Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
xatodek koʻrinishi mumkin. Shuning uchun tanlagan yoʻling jarlikka
eltadi, deydiganlarning gaplariga quloq solma.
Leon uxlayotgan paytda Mariya mayizni olma pecheniysi
tayyorlashga jazm qildi. Koritsa, muskat yongʻogʻi, chinnigul, jigarrang
shakar kabi ziravorlar tufayli bu pecheniyening taʼmi odamga iliqlik
bagʻishlaydi u juda ham yumshoq, poʻrsildoq chiqadi. Faqat olmani
maydaroq qirgʻichdan oʻtkaz --- shunda xamirda sharchalarni uzib olish
qulay va koʻrimli boʻladi.
Qizim, albatta buni tayyorlab koʻr, juda oson. Senga u yoqda ham
iliqlik hamroh boʻlishini istayman.
Mariya sariyogʻni shakar bilan koʻpirtirarkan, bolaligida
qoʻshnilari bir-birini oʻz shirinliklari bilan yoʻqlashlarini esga oldi.
"....Birinchi qavatdagi chevar Stella gilosli piroglar pishirardi.
Yuzasiga qandupa sepilgan bir juft pirog boʻlagi bilan buvingni yoʻqlab
chiqardi.
Olib kelgan shirinligini qandaydir betamiz, misol uchun Ella Mey
Morsning yengil-yelpi qoʻshigʻi xirgoyisi bilan dabdabali tarzda
topshirardi. Oyim esa unga javoban oʻzining mana shu pecheniyesidan
chiqarardi. Oyim Stellani oʻzi yoʻgʻida yengiltakroq deb taʼriflasa-da, u
bilan munosabati yaxshi boʻlishiga urinardi. Chevar qoʻshnimizning
kechalari atrofdagilar eshitadigan tarzda baland xirgoyi qilishimi, yo
toʻrt marta er koʻrganigami, shunaqa degan boʻlsa kerak. Yaxshi paytlar
edi.... Mayli, koʻp ezmalanmay, sutni uzatvor, xamirni qoʻshadigan payt
keldi. "
Dostu, olmali pecheniyedan senga ham olib qoʻydik.
Dadang
Dostları ilə paylaş: