Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
I qism
Bizning barchamiz kim – qachonlardir sho’rtob suvlikdan yorug’
dunyoga qadam qo’yganmiz, zero dengiz hayotning beshigi hisoblanadi.
Endi bizlar usiz yashay olmaymiz. Faqat, endi tuzni alohida
tanovul qilamiz va chuchuk suvni ham alohida ichamiz. Bizning limfa
tugunlarimiz huddi dengiz suvinikidek tuzli tarkibga ega. Biz dengizdan
kim – qachonlardir ajralib ketgan bo’lsak-da, u hamon har birimizning
vujudimizda yashaydi.
Eng qaqroq sahroning ichkarisida yashaydigan odam ham o’zi
sezmagan holda qonida dengizni olib yuradi.
Balki, shundanmi, odamlar dengizning betinim mavjlarini ko’rgisi,
ularning abadiy g’alayonini eshitgisi kelaveradi.
Bu tovush tom ma’noda ularning ko’hna vatani sadosi, qonning
chorlovidir.
Viktor Konetskiy
1
O’zinga azob o’ylab topma…
Bu yerda yil-o’n ikki oy qish hukmron. Ko’pincha chiyillab,
ahyon-ahyonda esa o’kirib qoladigan ayozi bor, Ignadek shimol shamoli
bu tap-taqir yerlar va uning aholisini o’z hukmronligiga asir qilgancha
qo’yib yubormaydi. Ularning ko’pchiligi tug’ilganlaridan beri
sadoqatlaridan g’ururlangancha bu yerlarni tark etishmagan. Yana yillar
davomida bandidan uzilgan bargdek quloch yozib ummonning boshqa
sohiliga qochib ketadiganlari ham bor. Bular
asosan tirnoqlarini yorqin
ranglarga bo’yab olgan qo’ng’ir sochli ayollar.
Ummon ortga chekinayotgan noyabrning so’ngi besh kunida ular
bir qo’liga jamadonlari, boshqasi bilan bolalarini yetaklab jigarrang
plashlariga o’ralgancha bandargoh tomonga shoshilishadi. Bu ayozli
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
yerlarga sadoqatli ayollar esa derazalar qopqasidagi tirqishlardan qochib
qolayotganlarni
kuzatib qolarkan, ularga hasaddanmi, balki sadoqat va
oqillikdan zaharhanda qilishadi.
«O’zlariga azob sotib olishayapti. Biz yetib bormagan joylarda
hayot yaxshiroq, deya o’z yerlarining qadrini toptashmoqda…»
Oying ikkimizga esa bu yer yaxshi. Oqshomlari oying shamollar
haqidagi kitoblarni ovoz chiqarib o’qiydi.
Huddi sir-sinoat olamiga
dahldordek, qaddini tik tutgancha, tantanavor ohanglarda. Bunday
paytlarda
Mariya
huddi
ob-havo
maʼlumotlarini oʻqiyotgan
suxandonlarni eslatadi.
“…Tezlik sekundiga yigirma-qirq metrlarni tashkil qiladi. Yalpi
sohilni egallagancha, to’xtovsiz esadi.
Kuchayib borayotgan oqimlar
taʼsirida bir necha kilometr yuqoriga koʻtarilgan shamol troposferaning
quyi qatlamlarida ham kuzatiladi...”
Uning oldidagi stolda kutubxonaning bir necha kitoblari taxlangan,
yonida quritilgan apelsin poʻstlog’i va argʻivonli choy damlangan
choynak. Oyingni savolga tutaman.
“Shu tinib-tinchimas shamollarning nimasini yaxshi koʻrasan?”
U qoʻlidagi finjonni likopga qoʻygancha yangi varaqni ochadi.
“U menga yoshligimni eslatadi.”
Qosh qorayganida deyarli koʻchaga chiqmayman. Oʻzimizning
mana shu, roybush, yumshatilgan tuproq va sen yaxshi koʻradigan
xo’jag’at qiyomli pechenye hidi anqiydigan uyimizda oʻtiraman. Bu
pechenye uyimizda hamma vaqt bor, oying sening ulushingni shkafga
olib qoʻyadi: unga haliyam sen jazirama ko’chadan oshxonaga rayxonli
limonad va pechenye uchun birdan yugurib kirib keladigandek
tuyulasan.
Qorong’u tunlar va ummonning
qop-qora suvini yoqtirmayman,
Dostu, ular senga bulgan sog’inchimni kuchaytirib yuboradi: Uyda,
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Mariyaning yonida yengil tortaman, sen xam huddi yonimizdagidek
tuyulasan.
Mayli, koʻnglingni buzgim yoʻq, boshqa narsa haqida gapira
qolay...
Oying ertalabdan tushgacha kutubxonada oʻtiradi.
Bu yerlarda
kitoblar yagona ko’ngil yozadigan ermak. Boshqalari esa shamollaru
rutubat va mahalliy xalqning fel-atvori tufayli qoʻl yetmas orzuga
oʻxshaydi. Raqs to’garagi xam bor, lek u yerga hamma ham
boravermaydi.
Men uyimiz yaqinidagi novvoyxonada ishlayman. Qo’lda hamir
qoraman. Hamkorim Amir bilan turli: oq, javdar, zaytunli,
ezilgan
sabzavotli va anjirli nonlar yopamiz. Ular juda shirin chiqadi, senga xam
yoqqan bulardi. Hamirturishni faqat qo’lbolasidan foydalanamiz.
Dostu, non yopish mexnatsevarlik va sabr-toqatning qaxramonligi.
Bu chetdan qaragan odamga tuyulganchalik oddiy emas. O’zimni bu
ishsiz tasavvur qilolmayman, go’yo avvallari qilib yurgan hisob-kitob
ishlarim birovning hayotida ro’y bergandek.
Seni soginaman…
Dadang