26
So’z topilmay qolganda...
Dostu,
kechir, anchadan beri yozmay qoʻydim.
Yozishga urinayotganim
befoyda. Soʻz topolmay qolayapman... Jan va Daryadan ajralib qoldik...
Ular avtohalokatga uchrabdi. Mashinalari qaragʻayga urilib, jarlikka
qulabdi. Politsiya klinikaga qo’ng’iroq qilib, boʻlib oʻtgan halokatdan
xabardor qilibdi. Janning hamyonidan
klinikq guvohnomasi va
bizlarning birga tushgan suratimizni topishibdi endi bu surat menda.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Qizim, boshqa yozolmayman...
Kechir!
27
Og’riq va qo’rquvdan qochma, ularning ko’ziga tik qara!
Dostu,
ikkinchi haftadirki, qor yog’ayapti. Beshovqin, toʻxtovsiz.
Xuddi
toʻxtamaydigan oq marsiyadek. Sovuq iqlim tufayli qor qoraygan
laxtaklarga aylanmaydi, qat-qat yog’ayotganidan
ertalablari yaxlit oq
qog’oz ko’rinadi. Faqat bu gal emas...
Boʻlib o’tgan hodisadan keyin biz uchun vaqt to’xtab qolgandek
go’yo...
Yuzinni qilish artgancha oppoq sharfga burkangancha oppoq
ko’chalar bo’ylab yuraman, tanish joylar yonidan o’taman.. Mana,
bizning novvoyxona... Amir bitta o’zi xamir qoryapti, pechda esa olov
ko’rinmaydi - gʻalati, go’yo mening vujudimdagi
sovuq manzar kabi
butun shahar uxlayapti...
Birdan deraza romlari yashil qahvaxonaning oynalarini taqillatgim
va "Ey, nega qahvaning qanday maydalanishi, finjonlarning jarangi
eshitilmayapti, nega kraussanlar mijozlarsiz sovib boryapti?" deya
baqirgim kelib ketdi.
Oʻychan holda ketayotgan juvonning (qizil
shlyapasi tagidan
oqargan soch tolalari chiqib turardi) toʻxtatgim va unda "Nega odamlar
botinlaridagi hayotni oʻldirib, qabrgacha mavjudliklarini sudrab
borishadi?" deya so’ragim keldi.
Osmondan bunchalar uzoq yogʻdirayotgan qorlarni toʻxtatishni
so’rasammi deyman. Qizim, o’shanda biz quyoshni kutgancha
pardalarni suramiz, radioni qo’yamiz, xo’jag’at qiyomli picheniya
pishiramiz va hammani mehmonga chaqiramiz.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Bizning uyimizga biz tezda sevib qoladiganlar kelishadi. Bir
birimizga yangi hikoyalar aytib beramiz va bizlarni qutqarib qoladi.
...Leon deraza yaqiniga
kelmaydi, ummon sohiliga ham chiqqisi
yoq. Unga oʻzimizning qayg’umizni koʻrsatgimiz kelmaydi,ammo
bolakay buni his qiladi. Kecha Mariyaga "Oyim qor parchasiga aylanib
qolgan. Buni bilaman" dedi. Oying koʻzyoshlarini yashirgancha bosh
irgʻab qoʻydi.
Mana shu daqiqada butun borlig’im bilan ularning qaygʻusini
o’zimga olgancha uzoqlarga olib ketgim keldi. Ammo bu ishim
qochoqlik bilan barobar boʻlardi. Men esa hech qachon ogʻriq va
qoʻrquvdan qochmaganman - ularning koʻziga tik qaraganman.
Sen bizni tark etganingda, qizim, oying ikkimizni muhabbat saqlab
qolgandi.
Muhabbat hammasini yengadi, yaʼni lotinchada "Amoi vinct
omnia". Bizlarning hayot yoʻlidagi g’ovlarni oshib o’tgan muhabbatimiz
oʻzimizni saqlab qolishimizga yordam berdi. Har qanday qoʻrqinchli
oʻzgarishlarda roʻyolar vayron biladi, haqiqat esa saqlanib qoladi.
Seni juda sog’ingan...
Dadang.