Reja:
Missonerlik harakatlarining salbiy tasiri
Missionerlik harakati nima
O’zbekistonda missionerlik harakatlari oqibatlari
Missionerlik harakatlaridan ximoyalanish
Missonerlik harakatlarining salbiy tasiri
Istiqlolga erishganimizdan so’ng ta’lim sohasida bir talay ijobiy o’zgarishlar qilindi. Bu sohadagi ishlarda jahonning ilg’or mamlakatlari tajribasini qo’llash zarurati ham paydo bo’ldi. Natijada mamlakatimizga beg’araz yordam qo’llarini cho’zuvchi mamlakatlarning vakillari qatori g’arazli maqsadlarni ko’zlagan, o’qituvchi, mutaxassis niqoblari ortiga yashiringan bir qancha “ziyolilar” ham paydo bo’lishdi. Ularni missionerlik vazifasini muallim pardasi bilan o’rab, ozlarini hokisor tutgan holda talabalar yotaxxonalariga joylashishdi. Til o’rganish bahonasida ularning davrasidan joy olib, asta – sekin yoshlar ongiga ta’sir eta boshladi. Ular yana yetuk talabalarni chet elga o’qishga jo’natish jozibasi bilan qiziqtirib ham tuzoqqa ilintirishdi. Missionerlar jamiyatdagi illatlar, turmush qiyinchiliklariga go’yo Islom sababchi ekanini asta o’qtirib, yoshlarda o’z diniy e’tiqodlariga ishonchsizlik tug’dirish payida bo’lishdi. Yurtdoshlarimizning, ayniqsa yigit – qizlarning missionerlar tuzog’iga tushib qolmasliklari, dinlaridan, e’tiqodlaridan, milliy qadriyatlaridan uzilmasliklari uchun g’oyaga qarshi g’oya, mafkuraga qarshi mafkura, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borishimiz zarur. Shundagina yoshlarimiz ongi va qalbini har xil yod g’oya va oqimlarning kuchayib borayotgan ta’siri hamda xataridan saqlab qola olamiz.
XI asr boshlarida missionerlik va prozelitizm g‘oyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka bevosita tahdid ko‘rsatayotgan xatarli g‘oyalardan biriga aylanmoqda. Din, e’tiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targ‘iboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, ma’lum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida o‘rin tutishi mumkin.
Shu bois, avvalo missionerlikning lug‘aviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga e’tiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl ma’nosini tushunib yetish muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish», «missioner» esa «vazifani bajaruvchi», «missionerlik» esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui ma’nolarini bildiradi.
Missionerlik «tabshir» (bashorat berish), «tansir» (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qo‘shilganlarga «siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz» deb, ularga «xudoning bolalari», «muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar» kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa o‘z saflarida tutib turmoqda.
Missionerlik bilan bevosita bog‘liq “prozelitizm” tushunchasi esa, yunoncha — rgosyelitos — yangi mazhabni qabul qilgan kishi, ya’ni boshqa mazhabdagilarni, avvalo, musulmonlarni xristianlikka kiritish, ya’ni o‘ziga xos «salb yurishi».
Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo‘li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o‘tkazish bo‘lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor din sifatida targ‘ib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informasion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsak, turli manba va adabiyotlarda bayon etilgan ta’riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshashdir. Umuman olganda «missionerlik» — bu bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar, elatlar, millatlar orasida boshqa bir dinni har xil ijtimoiy vosita va omillar orqali targ‘ib qilish va singdirishga qaratilgan xavfli siyosiy faoliyatdir. Chunki uning bugungi kungacha bo‘lgan davrdagi yashirin mohiyati xavfli siyosiy faoliyat ekanligini ko‘rsatib, bir qancha davlatlarda yillar davomida siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan.
Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular o‘z tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam ko‘rsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, ba’zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi joylashgan bo‘lib chiqmoqda.
Missionerlarning ko‘zlagan maqsadlari faqat siyosiy bo‘lib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo‘ljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, an’anaviy musulmon bo‘lib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli ma’naviy tarixiy ildizi bir xil bo‘lgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik.
Ikkinchidan, yurtimizni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda o‘zlariga muhtoj qilib qo‘yish. Uchinchidan, iloji boricha, ba’zi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda o‘zlariga ergashganlar sonini ko‘paytirib, kelajakda go‘yo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida bo‘linish(separatistik) g‘alayonlarini chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. To‘rtinchidan, «Inson huquqlarini himoya qilish», «Vijdon erkinligini ta’minlash» kabi sirtdan chiroyli shiorlar niqobi ostida oddiy sud-prokuratura organlaridan tortib to davlat rahbari ishlarigacha aralashish va mustaqil davlat boshqaruviga yo‘l qo‘ymaslik. Beshinchidan,jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy bir vaziyatni vujudga keltirish; turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, o‘zlarini go‘yo xalqning himoyachisi qilib ko‘rsatish va xalq «dardi»ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar ko‘rishga majburlash va mana shu yo‘l bilan xalq va davlat orasiga o‘zaro ishonchsizlik ruhini singdirish.
Ko‘rib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy da’vatga hech qanday aloqasi bo‘lmay, balki bir mamlakatni o‘zlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir.
Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldor bo‘lib, ularning qilmishlari shu nuqtai nazardan baholanishi va chora-tadbirlar ham shunga ko‘ra belgilanishi lozim. Aks holda, biz kelajak avlod uchun kuchli, ozod va obod Vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona va shu bois qator muammolar girdobiga g‘arq bo‘lib, parokandalik, ma’naviy ziddiyatlar avj olgan, zaif va qaram bir o‘lkani taqdim etishimiz ehtimoldan xoli emas!
Umuman, hozirgi kunda missionerlik harakati rivojlanishida yangi asr boshida paydo bo‘lgan diniy sektachilikning ham o‘rni katta bo‘lib, sektalar xalqaro nodavlat tashkilotlar sifatida faoliyat yuritayotgani, ularning faoliyati har xil aloqa tizimlari (Internet, telefon, televideniye, radio va boshqa zamonaviy aloqa vositalari) orqali turli xil maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilayotgani, hamda mablag‘larni kerakli joyga yetkazishi uchun qiyinchiliklarning deyarli yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Diniy sektalar va ularning homiylari katta-katta mablag‘lardan u yoki bu mamlakatda korrupsiyani kuchaytirish, siyosiy va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordamlari orqali joylarda o‘z mavqelarini oshirish va ta’sir doiralarini kengaytirishda foydalanmoqda.
Missionerlik va prozelitizm globallashuv jarayonida ma’naviy-mafkuraviy tahdid vositasi bo‘lib, avvalo, jahondagi muayyan kuchlarning geopolitik maqsad va manfaatlariga yo‘naltirilgan xolda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma’naviyati, urf-odat va an’analari, milliy mentaliteti diniy ta’limot sifatida shakllangan bo‘lib, missionerlik va prozelitizm xalning milliy o‘zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini fuqarolar ongi – tafakkuriga singdirishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga muhim e’tibor berilmoqda.
oriy yilning 17-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zalida “Yoshlarni missionerlik va prozelitizm taʼsiridan himoyalash” mavzusida talabalar uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimligi diniy ishlar qo‘mitasi raxbari Boymurodov Soxibnazar Mardonovich, Respublika diniy qo‘mita vakillari Sharipov Sherzod va Safarov Xakimbeklar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad Islom dinini sofligini targ‘ib etish, O‘zbekiston Respubikasi qonunlari bilan taʼqiqlangan turli yot diniy oqimlarga yoshlarni kirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyatini o‘z o‘rnida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish taʼkidlandi.
Talabalar uchun muhim maʼlumot! - Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy maʼnosini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» feʼlidan olingan boʼlib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan maʼnolarni anglatadi.
Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan taʼriflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iboratdir.
Insonni yaratib va unga o‘zini yakkayu-yagona iloh deb tanitgan zotga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Alloh taologa hech bir narsani sherik keltirmasdan, doimo mustahkam e’tiqodda bo‘lishga da’vat etgan barcha payg‘ambarlarga, xususan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamga beadad salovat va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolo inson zotini yaratib uning e’tiqodini, yaratuvchi yolg‘iz o‘zi, yagona va hech bir narsaga muhtoj emasligi bilan shakllantirdi. Shuni ta’kidlash lozimki ushbu e’tiqod Odam alayhissalomdan to Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamgacha o‘tib kelib, bugungi kunda ham ko‘p xalqlar orasida mustahkam e’tiqod bo‘lib saqlanib kelmoqda. Va bu esa Alloh taolo rozi bo‘lgan dinning asosidir. Ana shu dinnig asosi bo‘lmish ushbu e’tiqod tarixdan jamiyat rivojiga har taraflama kuchli ta’sir etib, asosan insonlarni birlashtirib, bir-biri bilan mehr-oqibatda va tinch-totuv, barqaror hayot kechirishlariga xizmat qilib kelmoqda.
Tarixdan yana shuni anglash mumkinki insonlarni sof e’tiqodlaridan voz kechtirib, o‘zlarining botil e’tiqodlarini to‘g‘ri deb e’lon qilib, buning natijasida jamiyatda beqarorlikni yuzaga keltirgan, oqibatda inson zotining qoni nohaq to‘kilib, qisman bo‘lsada o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishgan guruhlar ham bo‘lgan. Afsuski hozirgi davrimizda ham ana shunday botil e’tiqodlarni to‘g‘ri deb talqin qilib, aslida uning zamirida boshqa maqsadlarni berkitgan guruhlardan biri “missionerlik” faoliyati ham davom etib kelmoqda.
Missionerlar haqida so‘z ketar ekan avvalo missio nima? va missionerlar kimlar? va ularning faoliyati to‘g‘risida qisman to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.
Ushbu “missio” so‘zi lotin felidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish” “missioner” esa “vazifani bajaruvchi” ma’nolarini anglatadi. Boshqa manbalarda missionerlikga ko‘plab tariflar berilgan bo‘lib, masalan “Jahon kitobi” ensiklopediyasida “missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan kishi” deb ta’rif berilgan.
Missionerlikning kelib chiqishiga nazar soladigan bo‘lsak, aslida tarixdan ma’lumki Iso alayhissalom o‘z davrlarida xalqni yakka xudolikga, ya’ni sof e’tiqodga da’vat etgan bo‘lsalar, u kishidan keyingi davrlarda xristian dini vujudga kela boshladi.
Dastlab xristian ta’limoti faqat yahudiylargagina taalluqli degan yondashuv bilan yahudiylar orasida targ‘ibot ishlari olib borilgan. Keyinchalik xristian da’vatchilari Rim imperiyasiga tashrif buyuradilar. Rim xalqi bularga salbiy munosabat bildirishlariga qaramay imperiyaning markaziy hududlariga va poytaxtiga ko‘chib kelaverishgan. Ularning da’vatlari natijasida IV-asrga kelib xristian dini Rim imperiyasida davlat diniga aylandi. Bunday “da’vatchilik” ishlarini olib borish, o‘z ta’limotlarini tarqatishga harakat qilish tabiiy bir hol edi.
Vaqt o‘tishi bilan dastlabki “da’vatchilik”dan farqli ravishda jamiyatni diniy asosda parchalab yuborishga qaratilgan, asl e’tiqodni yanada buzib talqin qilib, buzg‘inchilik va bosqinchilik g‘oyalarini o‘z ichiga olgan “missionerlik” harakati yuzaga keldi. Dastlab missionerlikning zamonaviy ko‘rinishlari Rim qo‘shinlari bilan birga yurib, bosib olingan hududlar xalqlari orasida xristianlikni targ‘ib qilishlik bilan namoyon bo‘ldi. 400-500-yillarda missionerlik harakati natijasida Afrikada ham xristianlik mustahkam o‘rnashib oldi. Bu faoliyat kengayib hatto Arabiston yarim orolining janubini bosib olib, arablarni ham o‘z ta’sirlari ostiga olishmoqchi bo‘lishgan.
Bunday harakatlar kundan-kunga kuchayib, ba’zi davlatlar va ularning xalqlari boshiga kulfatlar keltira boshladi. Bunga misol “Salb yurishlari” nomini olgan urushlardan biri XI-XIV-asrlarda Rim Papasi boshchiligida “Quddus” shahrini ozod qilish bahonasida, aslida bosqinchilik bilan boylik orttirish bo‘lib, shu bilan birga uning zamirida “missionerlik” maqsadlari ko‘zlangan edi. Bu yashirin g‘oya urushlardagi harakatlarida fosh bo‘ldi. Quddusni egallab olishgandan keyin, shahardagi masjidlarga o‘t qo‘ydilar va nasroniylikni qabul qilmagan kishilarni qilichdan o‘tkazdilar. Bunday misollarni tarixdan juda ko‘p keltirish mumkin.
Hozirga davrda ham xristianlikga mansub missionerlik, protestantlikga mansub missionerlik, yettinchi kun adventislariga mansub missionerlik va iyegovo shohidlariga mansub missionerlar yer yuzida o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Aslida bularning barchasini e’tiqodi bir-biriga zid va qarama-qarshi bo‘lib, har birining o‘z rahbar va tashkilotlari mavjuddir. Targ‘ibot ishlari uchun mablag‘lar sarflanib, o‘zlarining gazeta va jurnallarini chiqaradilar. Aholi orasida targ‘ibot uchun ko‘proq ayollardan, bemorlarga dori-darmonlar tarqatish hamda moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan foydalanadilar. Bunday targ‘ibot din va uning mazmun mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida kerakli ma’lumotga ega bo‘lmagan, sof e’tiqodni bilmagan imoni sust kishilarni fikrini o‘zgartirish hamda ularga bir dinni yomonlab, boshqasini yaxshi deb talqin qilish doimo oson kechgan. Shuning uchun targ‘ibotda shu jihatdan kengroq foydalanishadi. Targ‘ibotda ohistalik bilan harakat qilsalarda oxir oqibatda harakatlari islom dinini niqob qilgan aqidaparastlarning mudhish harakatlaridan hech ham farqi yo‘qdir. Bunga yuqorida qayd etilgan “salbchilar” voqeasi misol bo‘la oladi.
Har bir insonning e’tiqodi avvalo o‘zi uchundir. Uning to‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishligi o‘zi va jamiyat uchun foyda keltiradi, noto‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishligi o‘ziga ham jamiyatga ham katta zarar keltiradi.
Yana insonni teran fikrlashga undaydigan holat shuki, Vatanimiz O‘zbekistonda 90 foizdan ortiq fuqarolarimiz Islom diniga e’tiqod qilsa va mustaqillikdan buyon turli din vakillari hamda 130 dan ziyod millatlar bilan “O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida tinchlik va barqarorlikda baxtiyor hayot kechirayotgan bir vaqtda ayrim kimsalarning “missionerlik” harakatidan maqsadi nima? Darhaqiqat, bunday harakatlarning maqsadini har qanday jamiyat ogoh bo‘lishligi uchun tarix o‘zi so‘ylaydi. Shuning uchun ham bejiz aytilmaganki “tarixsiz kelajak yo‘q” deb.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki yurtimizda din va azaliy qadriyatlar hamda turli millatlarni qadriga yetilib, tinchlik va barqarorlikda ular bilan hayot kechirishligimiz, avvalo Alloh taoloning yurtimizga tushgan muborak nazaridir hamda ishlab chiqilgan qonun-qoidalar o‘ta muhim va to‘g‘ri bo‘lib, shu bois xalqimiz tinch va ravon yo‘lda ekanligiga dalolat qiladi. Shunday ekan bu yurtda hech qanday missionerlik hamda aqidaparastlikka hojat ham o‘rin ham yo‘qdir. Demak har birimiz sof e’tiqodda bo‘lib, Alloh taoloning ulug‘ ne’mati tinchlik va farovonlik hamda taraqqiyot yo‘lida doimo xizmat qilishimiz zarurdir. Bu borada ham yaratganning o‘zidan yordam so‘ragan holda hech kimni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasligini hamda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarga hidoyat ato etishini so‘raymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.. T.: O‘zbekiston. 2011
2.Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009
3. Mamashokirov S., Tog‘aev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari. –T.: Ma’naviyat, 2007.
4. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.
5.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.
Dostları ilə paylaş: |