Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
shuning sharafiga bayram uyushtiriladi. Mataxari - saryog’ ta’mli mayiz
qo’shilgan tillarang bulochkalar uning eng muhim shirinligi. Boshida bu
biror raqqosaning nomi bilan atalgan bo’lsa kerak, deb o’yladim. Ammo
raqqosaning bu shodyoniga xech qanday aloqasi yo’q. Mataxari malay
tilida «quyosh» degani ekan.
Shu erkak bekalar uni ilohiy taom deb atashadi - u yangi qo’yilgan
tandirga birinchi bo’lib yopilsa, nonlari shirin va yumshoq chiqadi. Amir
ikkimiz
xam ilohiyli uchun, nima bo’lganida xam buni qanday qabul
qilish xar kimning o’z ixtiyorida.
Qizim, o’zing xam bir unab ko’rishing uchun qisqacha retseptini
yozib borama. O’zing nonvoyxonamizga kelsang xam mayli.
Sariyog’ va jigarrang shakarni ko’pirtirasan, bir stakan sarqaymoq
sut, keyin uz yuz gramm unni oz-ozdan bir chimdim tuz, qavartqi
qo’shasan.Yaxshilab aralashtirganingdan
keyin mayiz, sut va yana
shuncha un qo’shasan.
Tayyor xamirni stolga enlikkina yoyganingdan keyin shakadon
bilan dumaloqlarni kesib olasan.
Pishiriq patnisiga nonvoy qog’ozi to’shab, unga bolochkalarni terib
chiq, sirtiga ko’pirtirilgan tuxum sarig’i surt, keyin 190 darajali
duxovkada yarim soatga qo’yib qo’y.
Matari, ayniqsa, nonushta payti senga juda yoqadi.
Sening
qanday xamir qorayotganing, chimchilog’ing bilan bosib
ko’rayotganing, duxovkadan patnisni olayotganing, ortidan bahor
mo’ralab turgan derazasin ochishing va issiq pishirig’ing isi o’rrik
gullari iforiga aralashib ketishini tasavvur qilaman...
Seni sog’indim qizim.
Dostu, sen bizni tashlab ketganingdan
keyin oying ikkimiz
ajralishdik. Ha eshitganing rost, ajralishdik, ayrildik emas. Shunday
ittifoqkor borki, ular ayrila olishmaydi.
Ularning ikkisini qanchadan-
qancha quvonchlar va qayg’ular, topishlar va yo’qotishlar bog’lab
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
turadiki, ular orasidagi tortishish - joziba o’z hayoti bilan yashaydi va
kesib bo’lmaydigan kindikdek ularni bog’lab turadi.
Bizlarning oramizdagi ittifoq, garchi
boshida buni anglamagan
bo’lsak-da, yana shundaylardan edi.
Bizlarda ayriliq azobi og’irlashib borib, shu qadar ulkan dardga
aylandiki, boshqa tuyg’ularga o’rin qoldirmadi. Yonma-yon bo’lishimiz
esa bu og’riqni yanada kuchaytirardi, zero har birimiz o’zimizni aybdor
hisoblardik.
Bir kuni tongda Mariyani uydan topolmadim. U sening surating
ostiga qog’ozcha qo’yib ketibdi.
"Hozir ketishdan bo’lak hech narsa qo’limdan kelmayapti. Menga
vaqt kerak... Tushunishga harakat qil va xavotir olma. Mariya."
Avvaliga o’zimni yo’qotib qo’ydim, keyin jahlim chiqdi,
undan
keyin o’z qayg’ularimga berilib ketgancha oyingga kerakli bo’lgan
lahzalarni boy berganim uchun o’zimdan nafratlandim.
U oradan bir yarim oy o’tganidan so’ng qaytib keldi. Bu orada
menda va bizda ko’p narsalar o’zgarishga yuz tutgandi. Hozir ikkimiz
uchun o’z-o’zimizni ayblamagan holda og’riqni qabul qila olishimizga
yordam bergan tanaffusni e’lon qilishga
kuch topa olganligi uchun
Mariyadan minatdorman.
Og’riq o’tib ketmadi, unga bo’lgan munosabatimiz o’zgardi. Endi
u qalbimizda. Mariya ikkimizni hech qachon tark etmagan tuyg’u -
sevish istagiga joy ajraygancha o’zini chetroqqa oldi.
Sen ham bizni tushunishga harakat qil...
Dadang
Dostları ilə paylaş: