Reja: Ekspert



Yüklə 46,17 Kb.
səhifə1/6
tarix20.04.2023
ölçüsü46,17 Kb.
#101159
  1   2   3   4   5   6
Biznes intellekt texnologiyalari


Mavzu. Biznes intellekt texnologiyalari
Reja:

  1. Ekspert tizimlari. Ekspert tizimlarini ishlab chiqish.

  2. Neyron to’rlari. Virtual borliq. Aqlli agentlar.

  3. Bilimlarni boshqarish konsepsiyasi.

  4. Bilimlarni boshqarish usullari va vositalari.

Foydalangan adabiyotlar.
1. Ekspert tizimlari. Ekspert tizimlarini ishlab chiqish.
Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llaridan biri — bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi.
Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng
maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi.
Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi. Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo. Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
•yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
•dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
•yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
•foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang- barangligi, yoki hatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
•takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;

  • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Bilimlar bazasi — bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.

Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajratib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajribasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar,
qarorlar uslublari) ifodalaydi. Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:
•chuqur va yuzaki;
•sifat va miqdoriy;
•taxminiy (noaniq) va aniq;

•tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi.
•Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin.
Ekspert — bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi mutaxassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi. Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi — bu inson tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi. Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi. Qoidalar odatda tavsiya, ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal (rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani yechish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi. Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir. Axborot texnologiyasining ekspert
tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish moduli. Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi. Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys. Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi. Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:
•so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan o‘z xatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;

  • muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so‘ng, u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani yechishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.


Yüklə 46,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin