Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Mashaqqatlarga qaramay har bir kunni unitilmas qilish



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

13 
Mashaqqatlarga qaramay har bir kunni unitilmas qilish 
mumkin! 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu,
biz tark etgan mamlakatimiz haqida xabarlarni o’qimaymiz. U 
yerda yuz berayotgan voqealar juda achinarli. Bizlarning sobiq 
vatandoshlarimiz faqat bir narsa - hukmron hukumatdan norozilik, 
demokratiya, erkin saylovlar haqida gapirishmoqda.
Ular haqiqatdan ham ozodlikni istashayaptimi? Axir, ozodlik - 
ma’suliyat degani, u yerda esa kamdan-kamlargina ma’suliyatga tayyor.
"Ozodlik deganlari asta-sekin, poyma-poy, yovvoyi g’alayon va 
qon to’kishlarsiz rivojlanayotgan mamlakatlardagina yuzaga kelishi 
mumkin!" 
Onang Mariya esa anchadan beri demokratiya va adolat hukmron 
bo’lgan ideal jamiyat mavjudligiga ishonmay qo’ygan.
"Odamlarning taqdiri nega bunday sinov va mashaqqatlarga 
duchor bo’layotgani yuqoridagilarga ma’lum, degan bolalarga xos istak 
bilan umid qilishga to’g’ri keladi. Hayot qisqa. Yoqtirgan ishing bilan 
mashg’ul bo’lish, ezgu ish-yumushlarni amalga oshirish va faqatgina 
hisobot-xabar tarzida ko’rsatilayotgan yangiliklarni kamroq ko’rish 
kerak, bulardan uyqung ham qochib ketadi... " 
Aytganday yaxshi xabarlar xam bor. Jan o’zining qaylig’i bilan 
tanishtirdi. Uning ismi - Der’ya, u ham psixolog. Juda ko’rkam xonim. 
Ular Sankt-Peterburgdagi autizm xastaligiga chalingan bolalarni 
inklyuziv o’qitishga bag’ishlangan tartibda sevishib qolishgan. 
Der’yaning autizmga chalingan Leon ismli o’g’li bor. Jan ikkisini 
bu yerga olib keldi. Kecha hammamiz yakshanba sayriga chiqdik. Leon 
Mars bilan do’stlashib ketganligini ko’rganingda edi! 
Ular yaqinlashayotgan to’lqinlarga chap bergancha oldinda 
yugurib borishardi. Leon to’xtab qolar, to’zgigan chaykalarga 
qaragancha xuddi o’zi xam uchib ketmoqchidek qo’llarini qoqardi. Mars 
old oyoqlarini ko’tarib, tumshug’ini osmonga tutgancha orqa oyoqlarida 
sakrardi. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Bolakay uning quloqlari ortini qashlab qo’yish uchun 
yaqinlashganida, uni qo’rqitvormaslik uchun itimiz o’zini tek tutardi. 
Mars bolalarni juda yaxshi his qiladi. Odatda Mars begonalarni o’ziga 
yaqinlashtirmaydi, silashga izn bermaydi. 
Men ularni kuzatarkanman, boshimda Sinatraning 
«Its 
impossible» nomli taronasi yangrardi. 
«Ummon sohiliga intilmasligi mumkinmi? Yo’q, mumkin 
emas!» 
Odamlar er yuziga bir maqsad - sevishni o’rganish, mehr his etish 
uchun kelishadi. 
Itlar buni tug’ilganlaridanoq bilishadi, shuning uchun kamroq 
yashaydi. 
Autizmga chalingan bolalar kutilmagan ishlarga qo’l urishadi, 
shuning uchun ham ular o’zini qanday tutishlarini oldindan bila 
olmaysan. Bugun u it bilan bemalol o’ynashmoqda, ertaga esa unga 
yaqinlashishdan qo’rqadi, zero bu uchrashuv ummon sohilidamas, 
deylik, torgina zina yo’lagida sodir bo’lgan qaytida. Der’yaning o’g’li 
haqidagi gaplari quloqlarim ostida jaranglaydi. 
«Avvallari Leon bilan odamlar gavjum joylarda asablarin tarang 
xolda bo’zardi. Bunday paytlarda uning eng oddiy hodisalar masalan 
avtobus 
eshigi 
yopilayotganida 
chiqqan 
tovushdan 
qo’rquvga 
tushishidan xavotirlanardi. Endi esa odamlar bunga qanday qarashlari 
menga baribir. Leon qo’rqqan yoki o’zini yo’qotib qo’ygan paytda uni 
mahkam quchoqlab olgach nimalar sodir bo’layotganliginisekin 
tushuntiraman. U gaplarimga tushunib tinchlanadi.....» 
Jan dunyoning ko’plab mamlakatlarida autizmni xaligacha 
avvalgidek psixolog preparatlar bilan davolashga urinayotganidan 
havotirda. Bunga yo’l qo’yib bo’lmasligu haqida qayg’urib gapirdi. 
Ayrim davlatlarda oddiy bolalar autizmga chalinganlar bilan birga 
oqiydigan maktablar ochilayotgan emish. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Bunday bolalar odatdagi bolalar kabi dunyoni idrok etishni, uning 
bir qismiga aylanishni o’zlariga xos tarzda uddalaydilar. Jamiyat ham 
ularni hech bir hadiksiz qabul qilishni o’rgana boshlaydi. Umuman 
olganda, ta’sirchanligi yuqori bo’lgan xastalardan qo’rqish kerakmas, 
sog’lom bo’la turib o’zini eplolmay yuradigan ayrim kimsalardan 
hadiksirash o’rinli.
Har bur tong - yangiliklarni ko’rish, o’rganish imkoniyati, g’aroyib 
sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni 
mashaqqatlarga qaramay unitilmas qilish mumkin. Bundan odamning 
yuragi hapqirib ketadi.
YURAK TOVUSHIMNING JARANGIDA SENING ISMING 
BOR...
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin