Reja: ims larni turlari



Yüklə 54,92 Kb.
tarix31.05.2022
ölçüsü54,92 Kb.
#60145
Mavzu -ims-tayyorlash-jarayoni.-Reja


MAVZU: IMS tayyorlash jarayoni.
REJA:
1. IMS larni turlari.
2. IMSni loyixalash.
3. IMS ni yaratish texnologayasining asosiy bosqichlari.
4. Xulosa.
5. Foydanilgan adabiyotlar.
Integral mikrosxemalar bajaradigan funksiyasiga ko’ra 2 turga bo’linadi:
1. Raqamli IMS lar.
2. Analogli IMS lar.
Diskret funksiya qonuniyati bilan o’zgaruvchi signallarni qayta ishlash va uzatishga mo’ljallangan IMS lar raqamli IMS lar deyiladi. Analogli IMS larda esa, signal uzluksiz funksiya ko’rinishida o’zgaradi.
Loyihaviy - texnologiyaviy belgilari, ya’ni yaratish usuliga qarab IMS lar:
1. Yarim o’tkazgichli;
2. Gibrid IMS larga bo’linadi.
Yarim o’tkazgichli IMS larda barcha elementlar va elementlarni ulash yarim o’tkazgich hajmi yoki sirtida amalga oshiriladi. Bunday IMS larda elementlar yarim o’tkazgichning 0,5-10 mkm qalinlikdagi sirtki qatlamida joylashtiriladi va elementlar maxsus izolyasiya sohalari bilan ajratiladi. Yarim o’tkazgichli IMS larda ishlatiladigan aktiv elementning turiga qarab ular 2 asosiy guruhga bo’linadi:
1. Bipolyar tranzistor asosidagi IMS lar.
2. Metall-dielektrik-yarim o’tkazgich (MDYa) transistor asosidagi IMS lar.
Bipolyar mikrosxemaning asosiy elementi bo’lib n-p-n tranzistor hisoblanadi. MDYa mikrosxemalarda esa, n-kanalli MDYa tranzistor asosiy aktiv element hisoblanadi.
Gibrid IMS osma komponentlar va qatlamli passiv elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Dielektrik taglik - plataga yupqa qatlamli passiv elementlar (rezistor, induktivlik, kondensator) hosil qilinib, aktiv elementlar (korpussiz tranzistor, diod) payvandlab o’rnatiladi. Gibrid IMS hosil qilingan qatlam qalinligiga qarab, yupqa qatlamli (d>1 mkm) va qalin qatlamli (d<1 mkm) IS larga bo’linadi. Gibrid IMS lar nisbatan arzon va oson yasaladi, ammo o’lchamlari katta va yig’ish texnologiyasi murakkabligi sababli yarim o’tkazgichli IMS larga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli IMS lar qator afzalliklarga ega bo’lishi bilan birga ularning o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud.
IMS ni loyihalash jarayonida asosiy elementlaming parametrlari aniqlanib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararli sig’im va oquvchanlik toklarining oldini olish choralari ko’rib chiqiladi. IMS loyihalashda bir yo’la bir necha element hosil qilinishi sababli ularning texnologiyaviy parametrlari birgalikda hisobga olinishi kerak, ya’ni ularning geometrik o’lchamlari, diffuziya jarayonlarining harorati, elementlaming kristallda joylashish topologiyasi o’zaro bog’liq holda loyihalanishi lozim.
IMS loyihalashning o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Hozirda IMS lar EHM larda loyihalanadi. Buning afzalligi shundaki, bunda maket-prototip tayyorlash zarurati bo’lmaydi. Deyarli barcha texnologiyaviy jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Boshqacha qilib aytganda, berilgan
xarakteristikalarga ega bo’lgan IMS ni yaratish va uning parametrlarini nazorat qilishni modellashtirish mumkin.
2. IMS da deyarli hamma elementlar o’rnida aktiv elementlar ishlatiladi. Masalan, diod o’rnida bipolyar tranzistorning p-n o’tishlaridan biri ishlatilishi mumkin.
3. IMS loyihalash jarayonida issiqlik turg’unligini, kam quvvat sarfini ta’minlash imkoniyatlari mavjud.
4. Hozirgi kunda IMS lar yaratish, ularning parametrlarini nazorat qilish hamda tarkibiy va elektr sxemalarini modellashtirishning katta dasturiy bazasi yaratilgan bo’lib, bu yanada murakkabroq va mukammalroq IMS lar yaratish imkonini beradi.
IMS ni yaratish texnologyasining asosiy bosqichlari.
Yarim o’tkazgichli IMS ni ishlab chiqarish loyiha natijalari asosida aniqlangan parametrlarga ega bo’lgan elementlarni yaratishdan iborat bo’lgan quyidagi fizik -kimyoviy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
1. Yarim o’tkazgich namunani IMS yasash uchun tayyorlash jarayonlari;
2. Fotolitografiya jarayoni;
3. Diffuziya;
4. Epitaksiya;
5. Termik oksidlash;
6. Ion legirlash;
7. Metallash va boshqa yakunlovchi bosqichlar;
Quyida keltirilgan tizimda IMS ni ishlab chiqarish jarayonlari uni loyihalashdan to ishlatishga yaroqli tayyor mahsulot olishga qadar bo’lgan ketma-ketlikda aks ettirilgan.
IMS yasash uchun tayyorlash :
Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
a) kremniy monokristallini o’stirish;
b) uni olmos keskich vositasida disklarga kesish;
v) korund, volfram karbidi yoki olmos kukuni ko’rinishidagi obraziv yoki ultratovush yordamida namunaga mexanik ishlov berish;
g) sirka kislotasi yoki azot kislotasida yuvib, sayqallash;
d) namunaning sayqallangan sirtiga n yoki p - turdagi epitaksial qatlam o’stirish va SiO2 muhofaza qatlamini hosil qilish.
Fotolitografiya j arayoni:
Yarim o’tkazgich plastina sirtiga loyihalangan IMS ni hosil qilish uchun loyiha natijasida olingan fotoshablon-fotonusxa shaklini tushirish uchun fotolitografiya o’tqaziladi.
Quyida fotolitografiya jarayonining bosqichlari n-p-n tranzistor hamda diffuziyaviy rezistordan iborat sxemani yaratish misolida keltirilgan
1. Zarur parametrlarga ega bo’lgan kremniy plastinasini tayyorlash; p - Si
2. Kremniy sirtida SiO2 va fotorezist qatlamini hosil qilish. Yorug’lik ta’sirida eruvchanligi o’zgaruvchi kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli bo’lgan yorug’likka sezgir moddaga fotorezist deyiladi. Fotorezist yordamida namuna sirtida IMS ning topologiyasi - ya’ni elementlarining joylashish o’rni hosil qilinadi.
3. Kremniy plastina sirtiga fotoshablonni joylashtirib ekspozisiya qilish (ultrabinafsha nurlanish bilan ishlov berish).
4. Fotorezistorning polimerlashmagan qismi olib tashlanib, alohida sohalarga «darcha»lar ochish va bu sohada donor aralashma diffuziyasini olib borish. Bu jarayonlar natijasida n+ soha hosil qilinadi.
5. Yarim o’tkazgich plastina sirtiga n-epitaksial qatlam o’stirilib, uning sirtiga qaytadan oksid va fotorezist qatlami qoplanadi.
6. 3- va 4- bosqichlar yana bir karra takrorlanadi, faqat bu gal diffuziya natijasida izolyasilovchi p-n o’tish hosil qilinadi.
7. Ushbu bosqichda tranzistorning bazasi va epitaksial qatlamga akseptor aralashma kiritilib rezistor sifatida ishlatiladigan soha hosil qilinadi.
8. Tranzistorning kollektor va emmiter sohalarini hosil qilish va ulardan elektrodlar chiqarish uchun yangi —darchalllar ochiladi va donor aralashma diffuziyalanadi.
9. Emmiter, baza, kollektor va rezistordan elektrodlar chiqarilib, sxemaga binoan o’zaro ulanadi.
Xulosa:
Men bu mustaqil ishda IMS tayyorlash jarayoni xaqida tushunchaga ega buldim. Bugingi axborot soxasi rivojlangan asrda tezkor va sifatli ims tayyorlash juda muximligi,hamda ims tayyorlash jarayonida harbir ishga sinchkovlik bilan o’lchamlar asosida yondashish zarur. IMS tayyorlovchi zavodlar yarim tayyor maxsulotdan ims tayyorlash uchun juda toza sharoit zarur,shuning uchun ims tayyorlash jarayonlari qiyin kechadi.Qisqa qilib aytganda IMSlar rivojlangan asrning ajralmas bo’lagi.
Foydalangan adabiyotlar:
Aripov,entemet saytlari,ziyonet.uz.
Yüklə 54,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin