Reja: Kompyuterning dasturiy ta`minoti



Yüklə 39,62 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü39,62 Kb.
#162092
  1   2   3   4
Reja Kompyuterning dasturiy ta`minoti


1-mavzu: Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari
Reja:

  1. Kompyuterning dasturiy ta`minoti

  2. Sistemaviy dasturiy ta`minot

  3. Amaliy dasturiy ta`minot

  4. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari

Kompyuterning dasturiy ta`minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta`minotlarni uchta kate­goriya bo’yicha tasniflash mumkin:

  • sistemaviy dasturiy ta`minot;

  • amaliy dasturiy ta`minot;

  • dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari

Sistemaviy dasturiy ta`minot (Sistem software)—kom­pyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta`minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta`minot (Application program package) — bu aniq bir predmet soxasi bo’yicha ma`lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya`ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.


1

Sun`iy intellekt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bo’lish mumkin:


— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya k.iluvchi tizimlar.
Ushbu yunalish kompyuterda uyinlarni (shaxmat, shash­ka va h.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta`minotni yaratish bilan shugullanadi.

  • Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.

Ushbu yunalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun`­iy intellekt tizimlarini ma`lum va kichik soxdparning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
— EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yunalish sun`iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini urganadi.
— Intellektual robotlar.
Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilam shugullanadi.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari


Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bogaiq yunalish tez sur`atlar bilan rivojlanmoqaa. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Casetexnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dastur­lar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta`minlovchi dasturiy tizimlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • kompilyator va interpretatorlar;

  • dasturlar kutubxonasi;

  • turli yordamchi dasturlar.

Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yukrri darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita brjarilishini ham ta`minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dastur­lar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for WINDOWS Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for WINDOWS va boshqalar kiradi.

Yüklə 39,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin