Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/6
tarix07.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109033
  1   2   3   4   5   6
1555493241 74144


Miloddan avvalgi IX asr oxiri VI asrlarda Attika Afinada quldorlik demokratiyasini paydo bo’lishi
Reja:
1.Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi.
2.Sparta jamiyati.
3.Er.avv.VII-VI asrlarda attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi.


Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi.
Er. av. I ming yillikning boshlarida ilk bor fmikiyaliklar begona hududlarda o ‘zlarining yangi manzilgohlari (Koloniya)larine barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun tayanch nuqtalari bo‘lib xizmat qilgan. Yunonlaming koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. av. VIII—VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb aytiladi.
Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko'payib ketganligidir. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o'sishi natijasida, demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlami taqchilligjga olib keldi.
Yunonistonning o ‘zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli boigan yerlar deyarli yo‘q edi. Aholining ortiqcha qismi shu sababli begona hududlarga borib yangi yerlami o ‘zlashtirishga majbur boidi.
Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag‘allashgan jamoachi dehqonlar o ‘zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga qarzi uchun qul boiishni xohlamadilar, ular o ‘zlarini qarzlari uchun garovga qo‘yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur boiadilar. Ular uchun yagona y o i begona joylatga ketish edi. Arxaik Yunonistonning shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlaming boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yoilarda o ‘mashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar.
Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlaming iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o'rtasida ijtiomoiy-siyosiy kurash kuchayib ketdi
Yengilgan gumh shaharni tashlab ketishga majbur edi. Shuningdek, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi xomashyoga boigan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlami izlab toppish zaruriyatini tug'dirdi.
Bundan tashqari, arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqti sodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan taqiqlangan edi. Ofisib borayotgan iqtisodiyot uchun arzon ishchi kuchi qullaiga boigan talabni qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon kolonistlari ko‘p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari boidilar. Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bogiangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o ‘zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. G ‘arb va Sharqda ko‘p sonly yunon kolonniyalarining barpo qilinishi, O’rtayer dengizi savdosidan finikiyaliklami siqib chiqarilishi, yunon savdosini o ‘sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi, ishchi kuchiga yana ehtiyoj kuchayib, qullarni soni o ‘sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati yetakchi o ‘ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim polislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o ‘z shaxsiy hokimiyatini o ‘rganishga erishgan kuchli va faol shaxslar boigan tiranlarga topshirishga majbur bo’ldi. Eramizdan av .VI asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari qurildi.
''Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do‘stona aloqaga kirishdilar.
Kiklada, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg'oqlarini qadimdayoq yunonlar o'zlashtirgani sababli er. av . VIII asrda aholining ko‘chishi g’arbga Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoli sharqda Qora dengiz qirg’oqlari tomon yo‘naldi. Misr va Kirenaika ham o ‘zlashtirildi. Janubiy Italiya VIII—VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi kolonistlar o'zalarini kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar.
Er. av . VII—VI asrdagi kolonizatsiya jarayonida Ьафо qilingan yunon shaharlari bir necha yoiialishda rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo’yiagi Milet koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edilar.
Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo‘jaligi bilan shug4ullanar edilar. Bu yerda, ayniqsa, spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi oi'inni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini t o iiq saqlab qoldi.
Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. av . 735-yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiyni Ьафо qiladilar. Shimolda Gaetan q o itig id a Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Кар Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt o ‘tishi bilan yunon g'arbini bosh markazi va metropoliya rolini o ‘ynagan Sirakuzani barpo qildilar. Sirakuza o ‘z navbatida AJcr va Kamirinani barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g‘arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt o ‘tishi bilan orolining g'arbida Finikiya yerlari qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, Panorm (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi.
Er. av. VI asrda yunonlaming Italiya va Sitsiliya koloniyalari gullab-yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko‘ra boy hududga aylanib Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalaming gullabyashnashining asosi qishloq xo'jaligi, savdo-hunarmandchilik edi.
Sitsiliya va Italiyadan g‘alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. av. VII asrda Liguriya qirg‘og‘idagi Rodan daryosi havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel), janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar.
Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir qirg‘og‘idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. Korinfliklar Ambrakiy qo‘ltig‘da Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg‘og‘ida Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar.
Qora dengiz qirg‘oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlaming eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o ‘nlab koloniyalami barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz shimoli, shimoliy-g‘arbiy qirg‘oqlarida Ol’viya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning Yevropa qirg‘og‘ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko‘tardi.
Er avVII asrda Misrda ham yunonlaming tayanch nuqtalari vujudga keldi, bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg‘og‘ida shoir Kallimax va olimErastofenning vatani Kirenaga asos solindi. Yunonlaming g‘arbgasiljishini Karfagen, janubi sharqda esa Misr to‘xtatdi.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin