Reja: Geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari



Yüklə 61 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü61 Kb.
#130661
Geografik nomlarning imlosi – yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar


Geografik nomlarning imlosi – yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar

Reja:


  1. Geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari.

  2. Qo`shib yoziladigan va alohida yoziladigan nomlar

  3. Nomlar yozilishida tinish belgilar - sonlar yozilishi. Yozilishda defesning o`rni

  4. Geografik terminlarning nomlarida berilishi. Transkriptsiya kalka nomlar tarkibidagi terminlarning talaffuzi.

  5. O`zbekiston toponimlarida -lik va –liq affekslar bilan keladigan toponimlar imlosi.

  6. Tarjima nomlar an`ana va qisqartirma nomlar. Kartalarda yozilish qoidalari.

Geografik nomlar geografik kartalar va planlarning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talay toponimlar qonuniy hujjatlarda hukumat qarorlarida ma`muriy boshqaruv organlari faoliyatida, transport aloqa ishlarida xilma-xil ma`lumotnomalarda ilmiy ta`limiy, axborot va boshqa nashrlarda ko`plab uchrab turadi. Geografik nomlarni nuqsonsiz to`g`ri yozish, inson umumiy ilmiy savodxonligining uzviy bir qismidir.


Geografik nom - toponim ham so`z, lekin biron obn`ektni ifodalaydigan atoqli ot. O`zbekiston hududida barcha geografik nomlar o`zbek tili imlosining amaldagi qoidalari asosida yoziladi. Quyidagi geografik nomlarni qo`shib yoki ajratib yozish geografik nomalr tarkibiy qismlarini bosh harflar yoki kichik harflar bilan yozish otlar sonlar va geografik nomlarning yozilish qoidalari keltirilgan geografik nomlarni yozishda xilma-xillikka yo`l qo`ymaslik, ularni yozishni qattiylashtirish ya`niy standartlashtirishga yordam beradigan rasmiy hujjatdir. Bu qoidalar o`zbekiston respublikasi V.M huzuridagi geodeziya va kartografiya va davlat kadastiri boshqarmasi tomonidan 2004-yilda tasdiqlangan bu qoidalar geografiya fanlar doktori Suyun Qorayev tomonidan tuzilgan bo`lib, geoinformatika va kadastr milliy m,arkazi toponimika labaratoriyasida S.Qorayev tomonidan tuzilib tayyorlangan (Taqrizchilar geografik fanlar nomzodi dots. P.G`ulomov va filologiya fanlar nomzodi T.Ernazarov).
Geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari
- O`zbek tilida ikki va undan ortiq so`zlardan turdosh otlardan qo`shma (murakkab) geografik nomlar qo`shilib yoziladi. Ot + ot - Qorovulbozor Qumqo`rg`on Qiziltepa Qo`qon qishloq ;
Sifat + ot; yomon jar Kattaqishloq Uzunsoy, Egrisuv,
Son+Ot; Beshbuloq, Xushrabod, Qo`shko`prik, Mingchuqur, Oltariq,
Ot + Fel; Qoyqirilgan qal`a, Usta o`ldi, Uloq o`ynar,
Birinchi tarkibiy qismi sifatidan ikkinchi tarkibiy qismi geografik terminlardan iborat bo`lganda: Balandmacht, Balandchayla, Oqqo`rg`on, Oqtepa, Ko`kbuloq,
Birinchi tarkibiy qismi sondan , ikinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo`lganda: Beshariq, Yolg`izbog`, Yakkasaroy, Yakkatol, Qo`shtol.
Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo`lganda: O`nikkinchi qishlo (G`uzorda) geografik nomlar qo`shib yoziladi. O`zbek tilida ikki va undan ortiq so`zlardan iborat qo`shma geografik nomlar qo`shib yoziladi.
a) Ot+ot : birinchi tarkibiy qismi kishi ismi familiyasidan ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo`lganda: Haqqulobod, Ismoiltepa, Fayoztepa, Rahimobod,
b) Ot+ot : bitinchi tarkibiy qismi etnonimlardan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo`lganda : Naymansaroy, Qipchoqsaroy, Qozoqqishloq, Tojikqishloq
v) Ot+ot: har ikala qismini ham geografik ijtimoiy - iqtisodiy terminlardan iborat bo`lganda: Qoravulbozor, Tegirmontoshi, Qumquduq,
g) Sifat +ot: Birinchi tarkibiy qismi sifatidan ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan – Balandravot, Oqrabot, Qiziljar, Sarisuv,
d) Son+ot: birinchi tarkibiy qismi sondan ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo`lganda: Mingchinor, Yakkasaroy, Qo`shhovuz, Uchquduq, Qirqquloch. Ikinchi tarkibiy qismi o`simlik yoki hayvon nomidan iborat bo`lganda: Qo`shtol, Beshyog`och, Qo`shchinor, Mingo`rin, Mingchinor.
Ayrim (alohida) yoziladi
I Geogarfik nomalr oldida qandaydir sifat kelganda

  • katta Oqtepa, Katta Qorabog`, Katta Oqqo`rg`on

  • Kichik Aravon, Kichik Toshloq, Past Chimqo`rg`on

  • Paski Oyoqchi, Pastki Qoraqo`rg`on

  • Quyi Beshrabot, Quyi Xo`jabod

  • Eski Xaqqulobod, Eski Beshariq

  • Etak Saroy, Etak Qoramazor

  • O`rta Sho`rchi, O`rta Beshkent

  • Yangi Naynova, Yangi Nishon, Yangi Mirishkor

  • Yuqori Olot, Yuqori Pastdarg`am,

II. Kishilarning ismi - familiyasidan taxaluslaridan iborat geografik nomlar alohida yoziladi. Parda Tursun ko`chasi, A.navoiy mahallasi Habib Abdulayev maydoni, Sharof Rashidov tumani , Amur Temur xiyoboni
III. General Uzoqov ko`chasi Buyuk ipak yo`li bekati O`zbekistonning besh yilligiga dohasi istiqlolning o`n yilligiga shaharchasi qo`shtirnoq ichiga olinadigan nomlar zavod-fabrikalar, hiisadorlik jamiyatlari shirkat xo`jaliklari korxonalar va firmalarning nomalri, shahar qishloq nomidan olingan bo`lsa qo`shtirnoqqa olinadi. “Malina ” fermasi “Sharq” tikuvchilik hissadorlik jamiyati “Kitob” agrofermasi “Rustam ” litseyi.
IV. Geografik ob`ektlarning matbuot organlarining nomlari bilan atalgan toponimlar karta va tarh-planda qo`shtirnoqsiz yoziladi. Movoraunnahr ko`chasi O`zbekiston ovozi gazetasi ko`chasi O`zbekiston sharchasi Yangiqo`rg`on mahallasi Qorluqbog`on mahallasi Gulshan mahallasi
Geografik nomlar tarkibiga kirgan tartib sonlar nomning oldidfa birinchi o`rinda so`z bilan yoziladi. - birinchi Beshqayrag`och ko`chasi, Sakkizinchi Mart qo`rg`onchasi,
Geografik ob`ektning turini bildirgan so`zlar geografik terminlar hisoblanadi; ko`l, cho`l, tog`, adir, ariq, orol, quduq, muzlik, botqoqlik, soy, qirg`oq, sharshara, qir, adir kanali, tekislik, daryo qishloq, shahar. Geografik terminlar turdosh otlar bo`lganidan geografik nomdan keyin kichik harflar bilan alohida yoziladi.
Geografik terminlar toponimlar tarkibiga kirganda qo`shib yoziladi va shu geografik nomlardan keyin yana takrorlanishi mumkin.Qoratog` tog`i Ko`hitang tog` tog`lari, Oqtepa tepaligi, Sirdaryo daryosi, Issiqko`l ko`li, xaritalarda alohida punktlarning nomlari yonida ularning turlarini bildiradigan so`zlar yozilmaydi.
O`zbek toponimlarida geografik terminlar har doim geopgrafik nomidan keyin yoziladi; Nurota to`lari, Katta Farg`ona kanali, Qarshi bosh kanali, Oqquduq qudug`i. O`zbekiston toponimlarida ko`p uchraydi, ular odatda ikki xil bo`ladi. Tabiiy geografiyaga oid terminlar. Ijtimoiy iqtisodiy geografiyaga oid terminlar. Bu xil terminlar guruhini yana ikiga bo`lish mumkin.
- ilmiy asarlarda darsliklarda faol ishlatiladigan geografik terminlar adir, ariq, arna, bo`yin daryo, dasht, davon, yoyilma, jar, zovur, kechuv, karst, ko`l, nahr, sardoba, sel, soy, supa, botiq, taqir, tepa, tumshuq, to`qay, sharshara, cho`qqi, o`zan, qayr
- ilmiy adabiyotga kirilmagan lekin xalq shevalarida ishlatiladigan yoki joy nomlari bor kabida keladigan geografik terminlar bunday terminlar ilmiy terminalogiyani boyitish manbai hisoblanadi. Masalan aqba, badoq, duoba, sag`onoq, ko`l, tal kabi mahalliy geografik ob`ektlarning nomlari tarkibida uchraydi. Masalan janubiy tomonga qaraganda yon bag`ir termin bnlan oftob ro`y deyiladi. Bunday yon bag`ir ba`zi regionlarda kungay, Kunash, Kuas Oftob chuvoq, shuvoq, deyishadi. Geografik temrinlar joy nomlari tarkibida ikinchi o`rinda keladi va qo`shib yoziladi. Ayridosh beshariq Oqbuloq, Qoradaryo , Yetimtov, Shirinquduq, Mirzacho`l, Katato`qay.
Geografik terminlar toponimning old tomonida ham kelishi mumkin. Jarqo`rg`on Bandixon Cho`lbayr Toshaxo`r. Geografik terminlar shaklida ham o`z holicha mustaqil toponimlar shaklida ham uchraydi. Aqba, band, gaza, G`uzor, jar, Zax, nav,. Orol, rig, chim, chashma, chorbog`, va boshqalar. Har doim ham geografik ob`ekt turini bildirvermaydi. Buning sababi shuki bir ob`ektning nomi ikki yoki bir necha obekt nomiga aylanishi mumkin. – Sirdaryo degan shahar stansiya viloyat bo`lishi mumkin. Shuningdek Beshariq, Oqsuv, Qoratog`, Tuyayaylov, Uchquduq, aholi punktlari va boshqa ob`ektlar bo`lishi ham mumkin. Bunday hollarda har qanday toponimdan keyin ob`ekt nomi yozibn qo`yiladi. Oqtosh kurorti, Qo`rg`ontepa shahri.
Geografik nom;lar tarkibidagi terminlar jonli til so`zlaridan iborat bo`lishi mumkin. Yani terminlar umumiy qabul qilingan terminlardan farq qilib, faqatgina shevalarda qo`llanib kelishi mumkin. Bunday holda jonli til terminlari adabiy til terminlari ishlatilmaydi. Jonli til terminlari saqlab kelinadi. Terminlar turli joylarda turlicha talaffuz qilishi mumkin. Jonli til so`zlaridan iborat terminlarning tallaffuz shakli joy nomlarida saqlanib qoladi. Bu bilan tarixiyligimiz so`z boyligimiz asrab qolinadi. Geografik nomlar yozilishida defis - birinchi tarkibiy qismi ot yoki sifatdan ikkinchi komponenti atoqli otdan iborat bo`lgan toponimlarda ishlatilib , har ikala komponenti ham kata harf bilan yoziladi. Chig`atoy-Oqtepa, Dasht- Azlartepa Pistakend, Chobog`- Boyg`ondi. Ba`zi qishloq qishloq so`zlariidan iborat toponimlar orasiga defiz qo`yilib, ikkinchi tarkibiy qismi ikkinchi harf bilan yoziladi. Ishchi dehqon , Oppon – soppon, shirin-shirin.
Birinchi tarkibiy qismi fel ikkinchi tarkibiy qismi toponim bo`lgan geografik nomalr defiz orqali yoziladi. Qolgan - Sir, Qolgan – Chirchiq
-lik va –liq afekslari bilan keladigan toponimlar. Yer mulk egasi manosidagi joy nomlari tarkibidagi lik yozilsa, boylar yashaydigan aholi manzili liq shaklida yoziladi. Ish faoliyati manosidagi “xo`jalik” so`zi bilan Xo`jalar“ yashaydiga mahalla manosida toponim -liq talaffiz qilinadi va yoziladi. Suv oqadigan vodiy manosidagi toponim “Soylik ” termini bilan, soyi ko`p manosidagi qishloq soylik deb talaffuz qilinadi va yoziladi.
-liq affiksi ko`proq shahar qishloqlar tarkibida aholi punkiti xalqining qayirdan qaysi urug` qabiladan ekanligini bildiradi. “Chim boylik” Chimboy urug`i yashaydigan qishloq, “Jomboyliq” Jomboy urug`i vakllari yashaydigan qishhloq Oqqurg`onlik “Oqqurg`ondan chiqqan kishilar qishlog`i ”, Quqonlik - “Quqondan chiqqan kishilar yashaydi qishloq ”. Tarjima nomlar -geografik ob`ektning joylashgan o`rni, boshqa ob`ektlarga nisbatan aniq jihatini ifodalaydigan, nomdan ajratib yoziladigan Toponimlardir. Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, ammo toponimning sifatini, xususiyatini ifodalaydigan qo`shma so`zdan tarkibli bo`lganda tarjima qilinmaydi. –Grenlandiya-Yashil Er, Shpisbergen-Nyza tog`, Buenos-Ayris yaxshi havo va hokaza mazmungaega bo`lsa ham. Demak geografik ob`ektning mazmuniga singdirilgan so`zlar tarjima qilinmay asl holida yoziladi.
Toponimika, umuman tilshunoslikda transkripsiya tushunchasi bor. Nutq tovushlarning barcha xususiyatlarini yozuvda ifodaalsh bo`lgan shartli turi , maxsus belgilar vositalar so`zdagi asosiy fonema - o`zbek negiz ma`no va tovush berilishi boshqa tillar – shu nom atalgan tilning grammatik xususiyatlarini saqlab qolgan holda nomning o`zbek yoki boshqa tillarda ifodalanishi. Qirg`z tilda tog`-too ,suv-suu deb talaffuz etiladi. Nom tarkibidagi bunday so`zlar shu holatda beriladi .Geografik nomlar transkripsiyasi toponimika ilmining alohida bo`limi ,chunki haritalaridagi geografik nomlarning yozilishi boshqa tillarda ,masalan o`zbek tilida berilayotganda nomning ma`nosi ,qo`shimchalari, talaffuzi ma`no beradigan darajada o`zgarib ketmasligi kerak
An`anaviy tarjima qilib kelingan nomlarga O`lik dengiz Janubiy Afrika Respublikasi Afrika Muguzi Yaxshi Umid Burni, shamolli orollar Marjon dengizi Orta Yer dengizi Shimoliy dengiz Olovli Yer orollari Markaziy Afrika Respublikasi Shimoliy Muz okeani ayni vaqtda -–poleneziya, - ko`p orollar, melaneziya – qora orolar, mikroneziya – kichik orollar, galopogas - toshbaqa orollari krivoy Rog - egri shoh Terskay Olatog` - teskari olatog` Xokaydo – shimoliy orol, Xuanxe – Sariq daryo, Shvalvald – Qora o`rmon, Eri ko`li – Hind qabilasi nomi - Mushuk, Eridreya - Qizil evbeya oroli- qadimgi yunonha yaxshi yashash – yei – yaxshi, Ko`knor ko`li – mo`g`ilcha ko`k ko`l , Lakkadiv orollari nomi Sanskrit tilida – laksh-yuz min, dvepa-orollar, - yuz ming orolar, Mesopotamiya – daryolar oralig`i, Misisipi – Amerika hindi , Kri va Chipavayev Amerika qabilalari tilida Missi – katta , sipi-daryo, Michiga ko`li nomi ham Chipavaya qabilalari tilidan - Katta ko`l, Yamayka – buloqli orol, yaman - nemis tilida - ya – yer, mal- oxoiri va boshqalar tarjima qilinmaydi.
Kal`ka - tarjima nomlarni bilih ham geografik ta`limda muhim masala. Shimoliy okeani, Olovli Yer orollari, Yashil burun orollari, BAA lari kabi nomlar tarjimada – aynan mazmunan tarjima qilinib beriladi. Yaponya - Nippon – Ni-quyosh, pon- mamlakat, yani quyosh chiqadigan mamlakat, Vensuella – kichkina Venesuella , o`lan - ude – Ude daryosidagi qizil shahar Koloroda – Bo`yalgan daryo, Rio-Negru – Qora daryo, va boshqa shunga o`xshashlar kalkaga tortilmaydi, demak tarjima qilinmaydi.
Toponimikada eng nozik masalalardan biri, ananaviy nomlar bo`lib, bunday nomlarni shu davlat aholisi bilmaydi. Chunonchi Albaniya – o`z xalqida Shikiperiya , Germaniya – Doyechland Finlandiya – Suomi , Parij – Pari , Vena – Ven, Oltinshoh buxtasi – xalich , shaxzoda orolari – Qushladalar, Shipetbergin-Saval`bar va hakozo. Geograf bu ananaviy nomlarni bilishi kerak.
Metomarfara nomlar boshqa tillardagi nomlardan so`zlar.Metofora atamalar-o`xshatib-hayvon-o`simlik –odamga o`xshatilgan so`zlardan yasalgan toponimlar –Odamtosh Arratosh ,Quytosh metafora –yunoncha- o`xshatish ,adabiyotda so`z yoki iborani o`xshatisga asoslangan ko`chma manoda ishlatish .Majoziy yoki istiora ham deyiladfi .Istiora –arabcha qarz olish –jonli til va badiy adabiyotda keng qo`llaniladigan tasvir vositasi –o`t yurak ,po`lat iroda .Jonli tildan olingan geografik nomlar –Turki yada Tavr tog`i-buqaga o`xshagani uchun ,
Alpdagi Yungfrau –kelinchakdek jazibali , Turkmanistondagi Bodgiz –yoqimli shamol (Bodxayir –Mahmud ibn Vali ,Baxr al –asror asari Tojikistondagi Bartang –tor dara ,O`zbekistondagi Tarqapchigoy-tor dara qapchig`ay qadimiy turkiy so`z –qopga o`xshash) Patagoniya- uzun oyoq, jun oyoq - Magellan hamrohlari mahalliy hindlar daroz-uzun oyoqlariga jun o`raganlarni ko`rgani uchun shunday atagan. Metafora atama va nomlar tarjima qilinmaydi, birgalikda talaffuzi qanday bo`lsa shunday.
Mahaliy milliy atama - adir, soz, qoq va boshqalar haqida fikr yuritdik. Ulardan yasalgan toponimlar - sozagan - (asli soz olingan) qishloq, tangi xaram (Dehqonobodning avvalgi nomi) Ko`hitang tog`i, G`allaorol va boshqalar Metaforaga misol bo`la oladi.
Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin