Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qaytganimda uyda bo l

 
 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
23 
O’zing olishni xohlagan narsangni ber!
Dostu,
Ertalab pochta qutisida xat borligini ko’rib qoldim. Sendan bo’lsa 
kerak, deya yuragim hapqirib ketdi. Ey, Xudo, shunday kichkina 
narsadan ham yuragim sen bilan yuz berganlari aslida tush edi, deya 
ishonishga shay.
Xat Umiddan ekan...
Qachonlardan beri undan xabar yo’q edi, hayajonga tushganimdan 
novvoyxonaga oshiqdim. Xatni Amir bilan birga o’qidik.
Umid Istambulda ekan. Xavotirim ancha bosildi. Bu shaharni 
qanchalar yaxshi ko’rishimni bilasan-ku. Uning zamini odamni huzurga 
to’ldiradi va asraydi. Yuz yilliklar sari, bo’g’oz ko’prigi ustidagi tuman, 
yangi damlangan qahva hidi, yog’in-sochindan berkinish uchun 
qahvaxonaga chaqirib olingan ko’cha mushuklari...
Istambul - tugmalar bilan to’la naqshinkor qutichaga o’xshaydi. 
Esingdami, oyingda shunaqasidan bor edi? Mayda va katta, marvaridli 
va "oyoqchali" tugmalar. Qutiga Qo’lingni solib tanlayverasan
ilhomlanasan. Istambulda o’zingni ulkan qutidagi tugmadek his qilasan. 
Umid shaharning Kadikey nomli tumanida ekan. Novvoyxonada 
shaharliklarga 
ularning 
odatdagi 
nonushtasi 
bo’lgan 
kunjutli 
teshikkulchalar pishirar ekan. Xatiga qaraganda uning ishlari joyida. 
Ilohim, doimo shunday bo’lsin!
Qizim, aslo biz o’zgarmaymiz, borgan sari o’z-o’zimiz bo’la 
boramiz. Balki aksincha, o’zgara-o’zgara o’zligimizga kelamiz.
"Abadiy qish shahridan ketganimga xursandman, tez fursatda ota-
onamni ham bu yerga olib kelaman. Kambag’allik kulfat emas, kulfat 
o’zing va yaqinlaring uchun mudom xavotirda yashash ekan. Kunlarni 
ezgulikni yomonlikdan ko’paytirib yashash bilan, o’z xastaligingni 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
mayda belgilaridan aniqlab olgancha sog’ayish bilan asraahing mumkin. 
Men sog’lom bo’lish qiyin bo’lgan shahardan ketdim. Ammo baribir 
undan minnatdorman. Ko’p ealayman. U yerda ko’p narsani o’rgandim. 
Masalan, mashaqqatlarni mardlarcha bosib o’tish, non yopishni... " 
Dostu, buhronlar tufayli biz yaxshilana boramiz. Bejizga 
xitoylarning "buhron" ieroglifi yana "imkoniyat" degan ma’noni 
bermaydi.
Istambulning tarixida bunga ko’plab misollar mavjud, mana 
ulardan biri. Sulton Sulaymon Usmonlilar imperiyasini yaqin ellik yil 
boshqargan. Bu payt mobaynida Istambul taraqqiyoti cho’qqiga chiqdi, 
ulkan mamlakatlar markaziga aylandi. 
Albatta, o’lat, yong’inlar, bo’ronlar, suv toshqinlari kabi buhronlar 
ham yuz berdi. Sulaymonning hayotiga ko’p marta suiqasdlar 
uyushtirildi. Bularning bariga qaramay Istambul qad tiklab turaverdi, 
uning ahli, hech bo’lmaganda bir qanchasi o’rab turganlarni 
qadrlaydigan bo’lishdi. 
Umid u bilan avvalgidek o’z-o’zi bilan ozod holida qoladigan 
insonni uchratdi. Bunaqasi kamdan-kam uchraydi.
"Men uning fikrlarini uqa olmasdim. Mana shunisi bilan meni rom 
qildi..." 
Sevib qolish oson, deb tan oladi yigit, har bir kunni sevish esa 
yanada qadrli.
"Odam to’kis muhabbatni bera olmaydi. Shuning uchun ham u 
odam. Bu bizning tana quvvatimizdan o’zga narsa, ruhiyatimiz bilan 
chambarchas bog’liq. Men qo’limdan kelganicha seva olaman. O’zim 
olishni xohlagan narsani bera olaman!"
Qizim, agar senda muhabbat bo’lmasa, xuddi u bordek harakat qil. 
O’shanda buloqdagi suv ham ta’mga ega bo’ladi.
Seni sog’ingan,


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dadang. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin