdir, bunda ishlab chiqarish vaxizmat ko‘rsatishdagi asosiy omili raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli komputer texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan faoliyat. Digital Economy raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes va elektron tijorat bilan bog‘langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etilayotgan iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faolyatdir.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tatbiq qilinishi evaziga kundalik hay-otimizda juda ko‘plab qulayliklar paydo bo‘lmoqda.
Tajribalar natijasida digital economy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardateng huquqli qoidalarini, o‘yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil imkonyat beradi. Bularga AQSH, Buyuk Britanya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya kiradi.
Demak, digital economy rivojlanishi uchun davlat hammaga teng sharoit yaratibberishi, iloji boricha bozor qonun-qoidalari, shartnomalar shaffof bo‘lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o‘yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarurdir.
Zamonaviy ilm-fanning cho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘zgatashlanadi. Zero, digital economy aql bovar qilmas katta hajmda raqamli ma’lumolarni to‘plashda va to‘laqonli taqdim etishni davom etmoqda. 2022-yilda global IP trafik hajmi 150 700 Gbit/s (solishtirish uchun 2017-yil 45 000 Gbit/s) chiqishi ko‘zda tutilayotgan edi. Shuningdek, texnologiya olamida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan “Microsoft” korparatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikri bor. “Tez orada yer sharida faqat ikki tur kompaniyalari mavjud bo‘ladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompanyalardir”.
Xususan, Digital Economy afzalliklari va salbiy tomonlari haqida to‘xtaladiganbo‘lsak.Albatta, Information technology texnologiyalarning rivojlanishi, zamonaviy tex-nologiyalarning hayotimizga tatbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy imkonyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga zarur mahsulotlarni arzon sotib olish bilan yetarlicha pul mablag‘larini tejash mumkin. Shuningdek, information technology quyidagi afzalliklarni berishi mumkin:
•ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish;
•ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi;
•kompaniyalarning raqobatdoshligini o‘sishi;
•yangi ish o‘rnini yaratilishi;
•yangi zamonaviy kasblarning paydo bo‘lishi;
•kambag‘allikni yengishning yangicha usuli.
Bu raqamli iqtisodiyotni bor-yo‘g‘I bir nechta afzalliklaridir.
Digital Economy rivojlanishini bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir qiladi,oddiy foydalanuvchiga ko‘plab qo‘shimcha imkonyatlar beradi va qolaversa, bozorning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlab berishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflardanbirinchi o‘rindaKiber hujum xavfidir. Bunda asosan shaxsiy hujjatlarni va shaxsiy ijtimoyi-iqtisodiy huquqlarini oshkor qilish kabi muammolarni amalga oshiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishda digital econo-my alohida faolyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat ob’yektlari, xizmatlarda Axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar hisoblanadi.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillarga ko‘ra digital economy yalpiichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuningdik, xufyona iqtisodiyotga barham beradi.
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturining ishlab chiqilishi vahayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Xulosa : Aql-zakovat va ilm — taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanningcho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘zga tashlanadi. To‘rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko‘rinishi-“Digital Economy” boshlanganini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.https://inlbrary.uz
2.Yangi Oʻzbekiston jurnali