Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Aqlsizlikning yarmi oqillikdan nishona, oqillikning yarmi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Qaytganimda uyda bo l


Aqlsizlikning yarmi oqillikdan nishona, oqillikning yarmi 
aqlsizlikdan... 
Dostu,


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
yaqin-yaqingacha 
novboyxonamizda 
Umid 
ismli 
asovgina 
oqko’ngil yigit ham ishlardi. Uning vazifasi - pishiriqlarni mijozlarining 
uyiga yetkazib berish. Mijozlarimiz, ayniqsa keksaroq yoshdagilar uni 
juda yoqtirishadi. U onda-sondagina tabassum qilsa-da, juda 
sermulozamat edi. Yigirma yoshli Umid menga ichi norozilikka to’la-yu 
og’zi berk, istalgan paytda tashqariga otilib chiqishga shay vulqonni 
eslatardi. 
Umid diniy maktabda tahsil olgan,komillika erishgan inson 
bo’lishni orzu qilardi. Balog’at ostonasida nimadir bo’lganu o’qishni 
tashlagan, uyidan bosh olib ketgan.
"Ko’pchilik e’tiqodlilar asl qiyofalarini yashirib, riyoga qo’l 
urishadi!" 
Kuni kechagina Umid ishdan bo’shamoqchiligini aytdi. Ko’chib 
ketarmish..
"... Bu la’nati shaharda ortiq bir kun ham yashamayman. Uning 
tasqaraligini - betakrorlik, jamiyatning yasamaligini - o’ziga xos 
mentalitet deb o’zimni yupatish jonimga tegdi. Sizdek, yangi 
kelganlarga uning tag-zamirigacha chirib ketganligi ko’rinmaydi. Bu 
yerning 
abadiy 
qishi 
ham 
geografik 
joylashuvidan 
emas, 
la’natlanganining oqibati. 
Hukumatga qarang, qarang vatanga muhabbat xaqida safsata bilan 
mashg’ul. Vatanparvarlik haqida og’iz ko’pirtirishmoqdami, demagki 
yaxshigina og’irlikka qo’l urilgan. Bunda bizning ham aybimiz bor. 
Ularni saylayotgan vaqtda bodroq egancha televizorga mahliyo bo’lib 
o’tirganmiz! 
Amir Umidga yaxshilab o’ylab ko’rishni maslahat berdi, men esa 
sukut saqlashni afzal bildim. 
O’zimning o’smirligimni yaxshi eslayman - meni to’xtatib 
qoladigan kuch yo’qday edi. Zarbli qarorlarim oltinga intilishimga 
yordam bergani rost, lekin... ehtiros va to’g’ri qaror orasida osmon bilan 
ercha masofa bor.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu, mening bobom Barish diniy maktabda muallim bo’lganini 
bilarsan? Men bobom bilan Xudo xaqida ko’p suhbat qurardim. Men 
tepamda turgan, meni tevarak-la o’ral olgan ilohiy kuchlarni qalban his 
qilardim, ammo ayrim diniy aqidalar ichimda norozichilik uyg’otardi. 
Bir kuni Barish bobomning maktabda yuz bergan navbatdagi 
adolatsizlikka xotirjam hotirjam munosabatda bo’lganligidan g’azabga 
tushganim esimda. 
«Bobo, hammasining o’z vaqti-soati borligi yolg’on! Bizning 
irodamiz ko’p narsaga qodir! Hech qanday mo’jiza yo’q, taqdir hukmi - 
bo’lmagan gap! 
Hammasini o’zimiz, urodamiz hal qiladi!» 
Bobom mening kaftimga qoqdi. U yana vazmin ohangi bilan olov 
yuragimga suv sachratardi.... 
«Sening gaplaringdan ham ko’rish mumkinki, hayotda har kimning 
o’z yo’li, uslubi bor. Bundan qirq yillar avvalgi paytlarim sen bilan 
hamfikr bo’la olardim. Endi esa Yaratgan hamma vaqt yonimizdaligi va 
barchasi uning izmidaligini tushunaman. Bizlar esa xuddi yosh 
bolalardekmiz... 
Qaysi birimiz intiluvchan, qat’iy, kimdir esa, aksincha shunchaki 
tomoshabin. Tepadagilar bizni qanday ko’rishni xohlamasin, biz 
o’zligimizdan 
kecholmaymiz. 
Ezgu 
ishlarimizni 
ko’paytirib, 
illatlarimizdan qutilish uchun o’zimizni sindirishni istamaymiz...» 
O’shanda bobomning gaplari uydirmadek ko’ringandi. Biroq yillar 
osha o’zimga ilohiylikdan taskin topish uchunmas, bu dunyodagi barcha 
narsa muvozanatdaligidan: aqilsizlikning yarmini oqillik, oqillikning 
yarmini esa aqilsizlik tashkil etganligidan bu fikrga muroja’at 
etmoqdaman. 
Umidni ko’ndirib bo’lmadi. Ba’zan odamlarni yomonligi uchun 
ham sevmasdan bo’lmasligini tushunishi uchun u ketishi kerak edi... 
Qalbinga quloq sol! 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dadang. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin