Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari.
Reja:
Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot
Ravishlarning tuzulish jihatidan turlari.
Ravishlarning ma’no turlari
1. Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot
10
Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qancha?, qachon?, qayer? singari so`roqlarga javob bo`luvсhi so`zlar ravish deyiladi.
Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi.
Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi.
Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Sodda va qo’shma ravishlar
Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi.
Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.