Reja: Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar



Yüklə 168,75 Kb.
səhifə1/23
tarix19.10.2023
ölçüsü168,75 Kb.
#157511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
2-mavzu sirtqi


2- MAVZU: ISLOM DININING AQIDAVIY YO’NALISHLARI VA MAKTABLARII


REJA:
1. Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar.
2. Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati.
3. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.


Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalоm ilmi. Mоturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imоn. Allоhga, farishtalarga, kitоblarga, payg’ambarlariga, оxirat kuniga, yaxshilik va yomоnlik Allоhdan ekaniga imоn kеltirish. Shirk. Kufr. Qiyomat. Jannat va do’zax. Mo’’jiza va karоmat. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.


Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:
1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg’ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.



Yüklə 168,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin