Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Hech qayoqqa shoshilma, yo’qsa mo’jizani o’tkazib yuborasan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

17 
Hech qayoqqa shoshilma, yo’qsa mo’jizani o’tkazib yuborasan...
Dostu,  
toʻp-toʻp bulutlarni tomosha qilmaganingga koʻp boʻldimi? Mana 
bir necha kunki, koʻzlarimni osmonga qarata olganim yoʻq ---- ishlar 
shunaqa koʻpayib ketdiki, oʻpkam naq shishib ketdi. Ummon va 
bulutlarni qanchalar sevishimni bilasan-ku. Hozir ularning ikkisi ham 
bor manda. Bu mening baxtim....


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Bugun novvoyxonaga kechroq borishga ahd qildim. Mardbi 
ergashtirgancha sohilga bordim. Sukunat, kimsasizlik, birorta baliqchilar 
qayigʻi koʻrinmaydi, gʻalati....
Osmon - buyuk muvozanatlar sohibi. Yerdagi tartibsizliklar 
orasida osmonga qarashning oʻzi hayot hech kimga hech qanday kafolat 
bermasligi, u hech kimdan qarzdormasligi, ammo doimo yoʻlida davom 
etajak karvonga ekanligini esga soladi. Boshingdagi yugur-yugurlar 
shovqinni bir yoqli qilganingda bu haqiqat ravshanlashadi.
Men osmonning oppoq kezuvchilari boʼlmish bulutlarga oshiq 
boʻlib qolganimda olti yoshlarda edim: maktabga qaytayotib, quyosh 
nuri bir uyum bulut xirmoni orasidan yorib oʻtayotganini koʻrib qoldim. 
Bulut xirmoni menga gʻoz pati toʻldirilgab momiq yostiqni eslatadi. 
"Bulutlarning ustida yotsa ham boʻlarkan..." 
Keyin bulutlar qoraya-qoraya xoʻmraygancha sur bulutlarga 
aylandi. Xuddi ularga kimdir siyoh quyib yuborgandek. Men sur 
bulutlarga achindim ---- odamlar ularni yoqtirishmaydi. Men quyosh 
tezda uygʻonib, sur bulurlarni haydab soladi, degan sinfdoshim bilan 
yoqalashib ketdim hatto. 
Bulatlar odamlarga doimo rivojlanib borish kerakligini eslatgancha 
harakatda boʻladilar.Ular hayotga yumor bilan munosabatda boʻlish 
kerakligini tavsiya qilgancha turli shakllarga kiradi. Tabiat tabassum 
qilish salohiyatini faqat odamgagina tuhfa qilgan. Nimaga shunday? 
Balki haroratga eng koʻp muhtoj boʻlganligimiz uchundir?
Bulutlar ayni damdan lazzat olishni oʻrgatadi. "Alisa Moʻjizalar 
mamlakatida"gi mashhur jumla esingdami: "Agar siz doim shoshilib 
yursangiz, moʻjizalarni oʻtkazib yuborishingiz mumkin".
Qizim, doim yugurib-yelib yuradiganlar koʻpligiga qaraganda 
yashay biladiganlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Biz toʻxtashdan, oʻz-
oʻzimizdan: "Qayoqqa ketyapman? Kerakli ish bilan bandmanmi?" deya 
soʻrashdan qoʻrqamiz. Bizga podaga hos harakat hadisini singdirishgan -
--- qanchalar koʻp va band boʻlsak, shunchalar oshigʻimiz olchi boʻladi. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Biroq istagimiz ortida. Noaniq manzilga yoʻl olgan poda kabi poyga 
bilan ovoramiz. Bu poyga bizni baxtli qilmaydi, aksincha 
toqatsizlantiradi va xoritib-charchatib ezib tashlaydi.
Bizga hamisha nimadir kam. Ko’p narsani, hatto orzumiz ushalgan 
lahzani ham sezmay qolamiz. Bulutlar esa bizni zimdan kuzatib turadi. 
Ohista suzishni o’rganinglar, deya o’zini shamol izmiga tashlagan kuyi 
biz shoshqaloqlarni kuzatib boradi.
Bulutlar orasida aksingni ko’ruvchi....
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin