Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
O’n sakkiz yoshdaman...
Urush...
Bizning batalon uzunligi 70 kilometrlik tog’da joylashgan
chegarani mudofaa qiladi. 20 daraja sovuq. Tungi bosqindan so’ng juda
kamchilik qolgandik. O’ng yelkamdan olgan jarohatimga qaramay
postni tashlab ketmagandim. Yegulik tugagan, suv ham jindakkina,
buyruq tonggacha turib berish!
Yordamchi kuchlar yo’lda. Har
daqiqada dushmanlar batalon
qoldig’ini yakson qilib tashlashi tayin.
Sovqotgan va kuchdan qolgan, vaqt-vaqti bilan og’riqdan
hushimni yo’qotgancha postda turardim. Bo’ron qutirgandan-qutirar, har
tomondan hamla qilardi.
Dostu, ana shunda men ilk bor noumidlik iskanjasida qoldim. U
asta-sekinlik bilan ich-ichimni to’ldirdi, unga qarshilik qilishga madorim
qolmadi. Bunday damlarda duo o’qishgayam diqqatingni jamlay olmay
qolarkansan kishi. Kutasan. Yo hayot, yo mamot...
Bilasanmi, o’shanda meni nima asrab qoldi? Bolaligimda eshitgan
bir hodisa. Uydagi kattalar gaplashib o’tirgan stol ostida berkinib
o’tirgan paytimda Anna buvim ana shu hodisani hikoya qilib bergandi.
Buvim shafqat hamshirasi sifatida Leningrad qamalini boshidan
o’tkazgan.
Buvimning eslashicha, shaharni tinimsiz to’pga tutish payti oshpaz
ayol
yerto’ladagi
jonsaqlash
maskanida
gorelkada
sho’rva
qaynatayotgan ekan. Sho’rvagayam kim nimani topgan bo’lsa
shuni
solishgan: birovdan kartoshka, boshqasidan piyoz, kimdandir tinchlik
kunlaridan qolgan bir hovuch yorma deganlariday. Sho’rva deyarli
tayyor bo’lganida oshpaz ayol qopqoqni stolga qo’yib mazasini
ko’rgach, qopqoqni qayta yopibdi: "Yana besh daqiqadan so’ng
tayyor
bo’ladi!" Madorsiz odamlar ne-ne umidlar bilam navbatga turishibdi.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Ammo o’sha sho’rvani ichish ularga nasib qilmagan. Sho’rvaga bir
bo’lak sovun tushib qolgan ekan: oshpaz ayol qopqoqni stolga qo’ygan
payti unga sovun bo’lagi yopishibdi-qo’yibdi. Ming afsus, ishqorli
sovun qo’shilib qaynagan taomni ichib bo’lmasdi. Besh daqiqa ichida
qozon yonida och-nahor kishilar turnaqator bo’lib tizilishgan.
Tayyor
sho’rvani suzishdan oldin yana bir bor ta’tib ko’rgan oshpaz ayol yig’lab
yuboribdi...
Hech kim unga tanbeh bermagan, tazyiq o’tkazmagan, ola
qaramagan. Eng og’ir vaziyatlarda ham odamlar insoniylikni
yo’qotishmagan.
Ana shu kuni postda turgan paytim Anna buvim aytib bergan
voqeani qayta-qayta esladim. Kuch topdim. Tong otdi, yordam kuchlari
ham yetib keldi. Meni gospitalga olib ketishdi
Dostu,
odam qanchalar utinmasin, hayot sir-sinoatini to’laligicha
idrok eta olmaydi. Biz ko’p narsalarning qanday va nima uchun aynan
shunday tuzilganligini tushunib yetganday bo’lamiz o’zimizcha. Ammo
har bir yangi kunning qo’ydi-chiqdilari, mayda tashvishlariga yechim
topolmay qolishimiz - bizlar hamon ona suti og’zidan ketmagan
bandalar ekanimizni isbotlaydi. Bizning yagona burchimiz - hayotni
sevish, bir-birimizni ardoqlash.
ARDOG’IMDASAN...
Dadang
Dostları ilə paylaş: