Reja: Dinamaka predmeti



Yüklə 44,18 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü44,18 Kb.
#178004
  1   2   3   4
Dinamika dinamikaning asosiy tushunchalari


Dinamika dinamikaning asosiy tushunchalari
Reja:

  1. Dinamaka predmeti

  2. Asosiy tushunchalar

  3. Ta’riflar

  4. Massa

  5. Moddiy nuqta, kuch.

  6. Mexankaning asosiy qonunlari.

Nazariy mexanikaning dinamika bo`limida jismlarning harakati ularning massasiga va harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga bog`liq ravishda tekshiriladi.


Jism harakatlanganda unga o`zgarmas kuchlardan tashqari miqdor va yo`nalish jixatidan o`zgaradigan kuchlar ham ta’sir yetadi. Jismlarning o`zaro ta’sir kuchlari vaqtga, jism holatiga va uning tezligiga ma’lum munosabatda bog`liq bo`ladi.
Masalan: elektrovoz reostatini ketma-ket ulashda i1k o`zishda hosil bo`ladigan tortish kuchi jismning harakatiga bog`liq, xavoning qarshilik kuchi esa jismning tezligiga bog`liq bo`ladi. Demak, umumiy holda jismga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtga, jismning holatiga va tezligiga bog`liq bo`ladi.

bunda -vaqt, -radius vektor , -nuqta tezligi.
Jismning qo`yilgan kuchlar ta’sirida o`z tezligini tez yoki sekin o`zgartirish xususiyati jismning inyertligi deyiladi. Jismning inyertligini miqdor jixatidan ifodalovchi fizik kattalik jismning massasi deyiladi. Mexanikada jismning massasi o`zgarmas, skalyar va musbat kattalik deb qaraladi. Dinamikada dastlab jismlarning o`lchamlari va massalarining taqsimlanishini e’tiborga olmagan holda ularning harakatini o`rganish uchun moddiy nuqta tushunchasi kirtiladi. Harakatini o`rganishda o`lchamlari ahamiyatga ega bo`lmagan, lekin massaga ega bo`lgan jism moddiy nuqta deyiladi.
Dinamikada jismning harakatini o`rganishni, odatda, uning nuqtasining harakatini o`rganishdan boshlanadi.
Dinamika ikki qismga bo`linadi:

  1. Moddiy nuqta dinamikasi

  2. Mexanik sistema va qattiq jism dinamikasi.

Dinamikada quyidagi ikkita masala yechamiz:

  1. Nuqta yoki sistemaning harakati berilgan, shu nuqta yoki sistemaga ta’sir qiluvchi kuchni topish kerak.

  2. Nuqta yoki sistemaga ta’sir qiluvchi kuchlar berilgan, nuqta yoki sistemaning harakatini aniqlash kerak.


Yüklə 44,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin