Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Men seni qancha kerak bo’lsa, shuncha kutaman!



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Qaytganimda uyda bo l


Men seni qancha kerak bo’lsa, shuncha kutaman! 
Dostu,
men oying bilan tanishgan paytim u erli juvon edi. U 27,men esa 
32 yoshda edim. Men o’sha zahoti unga bo’lgan hislarim haqida og’iz 
ochdim. Bilaman, oilali ayolga bunday deyish ayni beodoblik. 
O’rtamizda chizilgan odob va iffat chizig’idan faqat so’z izhorimgina 
uchib o’tdi.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
"Sizni qancha kerak bo’lsa, shuncha kuta olaman... " 
Mariya ishlaydigan kutubxonaga faqat kitob olgani borardim. 
Mariyani, garchi u yonimga kelishga va’da bermagan bo’lsa ham, to’rt 
yil kutdim.
Keyinchalik bildim: meni bir kuni o’zidan sovib, taqdirga tan berib 
ketadi, deb o’ylagan. Ammo men o’z tanlovimda qat’iy edim. Bu bir 
qarashdagi oniy muhabbat bo’lmay, azal-azaldan men uchun yaralga 
xilqat edi. O’sha ilk ko’rgan paytimdayoq mana shu qizg’ish sochli ayol 
mening rafiqamga aylanadi, deya o’yladim. Shunday bo’lib chiqdi ham.
Menga uning hech narsasi emas, o’zi kerak ed. U menga 
farzandlar tug’ib berishi va uyimni osoyishtalikka to’ldirishi, ikkimizni 
uchrashtirgan yo’lda doimiy hamrohim bo’lishi... Bu kabi rejalar 
umuman xayolimga kelmagan. Har qanday sharoitda ham birga 
bo’lishimizga chuqur ishonch boshqa har qanday shubha-gumonlarni bir 
chetga supurib tashlagandi. O’zimni ovutishim mumkin edi, lek 
hislarimni alday olmasdim... 
Mariya bilan uchrashuvim - bu umid yo’qday tuyulgan paytda xam 
ikkilanishdan xoli bo’lganim edi. 
Men ishonardim. Azal-azaldan hayot yo’limiz biz istagan 
chorraxada kesishishini bilardim. Yo’llar ayroligida ishora qiluvchi 
sabablar etarlicha edi, biroq barbir ishonardim. 
O’z taqdiri bilan uchrashishga xar kimsa loyiq. Lek bu narsa 
xamma taqdir peshonada xam sodir bo’lavermaydi. 
Ayrimlarda iroda etmaydi, tanlagan yo’lini boshqa so’qmoqqa 
buradi. Boshqalari esa hafsala qilmaydi. O’tmishning muvaffaqiyatsiz 
tajribasini o’z kuchini ko’rsatadi. Kimdir esa boriga baraka qilgancha 
taqdir in’om etganidan ortig’iga umid qilmay qo’yadi. 
Sening dunyoga kelishing Mariya ikkimizning oramizdagi ittifoqni 
yanada mustahkamladi. Biz bir-birimiz va ishimizga shu qadar mahliyo 
edikki bir kun farzandli bo’lishimiz hayolimizga xam kelmagandi. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Muhabbatni do’stlik va ehtirosning ajoyib uyg’unligi deb atab yurgan 
ekanmiz. 
Muhabbat - bu oila ekan. Qanday tushuntirsam ekan senga, 
ehtirosga to’la yuraklar aqilligining bir qumg’on atrofida, bir qo’rg’on 
ostida faravon hayot kechirish ekan. Hullas hayot bizga mo’jiza ato edi. 
Bu sen eding...Bizning qalbimiz va vujudimiz qovushib, yagonalik 
kasb etdi. Hayot so’qmog’imiz umumiy yo’lga aylandi. To’g’ri, bu yo’l 
bir tekis emas. Ba’zan xatolarga yo’l qo’yganimiz rost. Biroq iloji 
boricha qumg’ondagi gulxanni o’chirmadik, qo’rg’on soyasidan chetga 
chiqmadik, seni sevishdan asrashdan to’xtamadik.
Mariya seni tebratayotib xavotirga tushadi. Men bunga javoban 
jilmayib qo’yaman.
"Qizimizdagi o’zgarishlar kun sayin shu qadar tezlashmoqdaki
qani endi iloji bo’lsa-yu, vaqtni to’xtata olsa, to’yib-to’yib tikilib 
boqsam... " 
Uyqu elitayotgan ko’zlaringni ochgancha tabassum qilasan. 
Shunday ota-onang borligidan baxtiyorsan go’yo. Bizga hech narsa 
bundan ortiq baxt tortiq qilmagan...
Dostu, baxtga eltuvchi yo’llardagi g’ovlar - ongosti saroblari, qo’ 
rquvlar - puch xavotirlardan o’zga narsa emas. Orzularimiz - bizlarning 
haqiqiy voqeiyligimiz.
Seni sog’inib,
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin