Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6
128
RAQAMLI IQTISODIYOTNING XUSUSIYATLARI VA TASNIFLANISHI
Dehqonova Zilola Mirzaevna
Farg’ona VXTXQTMOHM “Pedagogika va psixalogiya
ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6773260
Annotatsiya:
ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va
tasniflanishi degan mavzuda yozilgan.
Kalit so’zlar:
texnologiya, Wikipedia, Google, axborot, raqamli iqtisodiyot,
jamiyat.
Annotation:
This article is about the describtion and feature of digital economy.
Key words:
technology, Vikpediya, Google, information, digital economy,
society.
Аннотация:
зто статья написана об особенностях и классификации
цифровой экономики.
Ключевые слова:
технология,Википедия,Гугл,информация.Цифровая
экономика,общество.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol
qo’llanilmoqda. Iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta’lim jarayonini ham
tez surhatlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va
ishchilar o’rtasidagi raqobat masalasi ham ko’tarilmoqda.
Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek
“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yo’lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish
kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi
bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon
kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi” Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada
ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan
aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu
birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat ob’ektlari, sifatli ta’lim va
xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan
faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy
resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan
Dostları ilə paylaş: |