Mavzu; Ijodiy sohada moliyalashtirish mexanizmlari
Reja: 1. Ijodiy soha bu; 2.Sohada moliyalashtirish 3.Mliyalashng mexanizmlari
Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shu sohada mehnat qilayotgan, o‘zining badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi ijodiy asarlari bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan shoir va yozuvchilar, rassomlar, madaniyat va san’at xodimlari, jurnalistlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda barpo etiladigan ko‘p kvartirali arzon uylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan arzon uy-joylarga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantirishda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolari va xodimlari, jumladan, ushbu sohalardagi iste’dodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari – 1-ilovaga muvofiq;
ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanida uning eng yuqori stavkalari – 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, televideniye va radio kanallari orqali beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari – 3-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnini yaratgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari – 4-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari – 5-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilgani uchun to‘lanadigan haqning eng kam stavkalari – 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Belgilansinki, mualliflik haqi va unga doir boshqa to‘lov turlarini ushbu qarorning 1-6-ilovalarida belgilangan darajadan kam miqdorda to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi