Raqamli texnologiyani o’zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib



Yüklə 13,48 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü13,48 Kb.
#121874
tezis


Raqamli texnologiyani o’zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu – xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Biz bu maqolada ta’lim tizimida raqamlashtirishni o’rniga to’xtalib o’tamiz.
Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir turi deb olsak bo’ladi. Demak, raqamli ta’limda: - xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega; - internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; - ta’lim tizimini yangi bosqichga ko`taradi; - vaqt va mablag` sarfini keskin kamaytiradi; -“raqamli dunyo”da yo`qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo`lishgi kabilar. Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi. Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o`stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim beruvchilarni o`z ustida ko`proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yana sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo’l kelsa, katta hajmli ma’lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to’lovchilar va soliq organlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga qaraganda tezroq sodir bo’lmoqda: bor-yo’g’i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi.
Yüklə 13,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin