Raqobat shakllari sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliy
Haqmirzayev Asliddin
2-Oraliq nazorat ishi
Raqobat shakllari: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya vas of monopoliya
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi va korxonalar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Sof raqobat - bu raqobatning haddan tashqari holati, bu narx raqobatini bildiradi. Asosiy asosiy xususiyatlar shundaki, bozorda narxlarga ta'sir qilish uchun etarli kuchga ega bo'lmagan iste'molchilar va sotuvchilar ko'p. Bunday bozorlar talab va taklif o'rtasidagi bog'liqlik bilan belgilanadigan narxlarda sotiladigan farqlanmagan va to'liq almashtiriladigan tovarlarni ishlab chiqaradi.
Oligopolistik raqobat - bu raqobatning nomukammal shakli. Bunday bozorning asosiy xususiyati shundaki, kuchli o'zaro bog'liqlik yaratadigan raqobatchilar kam. U katta bozor kuchiga ega, bu kompaniyaning raqobatchilarning harakatlariga moslashuvchanligi bilan o'lchanadi. Oligopolistik raqobatda ishlab chiqarilgan tovarlar o'xshash va ularning miqdori va standart o'lchamlari cheklangan.
Monopol raqobat - bu nomukammal raqobat. Bu bozorlarda raqobatchilar ko'p, shu bilan birga ularning kuchi darajasi muvozanatli. Mahsulot o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan holda ishlab chiqariladi. Differentsiya har xil shakllarga ega: xizmatlar sifati va assortimenti, maxsus spetsifikatsiyalar, tovar kuchi va boshqalar.