Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak daraja
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.
Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan
Abdulla Avloniy – shoir, yozuvchi, dramaturg, publitsist. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat ham uning hayotida muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‘nggi damlarigacha o‘qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‘ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi mumtoz pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX asr zamonaviy o‘zbek pedagogikasining asoschisi, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‘ygan mutafakkirdir. U faoliyati davomida ko‘plab zamonaviy pedagoglarni, metodist olimlarni tarbiyalab yetishtirdi.
Ma’lumki, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish adabiy o‘qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmali vosita vazifasini bajaruvchi ifodali o‘qish natijasida asar voqealari, g‘oyasi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. Abdulla Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo‘lsa, asarni tushunib o‘qish, ifodali o‘qish, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko‘p diqqat qiladi. U ifodali o‘qishning bir necha turini ishlab chiqdi. O‘quvchilarning xor bo‘lib o‘qishlarini o‘qituvchi A.Avloniy dirijyor kabi (chunki u dirijyorlik san’atidan xabardor edi – U.D.) boshqarib borgan. Hur fikrlar bilan ma’rifat maydoniga chiqqan mutafakkir o‘z darslarida ifodali o‘qishning ibtidoiy shakllari bilangina cheklanib qolmadi, shu bilan birga, uning yangi, zamonaviy shakllarini ishlab chiqdi.
1910-yillarda Riga shahridagi “Grammofon” jamiyati vakillari O‘rta Osiyo shaharlariga kelib, o‘zbek, qozoq, tojik, turkman xalqlari orasidagi mashhur hofizlarning kuy va qo‘shiqlarini, dostonlarini, xalq maqomlarini yozib oladilar. O‘z zamonasining yirik ma’rifatparvar shoiri, pedagogi Abdulla Avloniy o‘qitishda birinchilardan bo‘lib texnik vositalardan foydalandi. U “Maktabga targ‘ib” she’rini bastakor sifatida alohida diqqat bilan kuyga soladi va o‘quvchilarni xor bo‘lib o‘qishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda u asarni timsollarga bo‘lib o‘qitishga ham alohida e’tibor berdi. So‘ngra 1911-yili bolalar xorini gramplastinkaga yozdirdi. Unda she’rning 4 misrasi ovozi baland ikki o‘quvchi tomonidan o‘qiladi:
Ilm-u hunarlar, gullar, chamanlar
Yoshlar uchun ochub turgan maktab emasmi?
Ko‘p bolalar musiqa sadolari ostida xor bo‘lib o‘qiydilar:
O‘qusun yoshlarimiz, bid’atni tashlarmiz,
Ketsun g‘aflat! Kelsun himmat! Yashasun millat!
Shu tarzda she’rning boshqa qismlari ham kuyga solib o‘qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu “Maktabga targ‘ib” Avloniy o‘quvchilari xori yozilgan noyob plastinka O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zokirjon Sultonov fonotekasida saqlanadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o‘zbek teatri tashkilotchilaridan edi. Teatr uchun bir necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi.
Uning bu faoliyati o‘z maktabida xor, ifodali o‘qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o‘qish sohasidagi bunday faoliyati tezda Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi.
Mana shunday sharoitda yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan o‘qituvchilarni tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratish uchun dasturulamal bo‘ladigan qo‘llanma kerak edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari Turkiston jadidlarining rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonov hamda ilg‘or pedagoglarning taklifi bilan yaratilgan edi.
To‘g‘ri, Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o‘rinda o‘quvchilarni ko‘zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so‘zlari “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining maqsadini to‘la ifodalaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘b zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”.
Bu so‘zlar o‘quvchilarga emas, kattalarga, ayniqsa, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarga qaratilganligini anglash qiyin emas. Chunki ular kelgusida bularni bolalar — o‘quvchilar ongiga singdirishlari kerak. Shu tariqa, “Turkiy guliston...” asari buyuk mutafakkir Shayx Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” asariga nazira sifatida yaratilgan.
Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. Avloniyning pedagogika haqidagi ta’rifi ham hozirgi zamon ta’rifiga ancha mos keladi: “Tarbiya – “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur”.
Shu tariqa “Turkiy guliston yoxud axloq” asari ko‘plab pedagoglar tavsiya va takliflariga binoan yaratildi. Asarga bo‘lgan ehtiyojning kattaligi tufayli o‘sha yillariyoq
2 marta — 1913 va 1917-yillarda bosmadan chiqdi. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya’ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq zamondoshlar e’tibori inson hayotida tarbiyaning buyuk ahamiyatiga jalb etilgan. Inson hech qachon yomon bo‘lib tug‘ilmaydi yoki yaxshi odamdangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug‘ilmaydi, farzandning barkamol inson bo‘lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligi ta’kidlanadi.
Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u jamiyat, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan buyuk ijtimoiy ishdir. U shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog‘liq. Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasbi axloqindadur”, demishlar”.
Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uch yo‘nalishga bo‘ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Xalqimiz “sog‘ tanda – sog‘ aql” deganidek, inson uchun avvalo badan (tan) salomat bo‘lmog‘i zarur, badan sog‘ bo‘lgandagina inson uchun zarur bo‘lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun inson badanini ichkilik, ko‘knor, nasha kabi bevaqt zalolatga, tubanlikka eltuvchi, salomatlikka zarar, “ba’zisi harom, ba’zisi makruh” narsalardan asrashi kerak. Bu esa, A.Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko‘tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas’uliyat o‘qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga, har qanday voqea-hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatining ifodasi bo‘lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o‘rinda o‘qituvchining fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasining har jihatdan yuksakligi o‘quvchilar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o‘quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo‘lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo‘lishga o‘rgatadi.
Mutafakkir Abdulla Avloniy asarning “Yaxshi xulqlar” bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, shijoat, sabr, intizom, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, iffat, hifzi lison, sadoqat kabi insoniy fazilatlar haqida atroflicha fikr yuritadi, o‘z qarashlarini dalillash uchun Qur’oni karim oyatlaridan, Hadisi sharif da’vatlaridan namunalar, ulug‘ mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Bedil fikrlaridan namunalar keltiradi.
Jadidchilik harakati namoyandalari ham Yevropa ma’rifatparvarlari kabi ilm-ma’rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko‘tardilar, taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘layotgan, Qur’oni karim sura va oyatlarini, Hadisi sharif da’vatlarini o‘z manfaatlari yo‘lida buzib talqin qiluvchi mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Shuni ham unutmaslik kerakki, o‘zbek jadid ma’rifatparvarlarini Yevropa ma’rifatparvarlaridan ajratib turadigan asosiy jihat shundaki, ularning faoliyati zaminida millatni Rusiya mustamlakasi zulmidan ozod etish, istiqlol, mustaqillik g‘oyasi yetakchilik qilar, jadid mutafakkirlari olib borgan faoliyat oq va qizil mustamlakachilarga birdek ma’qul emas edi. Shuning uchun ham ular bir umr ta’qib, tazyiq ostida faoliyat ko‘rsatdi va oxir oqibatda qirib tashlandilar.