Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash
Jaloliddin Manguberdi
Reja:
1. CHingizxon boshchiligida mo’g’ullarning Movarounnaxrga bosqinchiligi. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi.
2. Movarounnaxrda mo’g’illar tomonidan joriy etilgan boshqaruv tartibi va uning zaiflashuvi.
3. XIII-XIVasrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayoti.
Adabiyotlar: 1,2,3,4,8,11,18,22,24,38,64,96,102,103,115,118
1. XII asrda mo’ng’ullar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jixatidan Markaziy Osiyoda eng qaloq aholi xisoblanar edi. Ularda hali urug’- aymog’chilik munosabatlari nixoyatda kuchli bo’lib, ular asosan ko’chmanchi chorvachilik, ovchilik va o’zaro ayriboshlash savdosi bilan shug’illanishgan.
Bu davrga kelib Mo’ng’ul urug’ va qabilalari orasida feadal munosabatlari paydo bo’la boshlaydi, ular o’rtasida sinfiy kurash avj oladi. XII asrning oxri va XIII asrning boshlarida mo’ng’ul urug’ zadagonlari orasidagi ichki kurashlarida Temuchen ismli baxodir g’olib chiqdi.
Temuchen 1204-1205 yillarda Mo’ng’ulistonning ko’chmanchi chorvador urug’larini o’z qo’l ostida birlashtirib, markazlashgan harbiy despatik Mo’ng’ul davlatini tashkil etadi. O’zaro urug’lararo kurashlarda, turk xonlari bilan bo’lgan urushlarda g’olibona harakati uchun 1206 yilda Onan daryosi bo’yida chaqirilgan mo’ng’ul zadogonlari qurultoyida Temuchinga «CHingiz» laqabi beriladi va shundan boshlab u Chingizxon deb ataladi. «CHingiz» ismi-beg’ubor, toza, musaffo, baquvvat, quvvatli kabi ma‘nolarni bildiradi.
O’z davlatini ko’chaytirib, uning barqarorligini mustaxkamlash maqsadida Chingizxon mo’ng’ullardan ko’p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qushin tuzadi.
Fors muarrixi (XIII asr) Juvayniy mo’ng’il qo’shinning tuzilishini yozib qoldirgan: Jangu-jadallardan bo’sh paytida butun axoli chorvachilik bilan shug’ullanar, harbiy holatlarda esa o’nlik sanoq tizmi buyicha o’nlik, yuzlik, minglik va tuman (o’n minglik) lardan tashkil topgan muntazam qushinga birlashar edi. Yozilmagan qonunga muvofiq har bir jangchi o’zi uchun kerak bo’lgan ja‘miki narsani: qurollar-kamonlar, kamon o’qlar, qamich va qalqon, sadoq, nayza; turli anjomlar-arqon, qozon, mesh, igna, bolta; miniladigan va yuk ortiladigan ulov-ot, tuya, eshaklar kabi transport vositalarini oldindan tayyorlab qo’yishga majbur bo’lgan.
Qo’shinga yuz boshi, ming boshi va tuman boshi deb atalgan sarkardalar raxbarlik qilishgan. Ular mo’ng’ul harbiy aslzodalarning vakillari bohodirlar, merganlar, sechinlar va nuyonlar edi. Tuman boshilar odatda shaxzodalardan bo’lgan.
Mo’ng’ul qo’shini nafaqat o’zining intizomligi bilan, balki harbiy yurishlarda o’ta chaqqonligi va janglarda botirligi bilan ham ajralib turar edi.
1206 yilda mo’ng’ul davlatining poytaxti Qoraqurimda bo’lib o’tgan umum mo’g’ul quriltoyida qabul qilingan «Yaso» xujjati (mo’g’illar davlatining asosiy qonunlari majmuasi) Chingizxon hokimiyatini yanada mustaxkamladi. «Yaso»mo’g’mul jamiyatidagi mulkiy tengsizlikni yorqin ifodasi bo’lib, yangi paydo bo’lgan hukumron tabaq-tarxonlarga katta imtiyozlar berardi.
CHingizxon ixtiyorida, asosiy qo’shindan tashqari, «keshik» deb atalgan shaxsiy qo’shin-gvardiya ham bor edi. Bu gvardiya harbiy zadogonlardan iborat bo’lib, janga kam safarbar etilardi. U faqat favqulotda sodir bo’ladigan xatarga qarshi tashlash uchun doimo jangovor holatda tutib turilar edi.
CHingizxon davlat ma‘muriyatini markazlashtirish maqsadida Qoraqurim qa‘lasini o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Xat va savodga mutloqo ega bo’lmagan, madaniyati nihoyatda past darajada bo’lgan mo’g’ullar davlat boshqaruv tizmini ayniqsa xat-savod va munshiylik ishini uyg’urlardan hamda Mo’ng’iliston bilan aloqada bo’lgan musilmon savdogarlardan o’rgandi.
CHingizxonning maslaxatchilari, mirzolari va ba‘zi bir mulk ma‘muriyatlari asosan uyg’urlardan bo’lgan. Masalan Sharqiy uyg’urlar xoni Ediqut (Saodatbek) mo’g’ul xonining yaqin do’sti va maslaxatchisi bo’lgan.
Toshatun isimli uyg’ur esa davlat mulkdori lavozimi xamda shaxzodalarni xat-savodga o’rgatuvchi ustoz vazifasini bajargan. Shunday qilib mo’ng’ullarning dastlabki muallimlari va ma‘murlari uyg’urlar bo’lgan.
CHingizxon tarqoq jangari Mo’ng’ul urug’larni birlashtirib, Markaziy Osiyoda Mo’ng’ullar davlatini tuzish bilan qanoatlanmaydi. Birinchi galda u tajovuzlik siyosatini yurgizib, qo’shni mamlakatlarni bosib olishga kirishadi. 1206 yilda naymonlarni bo’ysundiradi. 1207-1208 yillarda Chingizxon Yenisey havzasi, so’ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismini zabt etdi, uyg’urlarni taslim ettirdi. 1211-1214 yillarda mo’ng’ul qo’shinlari bir necha bor Xitoyga xujim qildi. Xitoy devoridan o’tgach Chingizxon qo’shinlari Tsin qo’shniga duch kelib, uni tor-mor qildi. Bir necha shaharni bosib, ammo pekinga bormay, 1214 yilda ulkan o’lja bilan orqaga qaytdi. 1215 yilda Chingizxon ikkinchi marta Xitoyga yurish boshladi. Bu safar u Shimoliy Xitoy va uning markazi Chjundu (Pekin) shahrini ishg’ol qilib, Tsin sulolasini ag’darib tashladi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo’ng’ullar davlatiga qo’shib olindi. Xitoy ustidan qozonilgan g’alaba tufayli mo’ng’illar turli xildagi juda katta o’ljani qo’lga kiritdilar, o’ljaning bir qismini mo’ng’ullar uchun harbiy jihatdan ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Chunki Xitoy o’zining qadimgi yuksak madaniy an‘analarigagina emas, balki zamonasining ilg’or harbiy texnika san‘tiga ega bo’lgan mamlakat edi.
Xitoydan Chingizxon faqat ko’p miqdorda oltin, kumush buyumlar, shoyi va atlas motolar hamda cho’rilargina emas, balki turli xil qurol-yarog’lar, harbiy texnika moslamalari (manjaniq, palaxmon, naftandoz va sh.k) bilan bir qatorda bunday jihoz va aslahalarni yasaydigan va ularni ishlata biladigan mohir hunarmandlarni ham mo’ng’ilistonga olib ketadi. Shu tufayli u o’z qo’shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurol - aslahalari bilan ta‘minlaydi.
Xitoy g’alabasidan so’ng Chingizxon o’z nigohini g’arbga, o’zining madaniyati, boyligi, buyukligi bilan shuhrat qozongan mamlakat-Xorazmshohlar davlatiga qaratadi. Bu asnoda Mo’ng’ullar davlati bilan Xorazmshohlar saltanati o’rtasida Xo’ton, Yorkent, Qashg’ar, Yettisuv va Farg’ona viloyatlaridan tashkil topgan Kuchluk davlati Chingizxon uchun xavfli kuch hisoblanmas edi. Haqiqatdan ham Chingizxon 1218-1219 yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talofatsiz qo’lga kiritib, Xorazmshohning ittifoqdoshi Kuchluk davlatiga xotima berdi.
SHunday qilib, XIII asrning 20-yillari boshida Gubi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tyanshan tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlar Mo’ng’ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Mo’ng’ullar davlatining g’arbiy hududlari shafqat va qudrat bobida Chingizxonga teng raqib, keyinchalik uning layoqatli dushmaniga aylangan. Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgan edi.
CHingizxonning O’rta Osiyoga xujumi katta tayyorganlik bilan boshlandi. Mo’g’ullarning Movarounnahrga birinchi xo’jumi 1219 yilda Xorazmshoxlar davlatining Sharqiy chegarasidagi qa‘lasi O’tror shahriga qaratildi. Chingizxon va uning lashkarlarining o’trorliklardan alohida uchi borligi avvaldan ma‘lum edi. Chunki, 1218 yilda Chingizxon Sulton Muhammadga yuborgan savdo karvoni shu yerdan talangan va 450 kishidan iborat savdogarlar qirib tashlangan edi.
Vatanimiz tuprog’iga bostirib kirgan bosqinchilar shaxar va qishloqlarni talon-taroj qildilar, boyliklarini talab, ko’z ko’rib, quloq eshitmagan vaxshiyliklarni sodir etdilar. O’tror, Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Gurganch kabi gullab-yashnagan shaharlar xarobazorga aylantiriladi. Shu tariqa 1219-1221 yillar oralig’ida Movarounnahr va Xorazm hududlari mo’g’ullar asoratiga tushib qoldi.
Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan mo’g’ullar 1221 yilda o’z bosqinchilik yurishlarini davom ettirib, birin ketin Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shahar va qal‘alarni bosib oldilar. Biroq, mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahr va Xurosonni osonlikcha qo’lga kiritmadilar. Ular mahalliy aholining qo’rquv bilmas, botir farzanlarning mardlik jasoratiga duch keldilar, katta talofatlar berdilar. Xorazmshoxning to’ng’ich o’g’li, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda haqiqiy o’z yurtining jasur farzandi ekanligini ko’rsatdi.
Muarrihlar o’z asarlarida Jaloliddin Manguberdini hamisha mard va jasur sarkarda sifatida ta‘riflashgan edi. Jaloliddini shaxsan bilan musulmon tarixchisi an-Nasafiy unga shunday ta‘riflashgan edi:
«u turk bo’lib, qora mag’izyuzli, burni oldida qora xoli bor o’rta bo’yli yigit edi. Fors tilida hambemalol so’zlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yo’q, she‘rlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi...» (O’zbekiston tarxi (Darslik). –T., 2003, 251-bet). Jaloliddin Manguberdi mahalliy aholining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashiga boshchilik qilar ekan, bir necha bor mo’g’ul lashkarlari bilan jang qilib, ularga qiron keltirdi.
SHunday hayot-mamot janglardan biri 1221 yil fevralida Hindistondagi Sino daryosi sohilida bo’lib o’tgan edi. Bu jangda Jaloliddin o’zining kam sonli qo’shini bilan shunday jasorat va mardlik namunasini ko’rsatadiki, hatto uning qahramonligidan hayratda qolgan Chingizxon o’z o’g’illariga qarab: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il to’g’ilmagan. U sahroda sher kabi g’olib jangchi, daryo esa mahang kabi botir,» deb xitob qildi.
1999 yilda vatanimizda Jaloliddin Manguberdi to’g’ilganining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning vatani Xorazmda unga muhobatli haykali o’rnatildi. Haykalning ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan Prezidentimiz I.Karimov: «G’anim oldida boshi egilmagan, tiz cho’kmagan, Vatan diya halok bo’lgan,» deb milliy qahramonimizga xalqimizning yuksak hurmat va ehtiromini bildiradi.
Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi o’z xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun olib borilgan kurashda Urganchlik shayx Najmiddin Kubro, Xo’jand hokimi Temur Malik va shu kabilar haqiqiy qahramomonlik namunasini ko’rsatadilar.
Mo’g’ullar istilosi natijasida Movarounnahr, Xorazm va Xuroson hududlariga misli ko’rilmagan moddiy va ma‘naviy zarar yetkazildi. Kechagina gullab-yashnab turgan vodiylar, yam-yashil, obod shahar-qishloqlar, mahalliy xalq hayotining asosiy qon tomiri bo’lgan suv inshotlari, to’g’onlar vayron qilindi, ekin maydonlari suvsizlikdan qovjirab qoldi. Xalqning ko’p asirlik ma‘naviy bisoti, noyob asari-atiqalari, qadiryatlari oyoq osti qilindi.
2. CHingizxon tirikligi paytidayoq bosib olingan yerlarni o’g’illariga bo’lib bergan edi. Xususan, Chingizxonning to’ng’ich o’g’li Jo’jiga Janubiy Sibir, Dashti qipchoq, Itil (Volga) bo’yi, Xorazim va Darbandgacha bo’lgan o’lka topshirilgan edi. Jo’ji vafotidan keyin bu hududning biri o’ning nabirasi Botu qo’liga o’tdi. Ikkinchi o’g’li Chig’atoy Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movraunnahrga ega edi.
CHingizxon o’zi tug’ilib o’sgan Mo’g’ilistonni va Xitoyni uchinchi o’g’li va vorisi. O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tuliga Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo’g’illar bosib olingan viloyatlarni usullarga taqsimlab, mulk asosida boshqarishga kirishdilar.
Ammo mo’g’ullar katta va madaniyat tamonidan ulardan ancha ustun bo’lgan viloyatlarni idora qilishda mutlroqo tajribaga ega emas edilar. Bo’ning ustiga bunday viloyatlarni boshqara oladigan o’zlarining ma‘murlari ham yo’q edi. Chingizxon va xonzodalar, mo’g’ul harbiy zadagonlari istilo qilingan mamlakatlardan asosan o’lpon undirib muttasil daromad oli turishga qiziqar edilar. Shuning uchun ham sertarmoq va boy xo’jalikka ega bo’lgan. Movarounnahr viloyatlarini, hunarmandchilik shaxarlarini boshqarishda davlatni idora qilish an‘analariga ega bo’lmagan mo’g’ul xoqonlari, shu jumladan Chig’atoyning o’zi ham o’zlariga buysundirilagan madaniyroq xalqlarining zadagon tabaqa vakillari xizmatidan foydalandilar.
Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik boy savdogar sudxur Maxmud Yalavochka berildi. Maxmud Yalavoch Chig’atoyning noibi hisoblanib, Movarounnahrda katta huquqa ega edi. Uning ixtiyorida soliq yig’uvchi bosqoqlar boshchiligidagi mo’g’ul harbiy guruhlari bo’lib, aholida soliq yig’ishni qattiq nazorat ostiga olgan edi.
Mo’g’ullarning Movarounnahr hududini bosi olib, shib-shidon etib, talon-taroj qilishi, sungra mahalliy aholidan haddan tashqari soliq, ulpon va tulovlar puli bilan zulim asoratiga duchor etishi tabiki maxalliy aholining ko’tarilishiga, azodligi, mustaqilligining kurashi avj olishiga sabab bo’ldi. 1238 yil Buxoro yaqinidagi Torob qishlog’ida boshlangan g’alvasir yasovchi, oddiy hunarmand Mahmud Tarobiy boshchiligidagi quzg’alon mana shunday quzg’alonlardan edi. Uning atrofiga ming-minglab alamzada mehnat kishilari birlashadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan ko’payib borgan quzg’alonchilar Buxoroga kelib, mo’g’ul amaldorlarini, shuningdek maxalliy zadogonlar, sadirlarni yengib, shaxarni egallaydilar. Buxoro sadrlari, Maxmud Tarobiy hokimiyati tan olib, uni halifa deb e‘lon qilishga majbur bo’ldilar.
Ammo qo’zg’olonning borishida ko’tilmagan o’zgarishlar ro’y berdi va u muvaffaqiyatchilikka uchradi. Qo’zg’olonning tashkilotchisi va yo’lboshchisi Mahmud Torobiy mo’g’ul kuchlari bilan Karmana ostonasidagi jangda halok bo’ldi. Qo’zg’alonning yana bir mahir rahbari, Tarobiyningdo’sti Shamsiddin Mahbubiy ham o’ldirildi. Boshliqsiz qolgan qo’zg’olon oradan bir necha kun o’tgach bostirildi. Bu qo’zg’olonning o’ziga xos xususiyati va ahamiyatli tomoni shuki, u nafaqat bosqinchilar va ularning zulmiga qarshi, balki bosqinchilarga tayanch bo’lgan mahalliy ro’honiylar, savdogorlar, yer egalariga ham qarshi qaratilgan edi. Bu qo’zg’olon bosqinchilar va ular bilan birlashib ketgan mahalliy zadogonlarga qarshi xalq ozodlik kurashi tarixini boyitdi. Eng muhimi, mo’g’ul va mahalliy hukmron doiralar qarshisida jiddiy xalq kuchi va uning orasidan yetishib chiqqan Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahtubiy singari xalq qahramonlarining borligini ko’rsatdi. Ayni chog’da Torobiy qo’zg’oloni mo’g’ul hukmdorlari uchun mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqish, boshqacha siyosiy va taktik yo’llarini qo’llanish uchun ham muhim saboq berdi. Mahalliy xalq orasida ancha obro’ysizlanib qolgan Mahmud Yalavachning mo’g’ul hukmdorlari tomonidan Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim qilib yuborishi, uning o’rni katta o’g’li Ma‘sudbekka berilishi ham qo’zg’olonning mo’him saboqlaridandir. Ma‘sudbek ham Movarounnahrda otasi boshlagan siyosatni davom ettirib, ulus daromadini haqon xazinasiga avvaldan to’lab, aholidan «barot» asosida soliqni ko’paytirib yig’ib olardi.
Mo’g’ullarning Movarounnahrga tayinlangan yangi noib Ma‘sudbek otasidan keskin farqi o’laroq g’oyatda ustakorlik, ehtiyotkorlik bilan ish yuritib, siyosiy va diplomatik sohalarida epchillik bilan siyosat olib bordi. Xususan, Ma‘sudbek bir tomonidan, hukmron mo’g’ul xonlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat qilib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo’lsa, ikkinchi tomonidan esa, Movarounnahr hududlarini iqtisodiy yusalishi, savdo-sotiqni jonlanishi, siyosiy barqarorlikni ta‘minlash bobida sa‘y-harakatlar qildi.
3. XIII asr o’rtalarida Mo’g’ullar davlatining umumsiyosiy ahvoli og’irlashdi. Bu davrda mo’g’ullar istilosi butun Sharqiy Yevropaga tarqaldi. 1222-1241 yillarda Rossiya zabt etildi, Oltin O’rda davlati vujudga keldi. 1256 yilda Eron bosib olinib, Xulagular davlati tashkil topdi. Ammo siyosiy vaziyat shundan dalolat beradiki, mo’g’ullar bu davrda Osiyo va Yevropaning katta qismida o’z hukmronligini o’rnatgan bo’lsalarda, ular yagona davlatga ega emas edi. Bu davrda ulug’ xoqonning hokimligi deyarlinomigagina bo’lib, Eronda Xulagu, Movarounnahrda Olg’u, Oltin O’rdada Berkallarning davlatlari mustaqil hukim surardi. Har bir usulning xoni o’zini mutlaq his etib, payt poylab, o’z xoqonzodalariuluslariga hujum qilar va talab qaytar edi.
Eron hokimi Xulaguxanning qo’shni 1272 yilda Movarounnahrga bostirib kiradi va Kesh, Naxshab shaharlarini talaydi. Bir yildan so’ng xulagular Buxoroga bostirib kirib, shaharda qirg’in qilib, uni talon-taroj qiladilar. Bosqinchilarning to’s-to’poloni payitida shahardagi «Mas‘udiya madrasasi» va katta kutubxona yonib ketdi. Movarounnahrda xokimlik qilayotgan mo’g’ul xoni Olg’uning Buxoroga yordamga kelgan o’n ming Chig’atoy mo’g’ullari, ko’mak o’rniga, tolonchilik Buxoro va uning atrofi vayronaga aylaib, huvillab qoldi.
Movarounnahrning ichki hayotini yaxshilash maqsadida mo’g’ullarning bu yerdagi noib 1271 yilda pul islohatini o’tkazadi. Bu tadbir Movarounnahr ichki hayotini yaxshilashda birmuncha ahamiyatga ega bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’tror Naxshab kabi shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalarining zarb etilib, butun mamlakat bo’ylab muomalarda chiqarildi.
XIII asrning ikkinchi yarimida boshlab kMovarounnahrdab turkiy qavmlar Movarounnahrga kelib o’rnasha boshladi. Xususan, barloslar Qashqadaryoda, jalbirlar Ohangaron vodiysida, arlotlarda Afg’oniston shimolda, qavchinlar Tojikiston janubida joylashib, mahalliylashdi. XIV asrning boshida Chig’atoy ulusda mo’g’ul xonlari boshqaruv sohasida ham muhim o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Bu o’zgarishlar, avvalom bor, Chig’atoy xonlaridan Duvoxon, uning o’g’illari Ksbekxon, Tarmashirin, nomlari bilan bog’liq.
XIV asr birinchi yarmiga kelib Chig’atoy ulusda mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni ko’chaydi. Movarounnahrdek madaniy o’lka bilan mustahkam aloqa o’rnatishga va o’troq hayot kechirishga intilgan Chig’atoy xonlaridan biri Kebekxon edi. U hokimiyatni bevosita o’z qo’lida olib, Qashqadaryo vohasida qadimgi Nasaf shahri yonida o’ziga saroy qurdiradi. Saroy mo’g’ultilida «Qarshi » nomi bilan yuritdib, Kebekxon mamlakati poytaxtini shu yerga ko’chradi va u shu saroyda turib mamlakatni idora qiladi. Kiyinchalik bu saroy atrofida yangi shahar qad ko’taradi va u ham «Qarshi» deb atala boshladi. Bora-bora Qarshi gavjumlashib, qadimgi Nasaf shahri xarob bo’ldi.
Kebekxon davlatni idora etish, tuzlishi va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma‘muriy va pul sohasida islohat zadi. Ma‘muriy islohatga ko’ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga bo’linib, ular mo’g’ulga «tuman» deb yuritilgan. Kebekxonning muhim xizmatlardan yana bir-bu uning pul sohasidagi islohati edi. Bu islohat tashqi va ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga xizmat qildi.
XIIIasrning ikkinchi yarmi-XIV asrboshlarida Movarounnahr xo’jalik hayoti jonlanishi bilan, mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchragan fan, adabiyot, ma‘rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari tiklana boshladi. Fors-tojik pazg’iyasining nomoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Muslihiddin Sa‘diy Sheroziy, Amin Xusrov Dehlaviy, Nosiriddin Rabg’uziy, Pahlovon Mahmud, Sayfi Saroyi kabi xalq orasidan chiqqan muntoz ijodkorlar ko’plab asarlar yaratdilar.
Bu davrda Buxoroda Bayoqulixon, Sayfiddin Buxorazmiy maqbaralari, Samarqanddamashhur Shohizinda me‘moriy ansambli, kuhna Urganchda Najmiddin Kubro, Turabekxonim Muhammad Bashar maqbaralari, Xo’jandda Tubaxon maqbarasi kabi obidalar bunyod etildiki, ular XIVasrning nodir me‘moriy yodgorliklari sirasiga kiradi. XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo’g’ullar tomonidan ne chog’lik vayron qilinmasin, uning ko’hna madaniyati, ilm-fani, adabiyoti o’z rivojlanishini davom ettirdi.