I bob 4-sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari



Yüklə 76,07 Kb.
səhifə1/9
tarix11.10.2023
ölçüsü76,07 Kb.
#153778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaqt o\'lchovlarini ayrim mavzular misolida o\'rganish




MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………………..3


I BOB 4-SINF O’QUVCHILARINING VAQTGA OID TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNI NAZARIY ASOSLARI…………………………………

    1. Miqdor tushunchasi……………………………………………………..…...6

    2. Boshlang’ich sinflarga vaqt o’lchovlarini o’rgatish metodikasi……………11

    3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishda tarixiy materiallardan foydalanish……………………………………….…14

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA VAQTGA OID TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI…………………….
2.1. Vaqt o’lchovlarni o’rganish………………………………………….……….18
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga vaqtga doir masalalar yechishga o’rgatish…………………………………………………………………….……..25
2.3 Asosiy vaqt va miqdorlar haqida tushuncha……………………………….….36
xULOSA……………………………………………………..….………….…....39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….………….…42




Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Boshlang`ich sinflar matеmatika kursining asosiy tushunchalaridan birini masalalar yеchish tashkil etadi. O`quvchilar masalalar turlari va ularni yе chish usullari bilan tanishib, shu bilan birga ko`pgina kundalik hayotda duch kеladigan vaziyatlarga qiziqish bilan qaraydilar. Miqdorlarni ularning birliklarini, munosabat-larini, bog`lanishlarini aniqlashga doir bir qator matnli arifmе tik masalalarni o`rganish orqali nisbiy bog`lanish tushunchasi bilan bog`liq masalalarni yе chadilar. Narsalarning soni, miqdori, jami; bahosi, soni miq dori, massasi, uzunliklarini topish boshlang`ich sinf o`quvchilarining mat еmatik bilimlarini to`g`ri shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi.
Miqdorlarning nisbiy bog`liqligiga doir masalalarga alohida soat ajratilmaydi, lеkin miqdorlar tushunchasini o`rganish hayot bilan bog`lash asosiy bo`g`ini bo`lib xizmat qiladi. “O`quvchilar bunday turdagi masalalarni yеchishda qiyinchiliklarga duch kеladilar. Shuning uchun bunday masalalarni o`rganishni takomillashtirish muhim muammolardan sanaladi. Yuqoridagi fikrla r kurs ishimizning dolzarb ekanligini bildiradi. Kurs ishining asosiy ilmiy-uslubiy maqsadi - o`quvchilarning nisbiy bog`liqlika doir qiyinchiliklarini aniqlash va bunday masalalarni o`rganishga doir mе todik ishlanma tayyorlash. Ilmiy-tadqiqot muammosini hal qilish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish lozim: - boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan nisbiy bog`lanishli masalalarni o`rganilishini tahlil qilish. - nisbiy bog`lanishli masalani o`rganishga doir dars ishlanmasi tayyorlash va tajribada sinab ko`rish.”1 Bu vazifalarni hal qilish uchun quyidagi ilmiy-tadqiqot mе todlaridan foydalanildi:
- muammoga oid mеtodik adabiyotlarni o`rganish;
- ko`rsatilgan muammo bo`yicha pеdagogik tajriba sinov o`tkazish. Miqdor yoki Kattalik (matematikada)
asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashmasi.
Bular skalyar miqdorlar deb ataladi. Bir xil skalyar miqdorlarni oʻzaro taqqoslash uchun oʻlchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi miqdorlar uchun metrmassani ifodalovchi miqdorlar uchun gramm va boshqalar). Miqdorlar oʻlchov birligiga nisbatan son bilan ifodalanadi. Matematikada miqdorning fizik tabiatiga bogʻliq boʻlmagan xususiyatlari olinadi. Miqdorlar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qoʻshish, ayirish va boshqa munosabatlar aniqlanadi. Maʼlum yoʻnalishdagi kesma, tezlik, kuch va boshqa tushunchalar vektor Miqdor tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va boshqa sohalarda vektorlardan ham umumiyroq boʻlgan tenzor, kvaternion tushunchalari qoʻllaniladi. Rene Dekart mat.ga izchil ravishda oʻzgaruvchi miqdor tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha mat. taraqqi-yotida, jumladan, differensial va integral hisob yaratilishida muxim rol oʻy naydi (qarang Differensial hisobIntegral hisob). Miqdor baʼzi hrllarda qiymat deb yuritiladi.
Umumiy o‘rta-ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan miqdorlarni o‘rgatishda uzluksiz matematik ta‘lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o‘rganish, zamonaviy talablar asosida miqdorlarni o‘rgatishda kompetensiyaviy yondashuv zarurdir.Kurs ishida boshlang’ich sinflarda miqdorlar tushunchasini o’rgatishda kompetensiyaviy yondashuv haqida so’z boradi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Fanda texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning maqsad, mazmun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash dolzarb muammolarning biri hisoblangan. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohatlar Respublikaning ravnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarini amalga oshirishda muhim o’rin topadi. 2017- yilga kelib davlatimizning barcha sohalarida yangi davr boshlandi, shu qatori ta’lim sohasida ham yangi islohatlar kiritildi.

Yüklə 76,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin