MAVZU: ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
REJA:
Abu Rayhon Beruniy ilm-fanga qo’shgan hissasi.
Abu Rayhon Beruniyning geografiyaga doir asarlari.
Abu Rayhon Beruniy geografiyaga qo’shgan hissasi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) astronomiya, geodeziya, fizika, geografiya mineralogiya, kartografiya, iqlimshunoslik, tarix va ko’plab ijtimoiy fanlarga oid 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan. U 973-yil Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida tug’ilgan, 17 yoshidan astronomiya bilan shug’ullana boshlagan. 20-21 yoshida matematik geografiyaga oid kashfiyotlar qilgan (masalan, ekliptika tekisligining ekvatorga nisbatan qiyaligini aniqlagan). 22 yoshida globus yasagan, unga Abu Nasr ibn Iroq Mansur ustozlik qilgan. Lekin Xorazmda turli noxush siyosiy vaziyatlar tufayli u yurtidan ketishga majbur bo’ladi. 998-yil Kaspiy dengizi janubidagi Jurjon shahriga keladi va bu yerda o’zining ikkinchi ustozi Abu Sahl Masixiy bilan uchrashadi. 1000-yilda uni mashhur qilgan "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini yozadi. Bu asar xronologik asar bo’lib, unda turli tildagi turli xalqlarning bayramlari, calendar sistemalari hamda madaniy-ma’rifiy hayoti haqida ko’plab ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. 1017-yil Mahmud G’aznaviy Xorazmni egallagach, boshqalar qatori Beruniyni ham G’azn shahriga olib ketadi.Shoh G’aznaviyning Hindistonga qilgan safarlarida maslahatchi va diplomat vazifasini bajargan , 1030-yil "Hindiston” nomli fundamental asar yozadi. Asarda juda qimmatli ma’lumotlar bo’lganligi bilan nafaqat o’rta asr davridagi olimlar, bugungi olimlarning ham e’tiborida bo’lib kelmoqda. Akademik V.P.Rozen "G’arb va Sharqning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q” deb ta’kidlagan edi. Hajmi juda katta, rang-barang mavzu va mazmundagi bu asarda hindlarning falsafasi, geografiyasi, etnografik merosi, urf-odatlari, yozuvi kabi jihatlarga katta e’tibor berilgan. Mahmud G’aznaviyning o’g’li Ma’sud humronligi davrida erkin ijod qilish huquqiga ega bo’lgan Beruniy uning sharafiga "Qonuni Ma’sudiy” ya’ni "Ma’sud qonuni” nomli astronomik asar yozgan. Ajoyib ensiklopedist olim 1048-yil G’aznada vafot etgan. Ma’lumki, olim bu davrgacha ko’p ishlarni amalga oshirdi, uning qarashlari, fikrlari faqat O’rta Osiyo haqidagina emas, balki butun geografiyaga bag’ishlangan edi. Shuning uchun ham XI–XII asrlarni "Beruniy asri” deb atashadi. Uning geografiyaga oid asarlari 20 dan ortadi, shundan 16 tasi bizgacha yetib kelmagan. Masalan, faqat nomigina yetib kelgan asarlari quyidagilar:
1. "Yerning obod qismlaridagi kenglik va uzoqlikni aniqlash haqida bir maqola”
2. "Tog’ tepasida turib ufq pastligini kuzatish orqali atrofdagi yerlarning kattaligini aniqlash haqida maqola”
3. "Olamdagi mavjud isitish sabablarining sifati va yil fasllarining turlichaligi haqida”
4. " Toshlar haqida kitob”
5. " Iqlimlarning taqsimlanishi haqida kitob” va boshqalar…
Olimning bizgacha yetib kelgan va ilmiy geografik ahamiyatini hanuzgacha yo’qotmagan asarlari: "Osori boqiya”, "Kartografiya”, "Geodeziya”, "Hindiston”, "At-Tahfim”, "Qonuni Ma’sudiy”, "Mineralogiya” va "Saydana” dan iborat.
"Osori boqiya” asarida asosan iqlim va ob-havo haqida tasavvurni oshiradi. Ob-havo elementlari va hattoki iqlimning o’ziga ham to’la to’kis ta’rif beradi. "Aniqki, yog’in qishda ko’proq yog’adi, yozda kamroq, tog’larda ko’proq, tekisliklarda kamroq”deb yozadi shu asarning 287-sahifasida mavjud. Ob-havo haqidagi bunday real fikrlar "At-Tahfim”da ham ko’p uchraydi.
Beruniyning ikkinchi yirik geografik asari "Kitobu fi tasxih as-suvor va tabtix al-quvor” ya’ni "Kartalar va yer yuzasini bilish kitobi” ni biz "Kartografiya” deb ataymiz. Aslida bu asarda bir necha fanlar birgalikda bir-biri bilan uyg’unlashib ketadi. U dastlab bu bilimlarning ilmiy va nazariy tomonlarini asoslaydi va gradus to’ri, kartografik proyeksiyalar, astronomic asboblar va ulardan foydalanish bo’yicha ko’plab fikrlarni bildirib o’tgan.
"Geodeziya” (to’liq nomi "Kitobu tahdidi nihoyat ul-amokin li tashihi masofot ul-masokin” ya’ni "Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash haqida kitob”) da geodezik bilimlardan tashqari, Xorazm geografiyasiga, xususan gidrologiyasiga e’tibor bergan.
Olimning Amudaryo etaklari, Qizilqum, Qoraqum haqidagi ilmiy mulohazalaridan quyidagi xulosalar kelib chiqqan: 1) butun yer yuzi tabiati singari, Amudaryo, Qizilqum va Qoraqum vohasi geologiyasi ham davrlar davomida o’zgarib kelgan. Quruqlik suv bilan, suvlik quruqlik bilan almanishib turgan 2) quruqlikda dengiz hayvonlari qoldiqlarini uchratish, bu yer avval suvlik bo’lganidan dalolat. Bu o’zgarishlarni ikki asosiy manbai bor - bir tomondan, yerni ichki kuchlari ta’sirida tog’larni ko’tarilishi, cho’kishi yoki yorilishi. Ikkinchidan, oqar suv va ko’llarning errozion ishi. Bu ikki kuch relief hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi 3) Qoraqumning katta qismi qadimgi Amudaryo oqizib keltirgan yumshoq jinslardan iborat alluvial tekislikdir 4) daryolar migratsiyasi, ya’ni o’zani yo’nalishini o’zgartirib turishini Amudaryo misolida ko’rish mumkin 5) daryo o’zanini yo’nalishini o’zgarishi juda katta ahamiyatga ega.
Tabiiy geografiya va paleogeografiyaga oid bunday fikrlar "Hindiston” asarida ham uchraydi. U shu asarida XI asrdayoq o’zan oqimida jinslarning o’ziga xos tarqalish va to’planish qonuniyatlarini topadi. Bu qonuniyatga ko’ra, suv oqimi bo’ylab yotqizilgan cho’kindi jinslarning katta-kichikligi suv oqimining kuchiga to’g’ri proporsionaldir ya’ni oqim qancha kuchli bo’lsa, shuncha katta jinslar oqadi yoki aksincha. U Hind-Gang pasttekisligi avval dengiz ostida bo’lgani va keyinchalik quruqlikka aylangani haqida fikr yuritadi.Uning oqar suvlar keltirgan cho’kindilar to’planishidagi uch bosqich haqidagi ta’limotini O’zFA akademigi Popovning fatsial-paragenitik mintaqalar to’g’risidagi xulosalari ham tasdiqlaydi. Beruniyning geologic va paleogeografik ta’limotlarida metodologik ahamiyatga molik g’oyalar ham mavjud. U ilk bor tabiat rivojidagi aktualizm g’oyasini ilgari surdi. Vaholangki bu g’oya mustaqil ravishda XVIII asrda rus olimi Lomonosov tomonidan amalga oshirildi va XIXasrda Lyayel tomonidan asoslab berildi."Mineralogiya” asari ham ahamiyatga molik.
Unda o’sha davrgacha bo’lgan foydali qazilmalar haqida fikr yuritilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Muallif foydali qazilmalar koni joylashgan hudud haqida ma’lumot berish bilan cheklanmay o’sha hududlar geologiyasi va geografiyasiga ham to’xtalib o’tgan. Asarning birinchi qismida 40dan ortiq qazilma va organik moddalarni aniqlash haqida gapirib o’tilgan. Ularni aniqlashda qattiqligi, siniqligiga katta e’tibor bergan. U fanda birinchi bo’lib minerallarning solishtirma og’irligini aniqlashga harakat qilgan, uni aniqlashda sof oltinni etalon qilib olgan.Biz Beruniyning faqat geografiya va tabiiy fanlarga qo’shgan hissasi haqida gapirdik xolos. Aslida bu olim fanning turli sohalarida faoliyat yuritib ko’plab yutuqlarga erishgan. Fransuz Sarton XI asrni "Beruniy asri” deb atashi bejiz emas, chunki u barcha fanlarda turli yangiliklar, tekshiruvlar olib brogan. Shuning uchun ham sharqda uyg’onish davrining yirik namoyondalaridan biri bo’lgan alloma nomiga turli mukofotlar, oliy o’quv yurtlari, ko’chalar, maktablar nomi qo’yilgan. Zero, buyuklar nomi mangulikka dahldordir. Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan.
Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan.
Uning to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq, ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...”
U mukammal matematik va falsafiy bilim edi. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo‘lgan.
Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, Xorazmning xo‘jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan
U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi.
Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo‘lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy ayrim astronomik muammolar asosida qadim yunon va qadim hind faylasuflarining taraqqiyparvar g‘oyalarini qabul qilib, ularni takomillashtirgan: to‘q jismlar, ya’ni sayyoralardan farqli o‘laroq, Quyosh va yulduzlarning bir xil olovli tabiatini ma’qullagan; yulduzlar harakatini aniqlab, Yerga nisbatan ularning bahaybat o‘lchamini belgilagan; Yerning tortish kuchini o‘rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan.
U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo‘luvchi yorqin tarovat haqida “Tutunga o‘xshash” tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o‘lchovlarning astronomik usullarini ishlab chiqqan. V. Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o‘lcham usulini taklif qilgan. O‘sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, sekstant) asosiy astronomik asboblarni mukammallashtirgan. 400 yil davomida dunyodagi eng katta hisoblangan radiusi 7,5 metrlik birinchi siljimas kvadrantni Quyosh va sayyoralarni kuzatish uchun ixtiro qilgan. U tomonidan olib borilgan ekliptikaning ekvatorga egilganligini o‘lchash ishlari aniqligi bo‘yicha ko‘p asrlar davomida tengsiz bo‘lgan.
“Qadimiy xalqlar xronologiyasi” nomli ilk asarida (1000 yil) Beruniy o‘sha davrlarda ma’lum bo’lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta’riflab chiqqan. U tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar “Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi”da yozilgan.
Kot va Qo‘rg‘on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq shoh Ma’mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani boshqargan. Unda Ibn Sino hamda al-Xorazmiylar algebra fani asoschilari bo‘lishgan. Ibn Sino bilan o‘zaro yozishmalari saqlanib qolgan. Unda Arastu kitobi haqida mulohazalar bilan almashinilgan.
1017 yildan boshlab, ya’ni Xorazm sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, G‘azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma’sud hamda Ma’dudlar saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida “G‘azna” bosqichi eng sersamara bosqich bo‘lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo‘lmish “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” (“Hindiston” 1030 yil tamomlangan) dan joy olgan. Sulton Mahmudning o‘limidan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud egallaydi. U Beruniyga juda iltifotli bo‘lgan. Beruniy M’sud haqida shunday deydi: “U menga butunday ijod bilan shug‘ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o‘z rahnamoligiga oldi...”.
Bu yillar Beruniy umumiy jahon xaritasi keltirilgan eng asosiy asari “Ma’sudning astronomiya va yulduzlarga oid qonuni” asarini yozadi.
Beruniyning ilmiy merosi 150 ta asarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir. Tabiat hodisalarini tekshiruvchi olim o‘rnida u raqamlar tushunchasi kengayishi, kubik tenglamalar nazariyasi, sferik trigonometriyaga o‘z hissasini qo‘shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan. Arab, fors, yunon, suriy va sanskrit tillarini bilgan va bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy terminologiyalari qoidalarini ishlab chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |