MAVZU: O'ZBEKISTONDA MOL-MULKNI SOLIQQA TORTISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
Jismoniy shaxslarning jami daromadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash va to’lash tartibi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.
Jismoniy shaxslarning–O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq Kodeksining 169–181, 183–196-moddalariga muvofiq soliq solinadi, bundan O’zbekiston Respublikasidagi ushb Kodeksning 182-moddasiga muvofiq soliq solinadigan doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan manbalardan olingan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari mustasno.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:
1) xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq sut hamda boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash bo’yicha xarajatlar;
2) kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo’mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to’lovlar mustasno;
3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish bilan bog’liq xizmat transportini saqlash xarajatlari;
4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o’tkazish, vakillik xarajatlari, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog’liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;
5) xodimga ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish bo’yicha xarajatlar;
6) xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda ko’chish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog’liq xarajatlarni to’lash yoki bu xarajatlarning o’rnini qoplash xarajatlari;
7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to’lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to’lashni qo’shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yo’l hujjatlari bo’lmagan taqdirda, temir yo’l transportidagi (agar temir yo’l qatnovi bo’lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo’l haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
uy-joyni ijaraga olish bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmagan taqdirda – qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to’lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo’lingan vaqt uchun to’lanadigan kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to’lovlar;
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to’lanadigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar):
doimiy ishi yo’lda kechadigan yoki harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo’lgan xodimga kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar);
xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
dala ta’minoti;
amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar);
9) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash bo’yicha quyidagi miqdordagi to’lovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib bo’lguniga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo’lib qolgan taqdirda, zararning o’rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo’lmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo’shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi to’lovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo’shimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi to’lovlar;
xodimning sog’lig’iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o’rtacha ish haqi miqdoridagi to’lovlar;
10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to’lovlar:
marhumning o’rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to’g’ri keladigan ulushi miqdoridagi to’lovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan shaxslarga bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o’rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to’lovlar;
11) talabalarning ta’lim olishi uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurti bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar bo’yicha pulli-kontrakt asosida o’tkaziladigan to’lovlar;
12) O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisobvarag’iga muqobil xizmat shartnomasi bo’yicha o’tkaziladigan mablag’lar;
13) mol-mulkni sug’urtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha sug’urta mukofotlari. Mol-mulkni sug’urtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug’urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug’urtalovchi sug’urta qilinuvchiga sug’urta mukofotining bir qismini yoki to’liq qaytarsa, qaytarilgan sug’urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi;
14) yosh oilalar a’zolarining uy-joy olish uchun yuridik shaxsdan – ish beruvchidan olgan mablag’lari. Uy-joy olingan (mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko’rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi. Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar;
kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.
Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot, bir yo’la beriladigan mukofotlar;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
4) ta’tilga har yilgi qo’shimcha haqlar;
5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov.
Mehnatga haq to’lash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar;
2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik va xizmat ko’rsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda, ish haqiga ustamalar;
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig’ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to’lanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar;
11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar;
12) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun soliq Kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan Aksiz to’lanadigan tovarlar yoki qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida Aksiz solig’ining va qo’shilgan qiymat solig’ining tegishli summasi hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar;
2) stipendiyalar;
3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamg’armalarining mablag’laridan ko’rsatiladigan moddiy yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo’yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar;
11) jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos bo’yicha tugatilgan taqdirda, mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari:
tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari – to’laligicha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda – eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda;
2) yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to’liq yoki qisman qoplash summalari, turistik yo’llanmalar bundan mustasno:
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to’liq yoki qisman qoplash summalari;
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog’lomlashtirish oromgohlari, shuningdek ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo’ljallangan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga o’z xodimlarining o’n olti yoshga to’lmagan (o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan o’quvchilar) bolalari uchun yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari;
3) o’z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat ko’rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to’langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko’rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko’rsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sog’liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq to’langan taqdirda, shuningdek sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan naqd pul mablag’lari bevosita xodimga, xodim yo’qligida, uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo’ljallangan mablag’lar xodimning bankdagi hisobvarag’iga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
7) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
9) sanoat mulki obyektlariga va selektsiya yutug’i patentiga patent (litsenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxsning patentni (litsenziyani) ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish boshlangan kundan e’tiboran quyida ko’rsatilgan davrdan ko’p bo’lmagan muddatda sotishdan olgan daromadi summasi:
ixtirolar va selektsiya yutug’idan – besh yil davomida;
sanoat namunasidan – uch yil davomida;
foydali modeldan – ikki yil davomida;
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni sotishdan tushadigan daromadlar bundan mustasno;
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to’lash bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul to’lovlari;
25) davlat pensiyalari;
26) davlat pensiyalariga ustamalar:
Dostları ilə paylaş: |