Referat sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi



Yüklə 20,49 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2022
ölçüsü20,49 Kb.
#77245
növüReferat
  1   2   3
Mustaqil ta’lim 2



REFERAT

SHARQ MUTAFAKKIRLARI BARKAMOL SHAXS TARBIYASI
HAQIDA........


Barkamol shaxsni tarbiyalash hamma davrda ham dolzarb masala bo’lib kelgan. Zero, shaxs barkamolligi jamiyat kelajagini ta’minlaydigan asosiy mezonlardan biridir.
Barkamol avlodni tarbiyalash g’oyasi ham milliy, ham umumbashariy mazmun-mohiyatga ega, u insoniyatni ma’naviyat va ma’rifatga, yuksak barkamollikka, ezgulikka olib boruvchi olijanob g’oyadir. Shu sababli ham barkamol avlod va uni tarbiyalash muammosining yechimlari azal-azaldan xalqimizning ezgu-orzusi bo’lib kelgan.
Ayniqsa, o’zbek xalqining o’tmishida bu istiqbolli orzu doimiy maqsadga aylangan va bunday orzuga erishish nafaqat oila boshlig’i yoki ta’lim muassasalaridagi murabbiylar, balki yurtimizning donishmandlari-ziyolilari (olimlar, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, hadischilar va h.k.) va adolatparvar hukmdorlarning ham bosh maqsadi bo’lgan. Jumladan, barkamol avlod haqidagi yuksak g’oyalar Abu Nasr Farobiyning fozillar jamiyati («Fozil odamlar shahri»), Yusuf Xos Hojibning «Saodatga eltuvchi bilim», shuningdek, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Hoja Ahrori Valiy, Al-Marg’inoniy, An-Nasafiy, Az-Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Mahdumi A’zam Xojogon, Kosoniy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Abdulholiq G’ijdivoniy va boshqalarning “Ilmi hadis” yo’nalishidagi ta’limotlari va Al-Xorazmiyning dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari (algoritm asoschisi), Ibn Sino tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi va ijtimoiy axloqiy qarashlari, Amir Temur davlatchiligi va tuzuklari hamda uning adolatli ijtimoiy-tashkilotchilik ishlari, Mirzo Ulug’bekning koinot ta’limini ommaviy ravishda olib borishi (dorilfunun tashkil etish) haqidagi ta’limoti, Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va ma’rifatga chaqiruvchi ta’limotlari, Mirzo Boburning ta’limni («Xatti Boburiy») isloh qilish sohasidagi, Ma’mun akademiyasining «Donishmandlik uyi» dagi ta’limotlarida teran ifoda etilgan.

Yüklə 20,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin