5
Biz bir-birimizga juda kerakmiz...
Qizim Dostu,
piyozli piyova sho’rva juda zo’r chiqdi. Uning tayyorlanishini
ayniqsa Jan sarimsoq surtilgan qotgan nonlarni sho’rvali ko’zachalarga
biqtirib, ustidan ziravor sepgancha duxovkaga tiqqan onlarni kuzatish
juda maroqli. Ikki daqiqadan so’ng biz farangcha sho’rvadan
lazzatlandik. Tansiq taomga oq vino hamrohlik qildi.
Biz anchadan beri piyozli piyovadan totib ko’rishni istardigu hech
vaqt-soatini topolmay garang edik. Uning bunchalar shirin bo’lishi
xayolimizgayam kelmagan ekan. Maktab davridagi katta-katta
parraklangan piyoz bo’laklari suzib yurgan shiltiq sho’rva hech kimning
ishtahasini ochmasdi-da...
"... Menimcha, fransuzlarning o’zlari ham bu g’aroyib taomni
qanday tayyorlanishini unutib yuborishganlari sababli doim biri-biridan
shirin yangi retseptlarni o’ylab topishadi. Eng muhimi - piyozning shirin
navlaridan keraklisini tanlash. Shakar qo’shish esa ilojsiz hollardagina
zarur. Yana sho’rvani kim bilan tanovul qilishingiz ham muhim.
Fransuzlar piyozli piyovani yolg’iz ichishmaydi. "BUNING UCHUN U
HADDAN TASHQARI ISSIQ VA LAZZATLI", der edi mening
Izabellam."
Jan buvisini shunday atagan. Uning ota-onasi avtohalokatda nobut
bo’lganlarida Jan hali bolakay edi. Uni Izabella xonim tarbiya qilgan.
Ujuda oqila ayol bo’lganiga isjonchim komil. Buvisining tug’ilgan
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
kunida Jan piyozli sho’rva qaynatadi, do’stlarini chorlaydi va
jilmaygancha bolaligini xotirlaydi.
Jan Fransiyaning shimolida, dunyodagi barcha rassomlar, shular
jumlasidan Mone ham manzaralar chizgani keladigan Barbizon
shahridan.
"Mening Izabellam menga odamlarni sevish va boshqalarga
o’xshamaganlarga yordam berishni o’rgatdi. Balki, bundaylar o’shanda,
bizning mingtacha aholisi bor kichik qishlog’imizda boshqalardan
ajralib turishgani va bu ularni og’ir ahvolga solganligidan bo’lsa kerak.
Buvim aytishicha, o’rtamiyonalik-hukmronlikni qo’lga olganlarning
o’ylab topgan aqidasi bo’lib, bizlarni kamsitish va o’ylab topgan
ideallariga muvofiq kelmasligimizni pesh qilish quroli bo’lgan. O’zlarini
allaqanday illatlilar toifasiga kiritib qo’yganlarni boshqarish osonroq
emish... U meni maktabga kuzatib qo’yarkan, har gal bir gapni turli
jumlalar orqali uqtirardi.
"BUGUN
SEN
O’ZINGDAGI
BETAKRORLIKNI
UCHRATASAN DEB UMID QILAMAN!" derdi rahmatli..."
... Dostu, o’sha kecha juda ajoyib edi. Chor-atrofimiz ajoyib
xotiralar, ishtaha ochuvchi iforlar, ta’mning yangicha mazasi bilan to’liq
edi.
To’kin dasturxon atrofida o’tirardik, radiodan esa Toni
Bennettning "Life is beautiful" taronasi taralayotgandi. Oyoqlarimiz
ostida qorni to’ygan Mars va mezbon mushuk Matis uxlardi. Bizni
yorug’ xotirjamlik og’ushiga olgandi, bir so’z bilan aytganda, hayot
davom etardi.
Jan Izabella xonimni, Mariya ikkimiz esa o’zimizning bobo-yu
buvilarimizni eslardik. Biz ulardan xayolan uzr so’rar va hayotiy
saboqlarimiz uchun tashakkurlarimizni bildirardik. Biz ulg’aygan sari
ularning g’amxo’rliklariga kamroq muhtoj bo’lganligimiz uchun unutib
qo’yganday edik. Ular esa baribir bizlarni sevishda, kutishda davom
etishgan.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Dostu, bu g’alati dunyoda bizlar bir-birimizga g’oyatda kerakmiz.
Unutma, bizga keraksan!
Dadang
Dostları ilə paylaş: |