Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Bir kuni shunday odamni uchratasanki, uning ko’zlaridan senga



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

15 
Bir kuni shunday odamni uchratasanki, uning ko’zlaridan senga 
taqdir qarab turadi... 
Dostu,
bugun Darya Leon bilan uyimizga kelishdi. Biz juda xursand 
bo’ldik: bizning oq uyimizda bola kulgusi yetishmay turgandi. Jan dam 
olish kunlarida ham mijozlari bilan suhbat o’tkazgani uchun ona-bola 
ko’pincha bizni yo’qlashadi.
Leon Marsning hamrohligida O’zg’irning kayutasini ko’zdan 
kechirib chiqayapti. Oying supra bilan ovora, biz Darya bilan unga 
yordamlashamiz. Juvon Abadiy qish shahriga ko’nikayapti: avvaliga 
unga muzqoyadek ko’ringan bu joy endi o’zining iliq tomonlarini 
namoyon qilmoqda.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
"Kelganimning birinchi kunida bu shahar dunyodan yuz 
o’girganlarga atalgan bo’lsa kerak, deb o’ylagandim. Keyin yaxshilab 
qarasam, unda yangi kelganlar uchun ham, ketadiganlar uchun ham joy 
topilarkan..."
Sirtdan nozik niholdek ko’ringan Daryada kuch-quvvat qaynab-
toshadi. Suhbatlashganda bir mavzudan boshqasiga osongina o’tib 
ketadi. Dam inqilobgacha bo’lgan Peterburgning ajoyib an’analaridan 
biri bo’lmish konservatoriyani medal bilan yakunlagan talabaga royal 
sovg’a qilishlarini, dam dunyoda ranglarni umuman ajrata olmaydigan 
axromatopsiyaga chalingan odamlar soni oshib borayotganligi, dam 
boshqa odamning tajovuzkorligi aslida mehrga boʻlgan muhtojligi 
oqibati ekanligini aytib beradi.
"Boshingizni qotirib tashladim. Bu dunyoning muammosi qachon 
ado boʻlibdiki, endi ado boʻlsa. Yana bir bor uzr soʻrayman... " 
Darya uning gaplariga hayrat bilan boqqan koʻzlarimizga tikilib 
qiqir-qiqir kuladi, xuddi oʻsha dunyo muammolarini Leonga boʻlgan 
muhabbati bilan magʻlub qilganday. Yana odobsizlik qilmadimikan deya 
kafti bilan lablariga urib qoʻyadi va sabzini mayda qirgʻichdan oʻtkaza 
boshlaydi. Biz sabzili pecheniye tayyorlayapmiz. Men yuz gramm 
yumshatilgan moyga shuncha shakar qoʻshib koʻpirtiraman. Tuxum, 
vanil qoʻshib aralashtiraman.
Moyli aralashmaga Mariya bir yarim stakan unni elakdan oʻtqazib 
qoʻshgandan soʻng ustiga tuz, qavartqi va koritsa qoʻshadi. Keyin uni 
yaxshilab aralashtirib, qirgʻichlangan sabzini qoʻshin qoradi - yumshoq 
va zargʻaldoqrang xamir tayyor. Oying qoʻllarini xoʻllagancha 
pecheniyelarni yasab pishiriq patnisiga terib chiqadi va yigirma 
daqiqaga duxovkaga joylashtiradi.
Pecheniyeni sovutishga qoʻygach, oying Leonni oʻynata boshladi, 
biz Darya bilan Marsni aylantirib kelish uchun ummon sohiliga, ochiq 
havoga chiqdil. Garchi tungi boʻrondan soʻng hammamiz tabiat dam 
olsa kerak, deb umid qilgan boʻlsak-da, tashqarida qor bo’ralayotgandi. 
Mayli, buralay qolsin, shamol bo’lmasa bo’lgani. Izg’irin badaningni 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
ochiq joyiga mitti-mitti ignalarini sanchganda oppoq tevarak atrofiga 
to’ymayotgan ko’zlaringni yumib olasan kishi. Qor yog’ishi issiq 
o’lkalarda oftob chiqishiday gap... 
Darya trassadan oq uy tomonga eltadigan yo’lakka qaraydi - Janni 
kutayapti... 
U Janning na ismini, na qiyofasini bilgan holda kutgan, hatto uni 
qachon va qayerda uchratishi mumkinligini bilmagan. Lekin ichki 
tuyg’ulari sadosi uni taqdirning muhim uchrashuviga tayyorlagan. 
To’g’ri, tanlovda ba’zan adashgan bo’lishi mumkin, lek bunga qaramay 
uzoq 
kutilgan 
uchrashuvlarining 
yaqinlashayotganiga 
ishongan. 
Leonning otasi bolaning tashxisini bilganidan so’ng ularni tashlab 
ketgan ekan. 
"...Men Janni umr yo’ldoshimni yo’qotishdan paydo bo’lgan 
qo’rquvlarimni bir qadar yenganimdan so’ng, ruhimdagi siniqlik asta-
sekin butunlik kasb etganidan keyin uchratdim. Ko’plab juvonlar kabi 
yolg’izlik qo’rquvini sevgi bilan adashtirgandim. Bilasizmi, bir paytlar 
hindistonlik dugonam menga: "Bir kuni shunday odamni uchratasanki, 
uning ko’zlaridan senga taqdir qarab turadi", degan edi. Shunday ham 
bo’ldi. Bu ideallashtirishmas, aslo. Jan ham ko’pchilik qatori 
qusurlardan xoli emas. Hissiyotga bo’ysungan aqlning emas, aqlga 
bo’ysungan hissiyotlaring tanlovi - eng to’g’risi ekan."
Qizim, haqiqiy muhabbatda shubhaga o’rin yo’q. U o’z istagiga bir 
kunmas bir kun yetaklab boradi.
Taqdir bizni o’zimiz o’ylab topolmaydigan so’qmoqlar orqali 
cho’qqiga yetaklaydi.
Seni sevish va kutish ham mening taqdirim chekiga tushganidan 
shukr qilishdan charchamayman.
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin