1.Tog’ va tog’oldi mintaqalarida tuproq va iqlim sharoitlari. 2. Tog'li yerlardagi mevachilikni tekislikdagi mevachilikdan farqi. 3. Tog'li yerlarda bog' barpo etish uchun joy tanlash va daraxtlarni o'tkazish. 4. Tog'larda mevali ko'chatlarni terrassalarga ekish. Reja:
Tog’ va tog’oldi mintaqalarida iqlim va tuproq sharoitlari.
Togʻlardagi tuproqlar. Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻlarida tuproqlarning genetik xilma-xilligi umumiy geografik qonuniyatga boʻysunadi. Joyning mutlaq balandligi ortib borgan sari yer yuzasining boʻlaklarning boʻlinishi, odatda, kuchayadi, havo temperaturasining rejimi yumshab, yogʻin miqdori ortadi, oʻslimlik qoplami ham chala choʻl efemerlaridan quruq dashtga xos oʻtlar, archazor-siyrak daraxtlari oʻrmon, oʻrmon, oʻtloqi-dasht va dasht oʻsimliklariga qadar navbatlanib boradi. Mavjud landshaft mintaqalarining har biri tuproq tarkibi va tuproq qoplamining oʻziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
O'zbekistonning tog' va tog' etaklari tabiiy sharoiti jihatidan vodiy qismidan sezilarli darajada farq qiladi. Tog' va tog' etaklarida yog'in ko'p yog'adi, qishda yer yuzi qor bilan qalin qoplanadi va uzoq vaqtgacha qor erimaydi. Havo ko'pincha bulutli, sernam, salqinroq bo'ladi. O'simliklarni o’suv davri qisqaroq bo'lib, bahor kechroq boshlanadi va xokazo. Yozda (iyun-avgustda) ba'zan esa may va senyatbrda yog'ingarchilik umuman bo'lmaydi. Lekin qolgan davrlarda yomgir 1000 mm gacha va undan ham ko'proq yog'adi. Toqqa yuqori ko’tarilgan sari temperatura pasaya boradi. Tog' va tog' etaklaridagi yerlar, qoya toshlarni hisobga olmaganda, birmuncha unumdordir. Ammo sel va erigan kor suvlari ko'pincha bu tuproqni yuvib, oqizib ketadi (tuproq eroziyasi). Tik yonbagirlardagi yerlarga ekin ekish qiyin. Respublikada bunday yerlar bir necha yuz ming gektarni tashkil etadi.
Tog'li yerlarda bog' barpo etish uchun joy tanlash va daraxtlarni o’tkazish. Tog'li yerlarda bog' barpo etish uchun joy tanlash va daraxtlarni o'tkazish. Bog' barpo etish uchun joy tanlashda daraxtlarni o'tkazish va parvarish qilish, jumladan, Tog' yon bagirlarni terrasalash, yerni xaydash va yumshatish kabi ishlarni mexanizatsiyalash imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Shu maqsadda mumkin qadar tekis relefli, jarlik va upkonsiz, yirik toshsiz va boshqa yerlar tanlanadi. Bog'larni so'g'orib turish uchun ularni soy va buloklar yaqinida barpo etish ma'qul kuriladi. Bu xaydashdan oldin uchastka tekislanadi, undagi unkir-chunkirlarga tuproq suriladi, yirik toshlar olib tashlanadi. Yer 60-70 sm chuqurlikda xaydaladi. Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida unga katta dozalarda ug'it solinadi. Bog'lar, so'g'oriladigan sharoitda maxalliy meva daraxtlarining payvandtaglarida ustirilgan bir yillik va ikki yillik ko'chatlardan barpo etiladi. Tik yon bagirlardagi yerlarga meva urug'lari ekib bog'lar barpo etish mumkin, urug' ko'chatlar keyin xuddi shu joyning o'zida kurtak payvand qilinadi. Urug' egatlarga ekiladi, bunda har metrga 50-60 ta urug' sarflanadi yoki uyalab eqishda har uyaga ikki-uchtadan urug' tashlab ketiladi. Tog' mevachiligi tajriba ko'rsatganidek, terrasalar ochish yuqoridan okib tushadigan yomgir suvlarini ushlab qolishda samarali vosita hisoblanadi. Bu tadbir tuproqning kam yuvilib ketish imkonini beradi. Bunda korning erishi bir necha kunga orqaga suriladi va kor suvi ancha yaxshi singadi. Shuning uchun bunday yerlarda tuproq terrasalash o'tkazilmagan uchastkalardagiga qaraganda sernam bo'ladi, bu esa daraxtlarning suv bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, terrasalarda 20 sm chuqurlikdagi tuproq terrasalash o'tkazilmagan uchastkalardagiga nisbatan 1-20 issiqroq bo'ladi. Vegetatsiya davrida terrasalardagi biologik aktiv harorat yigindisi 100-1500 ga ortadi.
Tog' yon bagirlarda chuqur terrasalar ham kuriladi. Bundan maqsad - sel okimlari va tuproq eroziyasining oldini olishdir. Bunda terrasalar zinapoya shaklida kurilib, uning orqa devoridan (qiyalikka kundalang qilib) arik ochiladi. Terrasalar orasidan utgan yog'in-sochin suvlar xaligi ariqlarga tushadi va ularni tuldirib singib ketadi. Terrasani suv buzib yubormasligi uchun, uning chekkalariga chim, o'tlar ekiladi. Yer ikki usulda: terrasaning ichkari tomonidan (ko'chat o'tkazish chizigidan asosiy yon bagirgacha) ot kultivatorida, tashqi tominidan esa (yekish chizigidan kutarma pushtasigacha) ketmonda yumshatiladi. Terrasalar yon bagirning yuqori qismidan olinadi, bu pastdagi terrasalarni tuproq kumib ketishidan saklaydi. Traktorning burilishini kulaylashtirish uchun ular ketma-ket emas, balki uchtadan oralatib: birinchi-to'rtinchi, so'ngra esa ikkinchi hamda beshinchisi va xokazo tartibda olinadi. Terrasalar orasidagi masofa katta daraxtlar shox-shabbasining, shuningdek, yon bagirlarning qiyaligiga qarab belgilanadi. Ular odatda yon bagirning kundalangiga qaratib olinadi, bunda ular o'rtasidagi oralik ikki metrga teng bo'ladi. Yon bagirda tez o'sadigan daraxtlar uchun terrasalar orasi 5-7 m belgilanadi; yon bagirlarning qiyaligi 300 gacha bo'lganda bu masofa 9 m gacha oshiriladi. Lekin tajriba ko'rsatganidek, 25-30 0 dan tik bo'lgan yon bagirlardagi terrasalar (yerlari yetarli miqdorda o'zlashtirilmagan rayonlarda) iktisodiy jihatdan foydasizdir.