Reja: Kirish Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyutsiyasi. Kompyuter tarmoqlarining aasosiy ptotokollari. Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari



Yüklə 126,88 Kb.
səhifə1/16
tarix07.01.2024
ölçüsü126,88 Kb.
#201905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
fazliddin mustaqil ish


Reja:

  1. Kirish

  2. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyutsiyasi.

  3. Kompyuter tarmoqlarining aasosiy ptotokollari.

  4. Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchasi.

  5. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari.

  6. Komoyuter tarmoqlarining asosiy elementlari



Kirish
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarsiz tasavvur qilib bulmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional mintaqa tarmoqlar. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.


Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz. Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumot­larni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra cheklangan bo'lishi mumkin. Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi mumkin. Axborotni uzatish kabellari tar­moqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla­tiladi).
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rini­shiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.

Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:


1)o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga
muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik
o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki
modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan
kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100
Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi
kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma
va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning
alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini - va
katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida
tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i
tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga
xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu
erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan
foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va
boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan
foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari
ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).

Dunyoda ko‘plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan ba’zilari bilan tanishamiz. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 1960 – yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Projects Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan eng eski KTlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced Research Projects Agency Network) tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, asosiy tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‘lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog‘i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ maqomiga o‘zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil TARMOQ sifatida tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET – Military NET (xarbiy TARMOQ), CSNET – (Computer Science NETWORK) (kompyuter ilmi tarmog‘i), NSFNET – (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmog‘i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.


BITNET (1981) – Because it’s Time Network (bugungi kun tarmog‘i) KT Nьyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Evropa, AQSH qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‘lib, u alohida ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‘laydi. U OSI – (Open System Interconnection – ochiq xalqaro bog‘lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati – uzatilgan ma’lumotlar uchun haq to‘lanmaydi. Hukumat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning ko‘rsatadigan xizmat doirasi fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzoqdan turib ishlashini ta’minlashdan iborat. CSNET (1981) (Computer Science Network – Kompyuter va fan tarmog‘i) a’zolik badallari va xizmat uchun to‘lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomaii asosida ishlaydi. EARN – Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan bevosita ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi, o‘z-o‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Evropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi. FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi mumkin. INTERNET – International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-katta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi. Internetda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd Protocol) faylini uzatish, SMTP (Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta jo‘natish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash tizimi – DNS (Domen Name Systems) ko‘llaniladi. MSI Mail – savdo-sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham Internet bilan bog‘langan bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini ko‘rsatadi. NSFNET – AQSHning milliy ilmiy fondi tarmog‘i, AQSHdagi minglab ilmiy – tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiradi. U Amerikadagi eng yirik superkompyuterga ulangan bo‘lib, murakkab masalalarni echishda undan foydalanish imkoniyatini beradi. USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmog‘i. Universitetlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq xozirda AQSHning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Hatto undan foydalanuvchilar juda ko‘payib ketganligi tufayli, grafikning ancha qismini UUNET tarmog‘iga topshirgan. UUNET tarmog‘i asosan shu maqsad uchun ham yaratilgan.

UUNET – savdo–sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq bo‘lib, u USENET yangiliklarini UNIXda boshlang‘ich matnlarni olishni va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tarmoqlararo interfeysga ega.


Yüklə 126,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin