O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
Reja:
Kirish
Ilmiy dunyoqaash
Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g‘oyani shakllantirish o‘quv-
tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.
O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Aql-dunyoqarash mezoni O`sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo`lgani kabi, hozir ham millatning ilg’or kishilari diqat markazida bo`lib kelmoqda. Xo`sh, dunyoqarashni o`zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o`rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o`rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo`ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o`z faoliyatida ma`lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g’oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o`ziga talqin etib, ma`lum xulosalarga keladi. Har qanday odam o`zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning ma`nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj o`quvchiga ham xos bo`lib, u o`zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof hayoti to`g’risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo`la boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta`minlaydi, qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat shaxsning e`tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil bo`lishiga yordam beradi. Qarashlar va e`tiqodlar tizimi bo`lgan dunyoqarashning mohiyatidan shunday xulosa chiqarish kerakki, o`quvchining va umuman maktabning ishida muayyan tizim bo`lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin to`plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli davrlarda o`qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo`shganlar. Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davrning o`qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo`shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; Sharqda ilk o`rta asrlarda musulmon dunyosi al-Kindiy, ar-Roziy, G’azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir. Kaykovusning "Qobusnoma", IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning "Kalila va Dimna" asarlari, "Ramayana", "Maxabhorat" dostoni, Yusuf Xos Hojibning "qutadg’u bilig", Nosir Hisravning "Saodatnoma", Sa`diyning "Guliston va Bo`ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul qulub", Ahmad Donishning "O`g’illarga nasihat" bundan tashqari o`tmishning "Chor darvesh", "Ming bir kecha", "Qur`oni karim", "Hadisi sharif"dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma`naviy-madaniy meros bo`lib, sharq va g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo`lganlar. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma`naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo`lsada bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz O`tar o`g’li, Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho`lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko`plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma`rifatli qilishga intildilar. Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yilda ikki marotaba nashr qilingan "Turkiy guliston yohud axloq" asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganishda katta ahamiyatga molikdir. Asarning "Yaxshi xulqlar" bobining birinchi qismi "Fatanat" atalib, Avloniy Fatanatni " Aql egasi bo`luv demakdir" deb ta`riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa`diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e`tibor beradi. U “Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo`llarga kirishdan saqlar"- deb uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog’lom va quvvatli bo`lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o`qimoq, o`qitmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. "Aql-deydi: u-piri komili, muroshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o`ziga keladigan zarar va zulmlardan saqlanur, er yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo`ynidan boylab iplarining uchini qo`llariga bergan insonlarning aqlidur".