ONA TILI O'QITISH METODIKASI FANIDAN
,,BOSHLANGICH SINFLARDA YOZMA ISHLARIDA YOL QOYILADIGAN XATOLAR USTIDA ISHLASH"
mavzusida yozgan
R E F E R A T I
MAVZU:BOSHLANGICH SINFLARDA YOZMA ISHLARIDA YOL QOYILADIGAN XATOLAR USTIDA ISHLASH
Reja:
1.Boshlang‘ich sinf‘quvchilaining ona tili darslarida xatolarning kelib chiqish sababalari.
2.Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash.
3.Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo'llari
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika fani sohasidagi yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan eng tajribali o'qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e'tibor berish kerakki har bir darsda o'quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy tomonlarga ham alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas'uliyatni his etish, tengdoshlari va oila azolariga hurmat, g'amxo'rlik, tabiatga mehr-muhabbat singari xislatlarni singdirib borish kerak.
O'quv tarbiya ishlarida ko'zlangan maqsadga yetishish uchun o'quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni shakllantirb borish zarur:
gapdagi so'zlarni o'xshash tomonlariga ko'ra taqqoslab olish;
so'zlar nimani ifoda etishiga ko'ra turkumlarga ajratish;
o'qituvchi tavsiya qilgan yoki o'zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon qila olish;
gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay olish;
darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama qilinganidan keyin uni bajara olsh.
Ona tili darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham yozma ishlarga alohida e'tibor beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o'quvchilar grammatik, orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaradilar. Shuning uchun grammatik, orfografik bilimlarni o'zlashtirish uchun qunt bilan ishlashga to'g'ri keladi. Kuzatshlardan ma'lumki, darsda o'quvchilarning osoyishta va mustaqil ishlarini ta'minlagan o'qituvchi ularning savodli bo'lishga erisha oladi. Bunday darslarda ko'rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan foydalanish o'z o'rnida bo'ladi. O'quvchilarning dars jarayonida yo'l qo'ygan xatolarini sekin yotig'i bilan tushuntirish lozim. O'quvchi shundagina yozuvida yo'l qo'ygan xatosini tushunib oladi va tuzatishga harakat qiladi, bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarini bajargan ishlarini o'z vaqtida baholab borish ham katta ahamiyatga ega.
Boshlang'ich sinf ona tili darsliklaridagi manbalar oz bo'lsa-da izlanish metodi bilan ishlashni taqozo etadi O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida mashq shartini o'qib unda talab etgan topshiriqlarni aniqlaydilar savollarga j avob qidiradilar, undagi fikrlarni umumlashtiradilar, mashqlar bajaradilar. Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar.
Umuman, ona tili darslarini to'g'ri va qiziqarli tashkil etilishi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab turadi. Bu uchraydigan xatolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
Grafik xatolar. Grafik xatolarga harf shakllarini o'xshata olmaslik, harflarning o'rnini almashtirib yozish, talaffuzi o'xshash undoshlarni aniq ajratmaslik natijasida yozuvda bir harf o'rniga ikkinchisini ishlatish biror harfni tushirib qoldirish kabi xatolar uchraydi. Shularga ko'ra grafik xatolar quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
Alisher odobli bola.
Kuz fasli boshlandi.
Qobil ikki tup ko chat ekdi.
Olma, o rmon, to qmoq.
1. Fonetik xatolar. Bunday xatolar sozlarni togri talaffuz qila bilmaslik, sheva va dialektlar tasirida boladi. Fonetik xatolar, asosan, quyidagi korinishlarda boladi.
Masalan: 1. Borgan edi - boruvdi. (sheva xatolari)
Tomni - tommi. Piyolaga - piylaga. (Assimilatsiya hodisasi)
Gosht - gosh. Gisht - gish.
4.Devor - devol. (tovushlar almashuvi).
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilning ahamiyati katta. Bir necha gapni orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak. Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
Eng avvalo, o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik. Masalan, kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik.
Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko'rsatilib, tuzatiladi.
Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar osha o'quvchi bilan birgalikda tuzatiladi.
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yol qoygan ana shu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak boladi.
Shuni aytish mumkinki, oquvchilar yozuvida xatolar bolmasligi uchun lug'at ishiga ta'limiy xarakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi natija beradi.
Insho yoki inshoni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi - 20-25 minuti ajratiladi. Oqituvchi oquvchilar insho yoki inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni oqib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yol qoyilgan xatoni togrilash yoli tushuntiriladi. Shundan song xato ustida birgalikda ishlanadi: oqituvchi yol qoyilgan xatoning bir turini togrilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noorin ishlatilgan sozni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni oqib yoki yozib beradi, oquvchilar yol qoyilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq soz bilan almashtirib, uni togrilaydilar va tushuntiradilar.
Ayrim oquvchilar yol qoygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qoshimcha mashgulot jarayonida togrilanadi. Oquvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bolib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, yani u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni togrilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.
Grammatik mavzuni organishda oquvchilar yol qoyishi mumkin bolgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini organganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan sozlar ornida qanday ishlatilishi oquvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki insho yozishda shunga rioya qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |