Ekologik ta’lim o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy jarayonidir
Ekologik ta’lim o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy jarayonidir.
Ekologik ta’lim o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo’lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo’lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo’ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo’lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
O’quvchilarning ta’lim jarayonida o’zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
O’quvchilarning ta’lim jarayonida o’zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to’g’risidagi tasavvurini boyitish.
O’quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to’g’risidagi e’tiqodni shakllantirish.
O’quvchilarda ekologik faoliyat ko’nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko’kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag’batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o’quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta’minlaydi.
O’quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub’ektlarning shaxsiy namunalari, o’quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g’oyalari o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili. SHaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o’ringa ega bo’lib, uni samarali tashkil etish o’quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. – Ma'rifat g., 1999 yil, 3 mart.
Mahkamov U. O‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. – Toshkent, O‘zbekiston, 1993.
Sariqov E.,Mamatov M. Iqtisodiyot va biznes asoslari. Umumo‘rta ta'lim maktablarining IX-XI sinflar uchun o‘quv qo‘ll. – T.: Sharq nashriyot-matbaa klnserni, 1997.
To‘xtaev M. va boshq. Iqtisodiy bilim asoslari. Umumta'lim maktablari va kollejlar uchun. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.
Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish,- T.: O‘qituvchi, 1991.
Muxammadiev A. Tabiat muhofazasi va ekologiya. –T.: O‘qituvchi, 1986.
To‘xtaev A., Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish.- T.: O‘qituvchi, 1994.
To‘xtaev A.S. Ekologiya. O‘quvchilar uchun qo‘ll. – T.: O‘qituvchi, Ziyo-noshir KShK, 2001.
Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. – T.: Universitet, 1998.