Nodavlat notijorat tashkilotlari - davlat boshqaruvi jarayonida ma'lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo`lib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishlari mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari - davlat boshqaruvi jarayonida ma'lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo`lib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishlari mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonuniga binoan tartibga solinadi. Ushbu Qonun nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining O`zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o`z qatnashchilari (a'zolari) o`rtasida taqsimlamaydigan o`zini o`zi boshqarish tashkilotidir.

Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko`rinib turibdiki, nodavlat notijorat tashkilotlari boshqa jamoat birlashmalaridan farq qilgan holda, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga egadir:
a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladi;
b) o`zini o`zi boshqaradi;
c) daromad (foyda) olish faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanmaydi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonunga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi maqsadlarda tashkil etilishi mumkin:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;
xayriya faoliyatini amalga oshirish.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko`mak ko`rsatishi mumkin.
Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o`zaro munosabatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:
nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlarini ro`yxatga olish (qayta ro`yxatga olish), ularning faoliyat ko`rsatishi va faoliyatini tugatish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratib berish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o`zaro ijtimoiy hamkorlik;
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to`g`ridan to`g`ri xalqaro aloqalar o`rnatishi, hamkorlik to`g`risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti:
qonun hujjatlariga rioya etishi;
o`z mol-mulki va pul mablag`laridan foydalanish to`g`risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi;
nodavlat notijorat tashkilotini ro`yxatdan o`tkazuvchi organga o`zi o`tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;
ro`yxatdan o`tkazuvchi soliq va statistika organlariga o`z faoliyati to`g`risida hisobotlar taqdim etishi shart.