Refleksiya zamonaviy darsning eng muhim bosqichi



Yüklə 82 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü82 Kb.
#167085
  1   2   3
1 1666750434955497472


REFLEKSIYA ZAMONAVIY DARSNING ENG MUHIM BOSQICHI

Zamonaviy ta'lim jarayonining tamoyillaridan biri bu faollik, ijodkorlik va ong tamoyilidir. Agar bolaning har bir harakati ongli va tushunarli bo'lsa, bola faol bo'lishi mumkin. Darsda faollik muhitini yaratishning zaruriy sharti refleksiya bosqichidir. Dars jarayonida refleksiyani shakllantirish eng muhim jarayon hisoblanadi va bu jarayonni dars oxirida oʻtkazish talab etiladi.


Hozirda zamonaviy ta’limning maqsadi oʻquvchiga faqat fanni oʻrgatish emas balki oʻqishga oʻrgatishdir. Refleksiya oʻquvchiga vazifani mustaqil bajarib tushunishga, balki mantiqiy zanjirni qurishga , olingan tajribani tizimlashtirishga, oʻzi erishgan yutuqlari boshqa oʻquvchilarni yutuqlar bilan solishtishga yordam beradi.
Oldingi maqolamizda [3] matematikani oʻqitish oʻzini-oʻzi boshqarish va refleksiya haqida oʻrganilgan edi. Bu maqolada esa oʻquvchi mavzu yuzasidan misol ishlash jarayonida unda qanday qilib refleksiv faoliyatni shakllantirish haqida oʻrganiladi.
Refleksiya nima? Refleksiya lotincha reflexio-orqaga nazar soʻzidan kelib chiqqan. Chet lug'atiga koʻra refleksiyani insonning ichki holati, o'zini-o'zi bilish haqida o'ylash deb ta'riflaydi. Rus tilining izohli lug'ati refleksiyani oʻzini-oʻzi tahlil qilish sifatida izohlaydi. Zamonaviy pedagogikada refleksiya deganda faoliyat va uning natijalarini o'z-o'zini tahlil qilish tushuniladi. Bu atama dastlab falsafada paydo bo'lgan, keyin boshqa sohalarida, shu jumladan psixologiyada mashhur bo'lgan. Refleksiya oʻquvchining o'zini-o'zi nazorat qilish, o'zini-o'zi baholash, o'zini-o'zi boshqarish va voqealar, muammolar, hayotni tushunish odatini shakllantirishga o'rgatishga imkon beradi.
Shu munosabat bilan fikrlash va inson faoliyatini kengaytirish mexanizmi sifatida refleksiya muammosi tug'ildi. Odamlar o'z faoliyatini quradilar va qayta tuzadilar va buning uchun shart-sharoitlar faoliyatning o'zini refleksiya tahlil qilish mexanizmlari hisoblanadi [1].
В.А. Лефевра yondashuvi "refleksiyani shaxsning o'z harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiqotchi, nazoratchi pozitsiyasini egallash qobiliyati, shuningdek, boshqa xarakterga, uning fikr va harakatlariga nisbatan o'xshash pozitsiyani egallash qobiliyati" deb tavsiflaydi.
У Дж. Локка va Г. Лейбница refleksiya ongni anglash yoki o'z-o'zini anglash sifatida "Ruhning "men" ga aylanishi" deb talqin etiladi [1].
Г.П. Щедровицning asarlarida, birinchi navbatda, o'z ishini shaxs tomonidan amalga oshirishning maxsus usuli sifatida, uning vositalarini, protseduralarini, shartlarini tushunish uchun "amaliy" faoliyatdan o'tish sifatida namoyon bo'ldi. Biroq, bu yerda u assimilyatsiya (усвоения) jarayonlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, assimilyatsiya (усвоения) mexanizmlarining eng muhim daqiqalaridan biri sifatida paydo bo'ldi [1].
Refleksiya, ta'kidlaydi Г.П. Щедровицкий, har doim refleksiv faoliyati mavjud [1].
Boshqacha qilib aytganda, refleksiya insonning ongida nima va qanday qilib amalga oshirayotgani haqidagi fikrdir. U faqat sub'ektiv va tajribaga to'la [1].
O'zining nazariy kontseptual tushunchasida refleks shaxsning shaxsiy ong, faoliyat, muloqotning muayyan mazmunini faol ravishda qayta ko'rib chiqish shaklidir.
Keng amaliy ma'noda, refleksiya insonning o'z-o'zini tahlil qilish, tushunish va atrof-muhit bilan ob'ektiv va ijtimoiy munosabatlarini qayta ko'rib chiqish qobiliyati sifatida qaraladi va rivojlangan aqlning zarur tarkibiy qismini ifodalaydi [2].
Zamonaviy pedagogikada refleksiya deganda faoliyat va uning natijalarini o'z-o'zini tahlil qilish tushuniladi.
Darsda refleksiya-bu har bir o'quvchining shaxsiyatiga yo'naltirilgan o'quv jarayonini takomillashtirishga imkon beradigan oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyati.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin