Reja: Jinsiy tarbiya umumaxloqiy tarbiya. Jinsiy gigiena va unga rioya qilish. O’smirlik davri psixologiyasi



Yüklə 14,08 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü14,08 Kb.
#198135
  1   2   3   4   5
Do`stmurodov Oybek

  • JINSIY TARBIYA
  • REJA:
  • Jinsiy tarbiya umumaxloqiy tarbiya.
  • Jinsiy gigiena va unga rioya qilish.
  • O’smirlik davri psixologiyasi
  • Jinsiy tarbiya umumaxloqiy tarbiyaning ajralmas qismi bo’lib, uning asosiy vazifasi yosh avlodni zurriyot qoldirish sir-asrorlaridan bekamu-ko’st xabardor etishdan iborat. Shartli ravishda, balog`at yoshiga etmaganlar hamda rasida (uyg`onish pallasida) bo’lganlar jinsiy tarbiyasini tafovut qilish mumkin. Hozirgi kunda bolalarimiz akselerastiya (lotincha — tezlashish, erta rasida bo’lish)ga muvofiq holda erta jinsiy balog`atga etmoqdalar. U qizlarda 9 yoshdan, o’g`il bolalarda esa 11 yoshdan boshlanib, jinsiy tarbiya olib borishda qiyinchiliklar tug`dirmoqda. Jinsiy tarbiyaning birinchi bosqichi bolalarni erta balog`atga etishga olib keladigan sabablar ta’siridan saqlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

Jinsiy tarbiya umumaxloqiy tarbiya

  • Jinsiy tarbiyaning ikkinchi bosqichi bolaning balog`atga etgan davridan boshlanib, bu davr qizlarda yigitlarga nisbatan 2-3 yil oldin boshlanadi. Jinsiy balog`at — tegishli a’zolar biologik jihatdan etilgan, ko’payish hamda nasl qoldirishga qodirligidan darak beruvchi o’zgarishlar paydo bo’ladigan davrdir. Shu davrdan boshlab bolaning jinsiy tarbiyasiga alohida e’tibor berish lozim.

Jinsiy gigiena va unga rioya qilish

  • So’nggi yillarda ba’zi rivojlangan mamlakatlarda “Xalq pedagogik harakati” yuzaga keldi. Ularning maqsadi yoshlarni mustaqil fikr yuritishga, ongli ish tutishga va o’zini xalq xizmatiga batamom bag`ishlashga qodir kishilar qilib etishtirishdir. Bu harakat ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar, shifokorlarning mustahkam ittifoqi o’laroq faoliyat olib boradi. Ularning har biri yoshlar umumtarbiyasining ma’lum bir qismi bilan shug`ullanishni o’z zimmasiga olgan. Misol uchun, tarbiya bilan asosan o’qituvchilar va tarbiyachilar shug`ullansalar-da, umumtarbiyaning bir qismi bo’lgan jinsiy tarbiyaning bekamu ko’st bo’lishi uchun shifokorlar ham o’z hissalarini qo’shadilar.

Yüklə 14,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin