Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Dostu
yer yuzida ideal dunyoni izlama, u yoʻq narsa. Goʻzallik tasqaralik
bilan, samimiylik - riyokorlik bilan, tan olish - unutish bilan
qoʻshnichilikda yashaydi. Bizlar oʻzgartira olmaydigan narsalar mavjud,
ularni qabul qil va yoʻlingda davom et. Qabul qilish taslim boʻlish
degani emas, garchi birinchi qarashda magʻlubiyatday tuyulsa ham.
Qoʻlingdan kelganicha yordam ber - har bir yangi kun inʼomi
buning
uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Mukammallikni izlash yoshlikka xos narsa. Oʻz-oʻzing bilan
murosaga kelishni topa olish va ushbu muvozanatni saqlay bilisg esa eng
muhumi.
Botiniy olaming nafratli
sevgi - muhabbat bilan, qoʻrquvlarni -
orzu-umidlar bilan, oʻlim istagini - yashashga boʻlgan ilohiy chanqoq
bilan yenga oladigan ishonchli maskandir. U yerda yoʻqotgan odaming
bilan qaytmas boʻlib ketgan muhabbatingni
eslash va u bilan xayolan
yashashing mumkin.
Ammo ichki dunyo deb atalmish qalʼaga biqinib olganimiz bilan
uning tashqarisida yuz berayotgan xodisalarga aloqadorligimiz uzulib
qolmaydi. Deraza ortidagi boʻron uydagi ob-havoga taʼsir qiladi,
eshitgan soʻzimiz
dilimizga ozor yetkazadi, kiftimizga tushgan zarba -
o’ldirishi mumkun. Shuning uchun to’lovini juda o’ylab amalga oshrish
lozim.
Qizim, men o’zimning yoshligimni va dunyoni o’zgartirishga
bo’lgan chidab bo’lmas istagimni eslayman. Men kim edim? Yuksak
talablarga asir idealistmi? Adolatpeshalikka davogar taqvodormi? Men
odamlarning hammaga o’hshamaganlikdan uyalmasliklarini istardim.
Jamiyat qanday to’laqonlikka erishishini ravshan tasavvur qilardim.
Fikirlarimni
yetkazish,
ko’rsatishga
bo’lgan
yuzlab
urinishlarimdan so’ng tamoman kuchdan qoldim. O’zimni "men
ojizman", "mening g’oyalarim bir tiyinga qimmat"
kabi hulosalarim
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
bilan o’zimni yeb bitirdim. O’sha paytlarda men bilan uchrashib
yuradigan ayolning gaplari quloqlarim ostida jaranglaydi.
"Sening ichki kechinmalaring tirikligingdan dalolatdir.
Tirik
odamni sevish - bu juda ajoyib tuhfa! "
Dunyo qanday bo’lsa, uni shu holida qabul qildim. Yordam berish
yoki chetlab o’tish - mening har kungi tanlovim. Agar yordam
bermoqchi bo’lsang ikkilanmay qil va tevarak sening vositangda
kimningdir ibodatiga javob berayotgani uchun hursand bo’l.
Men ko’plab qaytarib qolgan idealistlarni ko’rdim. Achinarli
manzara.... Dostu, o’z haqligingga ishonib qolish o’zgalarga o’z
samimiyligingni tiqishtirishday daxshatli. Idealizm ko’pincha fojeaga
aylanib ketadi. Bu dunyoning o’zi
mukammal emasligini anglab
yetganingda mukammallik va to’kislik tomon siljiyotganingni bilib
qolasan.
Bugun senga o’n oltinchi xatni yozib tugatayotib, o’z-o’zimdan
so’radim: mening bu satrlarim o’z yaqinlarimga
hayot saboqlarimni
yetkazishga bo’lgan xudbinona istagim samarasi emasmi? Menimcha,
bunday emas.
Seni sog’inganini aytib charvhamaydigan,
Dadang.
Dostları ilə paylaş: