Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Yashash uchun maqbul payt kelishini kutib yashash - be’mani



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qaytganimda uyda bo l

25 
Yashash uchun maqbul payt kelishini kutib yashash - be’mani 
vaj.
Dostu,
uchinchi kechada yomon uxlayapman. Bir xildagi tushdan 
choʻchib uygʻonaman: bizning oq uyimizga Jan va Daryaning 
avtomobili yaqinlashadi, biz Lion bilan "Ford"ning yoniga yugurib 
boramiz, ammo unda hech kim yoq. Oʻrindiqlarda qor qoplagan 
qarag’ay butoqlari bor, xolos. Leon yigʻlagancha mashinani 
mushtlaydi... 
Qoʻrquv ichra uygʻonaman: Menga tuyuladiki, bir lahza oldin 
erkak va ayol, yaʼni biri haydovchi, ikkinchisi yo’lovchi oʻtirgan 
mashina yonida edim, keyin mashina bir zumga koʻzdan yoʻqoldi-yu 
keyin yana paydo boʻldi, biroq endi mashinaning ichib bo’m-bo’sh. 
Mana bu butoqlar nimasi? Hayronman... 
Tushlarga unchaligam ishonmayman, ularni ikki toifaga ajrataman: 
birlarida qolging keladi, boshqasidan esa qochib chiqqing keladi! 
Tushdan bashorat qidirmayman... Tush deganlari miyadagi murakkab 
jarayonlar mahsuli deb uylayman 
Bo’sh mashina haqidagi tushimni esa Jan va Daryadan havotir 
olganim bilan izohlaganim maʼqul. Ular allaqachon qaytishlari kerak 
boʻlsa-da, hozircha qaytganlari yoq. Ular ishlaydigan klinikaga o’tib 
ham keldim - biroq yangilik yo’q. 
Radiodan ummonning gʻarbiy sohilidagi bo’ron haqida xabar 
berishdi. 
Aholi 
yashaydigan 
joylar 
elektr 
taʼminotisiz 
qolgan.,halokatlarning oldini olish uchun yo’llar yopib tashlangan. 
Biznikilarning aniq manzili nomaʼlum. Ular qish tinch kechadigan 
janubiy qismida bo’lishsa kerak, mening xavotirlarim esa o’rinsi. Menga 
aytmasada Mariya ham xavotirga tushgan. Buni bildirmaslik uchun 
ro’zg’or ishlarga unnab yuradi. Ertalab odatdagidek qahva damlaydi-yu, 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
nechanchi kundirki, toshirib yuboradi. Bunday beparvolik Mariyadek 
sarishda ayol bilan yuz beryaptimi, demak u botinan hotirjam emas. 
Dostu, bilasanmi, oyingni dunyoda eng yomon ko’rgani kutish. 
Intizorlik uni aqldan ozdiradi.
"Kutish har xil bo’ladi: kutib olishga hozirlik ko’rganing zamon 
kutib olishga chiqdang yaxshi, bunga chidasa bo’ladi. Hech narsa 
qo’lingdan kelmasligini anglagancha kutish esa haqiqiy azob! " 
Intizorlik taqdirni vayron qiladi. Ayniqsa yashash uchun maqbul 
paytni poylab yashab yurganingda. Mana, ha demay risoladagidek inson 
keladi yoku uzoq kutilgan hodisa yuz beradi va men yashab ketaman, 
deya o’ylaysan. Bunday tarzda umringni bekorga sarflab yuborishing 
hech gap emas. 
Munosabatlaringda 
hamisha 
hushyorlikni 
saqla. 
Leon 
novvoyxonaga borishni istamayapti. Qoʻl uchida ovqatlanadi, deraza 
oldida Mars bilan o’tirgancha sukut saqlaydi. Zerikadi. Kecha chappa 
boʻlib ketgan mashina rasmini chizdi. Mariya bu kimning mashinasi 
deya so’raganida, rasmni yirtib tashladi.
Bu xavotirlar menga tinchlik bermayapti, qizim.
seni sog’inamiz...
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin