REFERAT
Mavzu: Ozbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlar va ularni siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati.
Bajardi: Matyoqubov Toxir
163 A-guruh
Tekshirdi: Feruza Atajanova
Reja:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tushunchalarining mazmun va mohiyat.
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funktsiyalari
3. Nodavlat va jamoat birlashmalarining Ozbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati
4. Ozbekistonda demokratik jamiyatni qurishda siyosiy partiyalar va koppartiyaviylik
5. Nodavlat notijorat tashkilotlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlardagi o'rni.
Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni ozini ozi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo boldi. XX asrning ortalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga kora, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi togrisidagi tushunchalarni organishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi togrisidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «Ozbekistonda demokratik ozgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yonalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan sozga chiqdi. oz nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yonalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yonalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bolib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining orni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yonalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bogliq kop masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga otkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).
Mamlakatda XX asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” kontseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, ozini ozi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yonalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
-birinchidan, jamiyat a'zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma'naviyati va bilimi yuksak darajada bolishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e'tibor berish;
-ikkinchidan, jamiyat a'zolarining manfaatlari uygunlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;
-tortinchidan, jamiyat a'zolari va tuzilmalari ortasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uygunlashtirish;
-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta'sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda boysunish amaliyotini vujudga keltirish;
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning oz vazifalarini toliq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a'zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qollab-quvatlanishiga erishish kabi yonalishlarni oz ichiga oladi.
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya'ni, davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish kozda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xojalik masalalari, pul va valyuta muomalasi boyicha qarorlar qabul qilish, xojalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar togrisida tasavvurga ega bolish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini organish talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar va guruhlarning siyosiy ehtiyojlari va manfaatlarini uygunlashtirish, ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchaydi.
Ma'lumki, manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti-harakatlarini belgilovchi sabablardir. Oz vaqtida Tomas Gobbs hokimiyatga intilish inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi - shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir (Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Fromm E. Begstvo ot svobodo': Pre.s.ang./ Obh, red. i. poslesl. P.S.Gurevicha -M.: Progress, 1989, s.16-17), deb korsatgan edi. Gegel esa: inson oz ozodligini hayotga tadbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat - men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimning sub'ektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bolish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishim lozim (Gegel G.V.V. Filosofiya prava. -M.: Mo'sl, 1990, s.418 ), - deb korsatgan edi.
Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bolgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir korsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bolsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning ozida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bolishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning ozi bir necha kichik guruhlarga bolinib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashgulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bosh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bolishi mumkin.
Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uygunlashuvi roy beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u ozi uchun muhimroq bolgan ijtimoiy guruhga a'zo boladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.
Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim otkazish guruhlari deb atalsa, Garbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamgarmalar kabi nomlar bilan ataladi. Garb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. Ozbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari bolib, ular ozlariga a'zo bolgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning oziga xos zaruriy faoliyat korsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning songgi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bolgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning ozaro munosabatlarida, shuningdek, oz guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bolgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular oz maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana onlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo boladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki. Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.).
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar korsatish bilan shugullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bolishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, oz manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar otkazish bilan chegaralanadi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini organmay turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma'lum bir siyosiy yolni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bolsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir korsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, korsatmalar va yonalishlarga ega bolgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari koproq oz a'zolari uchun xos bolgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga oz diqqat-e'tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yollarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular oz manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega boladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta'sir otkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga oxshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yonalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar koplab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uygunlashtirish va ular ortasida ma'lum bir munosabatlar tizimini ornatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari koriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda koplab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar ortasida ozaro kelishuv va muvofiqlashuv roy beradi.
Manfaatlar guruhlarining yana bir funkoiyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida oz a'zolari manfaatlari asosida faoliyat korsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar ortasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirgizboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).
Manfaatlar guruhlarning yana bir funkoiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar toplash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini ragbatlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shugullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi ortasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining oz holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega boladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, konfessiya, lobbi, ta'sir korsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega boladi.
Siyosiy manfaatlar xarakteri siyosiy tuzumga nisbatan turlichadir. Siyosiy manfaatlar tuzumni ozgartirish, uni modernizaoiya qilish, shuningdek, mavjud tuzumni barqaror saqlashga yonaltirilishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan esa manfaatlarning xarakteri progressiv, reakoion va mo'tadil shakllarda ifodalanadi.
Siyosiy manfaatlar xarakterini ifodalash uchun odatda siyosiy yonalishlarga nisbatan «ultrasol», «sol», «sol mo'tadil», «mo'tadil», «ong mo'tadil», «ong va ultraong» tushunchalari ishlatiladi. Tashkilotlarga nisbatan esa «davlat», «siyosiy partiya», «jamoat tashkilotlari», «jamoat harakatlari» va individlar tushunchalari qollanadi (Politologiya v logicheskix sxemax i tablioax. Avt.-sost. V.A.Varo'vdin. Pod.red.A.V.Mironova. -M.: Soo.-polit.jurn., 1995, s.55.).
Hozirgi davrda AQShda tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etuvchi manfaatlar guruhlari u?shmalarga a'zo bolib, Mustaqil Biznes Milliy federaoiyasiga birlashganlar. Germaniyada esa Nemis kasaba u?shmasi federal birlashmasi, Nemis ish beruvchilari u?shmasi federal birlashmasi, Germaniya sanoatchilari federal birlashmasi, Soliq tolovchilar u?shmasi, Demokratik olimlar u?shmasi, Nemis sport u?shmasi kabi bir qancha manfaatlar guruhlari faoliyat korsatadi. Hududiy, mintaqaviy va federal darajalarda ham hunarmandlar, talabalar, vrachlar, madaniyat arboblari, turli iste'molchilar u?shmalari va tashkilotlari faoliyat korsatadi. Germaniyada 4-5 ming atrofida ana shunday birlashmalar faoliyat ?ritmoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham manfaatlar guruhlari jamiyatning asosiy qismini tashkil etadi. AQShda 1 mln.dan koproq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadilar. Ularda Amerika aholisining 7,8 %i xizmat qiladi. AQShda aynan jamoat tashkilotlari sogliqni saqlash, ta'lim, madaniyat, san'at va fuqarolarni ijtimoiy ta'minlash va muhofazalash sohasida davlatning asosiy hamkori hisoblanadilar. Dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari hukumatlari ham muhim iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolarni hal etishda jamoat tuzilmalariga, birinchi navbatda nodavlat notijorat tashkilotlariga tayanadilar. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladilar. Bu korsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2, Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir (Qarang: Anxayer Xelmut. Grajdanskoe obhestvo i «tretiy sektor». «Deutschland» jurnali, 2000, N5, 22-23-betlar.).
Manfaatlar guruhlari hukumatning siyosiy strategiyasini shakllantirishga ham katta hissa qoshadi. Ularning siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilishi partiya a'zolarining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshiradi hamda ichki intizomni mustahkamlaydi. Buning sababi shundaki, odatda manfaatlar guruhlari etakchilari u yoki bu partiyaning rahbar organlarida ta'sirchan mavqelarni egallab turadilar.
Keyingi on yilliklar ichida ijtimoiy-siyosiy hayotda nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar ortasidagi munosabatlarda ma'lum ozgarishlar roy berdi. Partiyaviylikka intilishning susayishi sababli koplab kishilar manfaatlar guruhlari tomon oga boshladilar. Ba'zi siyosiy kuzatuvchilarning fikricha, manfaatlar guruhlarining osishi shu darajada tezlashdiki, bu guruhlar endi partiyaning ba'zi funkoiyalarini oz zimmasiga olmoqda. Ba'zi ta'sirchan manfaatlar guruhlari esa ozlarining siyosiy harakat qomitalarini tashkil etayotganligi kozga tashlanmoqda. Bu qomitalarning siyosiy hayotdagi orni ham kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda AQShning ozida shu kabi qomitalarning soni tort mingdan ortib ketdi (Qarang:Gadjiev K.S. Politicheskaya nauka: Uchebnoe posobie.- 2-e. -M.: Mejdunar.otnosheniya, 1995, s.147-150).
Nodavlat notijorat tashkilotlarning hokimiyatga daxldor maqsadlari, parlament vositasida hal qilinishi lozim bolgan muammolari faqat partiyalar bilan hamkorlikda bajarilishi yoki hal bolishi mumkin. oz navbatida, siyosiy partiyalarning ham manfaatlar guruhlarisiz saylov kampaniyalarida muvaffaqiyatga erishishi, jamiyatni anglashi qiyin kechadi.
Demokratik jamiyatning muhim belgilaridan biri bu - kop partiyalilik bilan bir qatorda oz a'zolarining ?ksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar guruhlarining mavjudligi, ularning jamiyat va davlatning barcha institutlari bilan ozaro teng huquqlilik asosida faol munosabatda bolishidir. Siyosiy partiyalar oz ornida nodavlat notijorat tashkilotlarning turli manfaatlarini birlashtiradi, ozida ifoda etadi. Shu bilan birga oz manfaatlari yolida bu guruhlardan foydalanadi va hamkorlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |